Зиёдулла Давронов


Metodologiya – uslublar haqidagi ta’limot



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Metodologiya – uslublar haqidagi ta’limot
Metodologiya so‘zining ma’nosi: metod-uslub, logos-ta’limotdir, ya’ni
uslublar haqidagi ta’limotdir
.
Demak,
 Metodologiya barcha bilim uslublari
va o‘zlashtirishlar haqidagi ta’limotdir.
Ma’lumki, barcha aniq fanlar
o‘zlarining bilish usullariga ega bo‘lib, bu usullar o‘z predmeti, ya’ni o‘z
fanining ob’yektlarini tahlil qilish va xulosalar qilishga yordam beradi. Ayni
paytda barcha fanlar uchun universal bo‘lgan metodlar bor bo‘lib, bular
falsafiy fanlar metodlaridir. Ana shu falsafiy metodlar aniq fanlar
usullarining metodologiyasi hisoblanadi. Metodologiya boshqa metodlarni
boyitadi, ularga ob’yektlarni bilish uchun ko‘maklashadi. O‘z navbatida,
aniq fanlar metodlari metodologiyani mazmun va mohiyatini kengayishiga
yordam beradi.
Metodologiya har bir sohada yangi bilimlarni olishga ko‘maklashadi.
Metodologiyaga zaruriyat taraqqiyotning boshlang‘ich bosqichlaridayoq
ko‘zga tashlangan edi. Olamning sir-asrorlarini bilish xulosalar chiqarish va
ulardan insonlar o‘z faoliyatida foydalanishining o‘zi ushbu xususiyatlarni
talab etar edi. Masalan, qadimgi Misrda geometriyaning paydo bo‘lishi
yerlarni o‘lchash, daryolar o‘zanlarini aniqlash bilan bog‘liq edi. Ammo
uning falsafiy jihatdan asoslanishi yana bir umumiy-universal uslubni talab
qilar edi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnika, san’at, madaniyat, fanning
elementlarini paydo bo‘lishi metodologiyaga bo‘lgan talabni yanada
kuchaytirdi. Metodologiyani ishlab chiqishda antik dunyo faylasuflari -
Geraklit, Suqrot, Aflotun, Arastuning xizmatlari kattadir. Jumladan, Suqrot
o‘z ta’limotini yaratar ekan, narsa va hodisalarni dialektik tafakkur qilish
usuli bilan bilish mumkinligini o‘rtaga tashlagan edi. Aflotun esa olamni
bilishga mantiqiy yondashish kerakligini uqtirgan edi. Arastu ta’limotida esa
haqiqatga erishishning usuli bu – induksiya va deduksiya jarayonlaridir.
Ushbu sohadagi Arastu ta’limotini yangi zamon faylasuflaridan biri Frensis
1
“Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish haqida”. Xalq so‘zi, 2002 yil. 15 mart


8
Bekon davom ettirgan edi. Bekon qarashlari esa o‘z navbatida, Rene Dekart
kabi buyuk faylasufning metodologiyaga bo‘lgan ijobiy munosobatlarini
shakllantirdi.
Metodologiyaning hodisalarga bir-butun, sistemali yondashishni talab
etadi. Bu esa voqelik haqida to‘la tasavvur olishga ko‘maklashadi. Aniq
metodlarga nisbatan keng ko‘lamli bo‘lganligi uchun metodologiyaga
asoslangan bilimlarni inkor qilish osonlikcha kechmaydi. Metodologiya
orqali bilimlar xazinasi ko‘payadi, kengayadi. Ob’yektlar haqida turli
tamoyillar ishlab chiqiladi. Kategoriyalar, ya’ni yangi tushunchalar paydo
bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlarning yangi ko‘lami, turlari namoyon bo‘ladi. Narsa
va hodisalar taraqqiyotining yangi qonuniyatlari, rivojlanish tendensiyalari
aniqlanadi. Aniqrog‘i, shu jarayonlar uchun metodologiya xizmat qiladi.
Demak, metodologiyani metod to‘ldiradi. Metod so‘zi grek tilidan olingan
bo‘lib, bilish, tadqiqot yo‘li, usuli degan ma’nolarni anglatadi. Binobarin,

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə