17
mablag’lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi extiyoji
uchun ishlatishni ta’minlash.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida hisobga
olishni «engillashtirish uchun quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- Qimmatli qog’ozlar;
- Sho’ba korxonalariga investitsiyalar;
- Qaram birlashmalarga ishvestitsiyalar;
- Qo’shma korxonalarga investitsiyalar:
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar.
Qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli investitsiyalarning asosiy qismini tashkil
etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qimmatli qog’ozlar investitsiyalar
yo’naltirishning asosiy vositasi hisoblanadi.
1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining
«Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risida»gi qonuniga (qo’shimcha va
o’zgartirishlar bilan) muvofiq «qimmatli qog’ozlar - bu ularni chiqargan shaxs
bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkni huquqlari yoki qarz munosabatlarini
tasdiqlovchi, dividend yoki foiz ko’rinishida daromad to’lashni hamda ushbu
hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shahsga berish imkoniyatini
nazarda tutuvchi pul xujjatlaridir».
Respublikamiz amaliyotida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni
yo’naltirishning asosiy vositasi aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini
harid qilish hisoblanmoqda.
Korxonaning sho’’ba korxonalar, qo’shma korxonalar va qaram
birlashmalarga investitsiyalari mavjudligi ularni buxgalteriya hisobida alohida
turkumlarga ajratilishini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: