Ўzbekiston respublikasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/42
tarix11.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#86749
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 2-kitob

6.5. Teri sezgilari 
Teri  sezgilari  tarkibi  tuyish  va  sharorat  turlaridan  iborat  bo’lib,  ularning 
bunday nomlanishining bosh omili - bu reseptorlarning teri va organizmning tashqi 
shilliq pardalarida joylashganligidir.  
Tuyish  sezgilari  ikki  xil  axborotni  qabul  qilish  imkoniyatiga  ega  bo’lib, 
ularning  birinchisi  tegish  va  tarqalishni  tuyish  sezgilar,  ikkinchisi  esa  silliq  yoki 
qidir-budurni  tuyish  bilan  tavsiflanadi.  Odatda  tana  a'zosiga  naralarning  tegishini 
sezish  tashqi  qo’zqalish  kuchayganda  siqiqni  sezishga  aylanadi,  u  yanada 
kuchayganda siqiq oqriq sezgisiga aylanadi.  
Tuyish  sezgilari  organi  -  teridagi  va  tashqi  shilliq  pardalardagi  tuyish 
tanachalari  deb  nomlanuvchi  tanachalardan  iboratdir.  Tanachalarning  ichida, 
qisman  tashqarisida  (epiteliyda)  tuyish  nervining  chekka  tarmoqlari  mavjud,  ular 
terida  va  shilliq  pardalarda  bir  tekis  taqsimlangan.  Ular  barmoqlarning  uchlarida, 
til uchida, labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan 
yuksakroqdir.  qaysi  yerda  tanachalar  siyrak  bo’lsa,  demak  u  joylarda  sezish 
ko’rsatkichi shunchalik pastdir.  
Psixologiyada  tuyish  tanachalari  va  sezuvchi  nervning  chekka  tarmoqlari 
zichligi  esteziometr  asbobi  yordami  bilan  o’lchanadi.  Asbob  keriladigan  ikki 
oyoqli  sirkuldan  tashkil  topgan  bo’lib,  uning  o’zagidagi  darajalar  oyoqlarning 
uchlari o’rtasidagi masofani o’lchaydi.  
Tuyishning aniqlik darajalari: a) barmoq uchlarida 1 mm-2 mmgacha, b) qo’l 
kaftida  10  mm,  v)  orqada  60-70  mm  masofa  bir  yo’la  ikki  oyoqcha 
tegayotganligini sezish mumkin (masofa kamaysa, sezgirlik pasayadi).  
Tuyish  sezgilarining  markazi  bosh  miya  po’stining  orqadagi  markaziy 
pushtasida joylashgan deb taxmin qilinadi.  
Tuyish  sezgilarining  tashqi,  ya'ni  fizik  sababi  -  bu  biron-bir  narsalarning 
teriga bevosita tegishidir.  
Sharorat  sezgilari  issiq  yoki  sovuqni  sezish  bilan  tavsiflanadi.  Maxsus 
tanachalarning ichida issiqni yoki sovuqni sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari 
joylashgan bo’ladi.  


56 
 
Ularning  tashqa  sababi  -  biron-bir  sharoratga  ega  bo’lgan  qattiq,  suyuq  va 
gazsimon  jismlarning  tanaga  tegib  turishidir.  Issiqni  yoki  sovuqni  farqlash 
qo’zqatuvchi  sharorati  bilan  badan  sharorati  o’rtasidagi  nisbat  bilan  belgilanadi. 
Masalan,  qo’zqatuvchining  sharorati  badan  sharoratidan  past  bo’lsa  -  sovuqni, 
agarda yuqori bo’lsa - issiqni sezamiz, shis qilamiz.  
FARQLASh: a) jismlarning issiq o’tkazuvchanligi: temir va yung.  
ShARORAT  SEZGILARI:  a)  tashqi  qo’zqatuvchilar,  b)  organizm 
ichida:qo’rqish - qon tomiri torayadi, uyalish - qon tomiri kengayadi.  
 
 
 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə