Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64

tirik  organizmlar  ishtirokida  bo'ladi.  Kimyoviy  elementlarning  bir-birikmadan  ikkinchisiga 
yer  qobig'i  tarkibidan  tirik  organizmlarga,  keyin  esa  ularning  anorganik  birikmalarga  va 
kimyoviy  elementlarga  par-  chalanib  yana  yer  qobig'i  tarkibiga  o'tishi  moddalar  va 
energiyaning davriy aylanishi deyiladi. Bu aylanish uzluksiz davom etadigan jarayondir. 
 
Amaliy ekologiya. Zamonaviy ekologik muammolar. 
Hozirgi kunda umumiy ekologik xarakterga ega bo'lgan va yechimini hal qilishini talab 
etadigan muammolarga barqaror rivojlanish konsepsiyalari, ekologik muammolarga 
bag'ishlangan xalqaro shartnomalar va shu kabilar kiradi. 
Kelgusi  avlod  qobiliyatini  saqlab  qolgan  holda  inson  o'z  ehtiyojlarini  va  talablarini  qondira 
oladigan darajada kuzatiladigan rivojlanishni barqaror rivojlanish deyiladi. 
«XXI  kun  tartibi»da  barqaror  rivojlanishni  kelgusida  ta‘minlaydigan  keng  ko'lamdagi 
masalalar  ko'zda  tutilgan.  Ana  shunday  masalalarga  iqlim  o'zgarishining  oldini  olish, 
cho'llashishga qarshi kurashish, ekologik ta‘limni kuchaytirish, turli xil ekologik uyushmalar 
ishlari va shu kabilar kiradi. Ana shunday ekologik muammolami hal etishda inson faoliyati 
bilan bogiiq bo'lgan barcha masalalaming muhimliligini nazarda tutmoq  zarur. Bu sanoat  va 
qishloq  xo'jaligida  ishlatiladigan  texnologiya,  qashslioqlikka  qarshi  kurashLsh,  ehtiyojlar 
tizimini  o'zgartirish  doimiy  yashaydigan  uyjoylami  ko'paytirish,  har  xil  toifadagi  aholining 
rolini ko'paytirish va shu kabilar.  
Birlashgan  millatlar  tashkiloti  tomonidan  yana  iqlim  o'zgarishining  oldini  olish, 
o'rmonlami  asrash,  biologik  turli-tumanlikni  muhofaza  qilish  bo'yicha  ham  konsepsiyalar 
qabul qilindi. 
Birlashgan  millatlar  tashkiloti  barqaror  rivojlanishni  e‘lon  qilib  barcha  davlatlardan  shu 
konsepsiyalar  asosida  o'zlarining  milliy  barqaror  rivojlanish  konsepsiyalarini  qabul  qilishini 
so'ragan  va  hozirgi  kunda  ko'pchilik  davlatlar,  shu  jumladan,  bizning  respublikamizda  ham 
shunday konsepsi yalar qabul qilingan. 
 
Atmosfera xavosi, tarkibi ahamiyati, va muxofaza qilish yo‗llari 
 
Havo  —  atmosferadagi  gazlaming  aralashmasi  bo'lib,  balandlikning  o'zgarishiga  qaiab 
uning tarkibi ham o'zgarib turadi. Havo tarkibidagi gazlar orasida kislorod muhim ahamiyatga 
ega. U organizmlami hosil qiluvchi oqsil, yog', uglevodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot 
kechirishi uchun zarur bo'lgan energiyani oksidlanish hisobiga oladi.  
Uglerod  (IV)  oksidi  tabiatda  katta  ahamiyatga  ega  bo'lib,  u  yashil  o'simliklarning 
oziqlanishi  uchun  zarurdir.  Azot  elementi  havoning  tarkibida  ko'p  bo'lishiga  qaramay,  uni 
organizmlar  to'g'ridan-to'g'ri  o'zlashtira  olmaydi.  Organizmlar  uni  faqatgina  azot  birikmalari 
holida  o'zlashtirishi  mumkin.  Havoning  tarkibidagi  sulfit  angidrid,  azot  oksidlari,  galogen 
vodorodlar,  ammiak  va  boshqalar  zararli  moddalar  hisoblanib,  uning  ifloslanishiga  sabab 
bo'lmoqda.  Havodagi  ana  shunday  zaharli  moddalarni  yutgan  o'simlik  barglari,  hujayralari 
o'la boshlaydi. Daraxtlaring suv shimish mexanizmi ishdan chiqadi va barglari to'kiladi. Havo 
tarkibidagi  turli  xil  gazlar  miqdorining  ortib  ketish  hollari  dunyoning  turli  nuqtalarida  turli 
darajadadir.  
Ifloslangan  atmosfera  havosining  atrof  muhitga  va  inson  salomatligi  hamda  turmush 
tarziga ta'siri. Sanoat korxonalari va boshqa xo‘jalik chiqindilarining tashqi muhitda aylanib 
yurishi.  Sanoat  markazlaridagi  zaharli  tumanlarning  inson  salomatligiga  salbiy  ta'siri. 
Atmosfera havosidagi chang zarrachalarining inson organizmiga zararli ta'siri. Havodagi gaz 
tarkibining o‘zgarishi gigiyenik nuqtai nazardan havfliligii tushunib olishadi.  


 
Ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi. Tuproqning va suv manbalarining muxofazasi. 
Suv manbalarining ifloslanishi va muxofazasi 
Jamiyat  va  tabiat  o‘zaro  munosabatlarining  evolyutsiyasi.  Jamiyat  tarixining  beshta 
ijtimoiy-iqtisodiy  farmatsiyalarga  bo‘linishi.  Fan-texnika  inqilobining  jamiyat  va  tabiatning, 
inson  va  atrof-muhitning  o‘zaro  munosabatiga  ta'siri.  Jamiyatning  biosferaga  salbiy  ta'siri 
darajasiga ko‘ra bosqichlarga ajratilishi  
1.
 
suvning ta‘mi, rangi, hidi yo‗qligi tufayli boshqa elementlardan farq qiladi
2.
 
suv  yer  sharidagi  eng  ko‗p  issiqlik  singdiruvchi  jismdir,  shu  sababli  suv  havzalari 
yozda to'plagan quyosh issiqligini qishda nam va iliq havo oqimi sifatida sovuq joylarga olib 
borib isitadi; 
3.
 
suv kimyoviy formulalariga ko‗ra «toza» hisoblanib, birikmaga kiruvchi vodorodning 
atom  massasi  1  uglerod  birligi  (u,b)  ga,  kislorodniki  16  (u,b)  ga  teng  bo'lib,  boshqa 
moddalarda uchramaydi. 
Yer  yuzining  71  %  suv  bilan  qoplangan.  Yer  yuzasining  umumiy  maydoni  510  mln  km
2
 
bo'lib, shundan 149 mln km
2
 quruqlik va qolgan 361 mln km
2
 ni suvlik ishg'ol etgan. Dunyo 
okeanlaridagi suvning hajmi 1 mlrd 370 mln km
3
 o'rtacha chuqurligi 3,7 km. va eng chuqur 
yeri 11022 metrni tashkil etadi. Kurramizning suv bilan qoplangan yuzasi 4 ta katta okeanga 
bo'linadi:  Tinch,  Atlantika,  Hind  va  Shimoliy  muz  okeanlari.  Okeanlaming  materik 
ichkarisiga yorib kirgan qismi dengizlar deyiladi. 
Suv  manbalari  va  ularning  sanitariya  holati.  Suv  va  inson  salomatligi:  yuqumli  va 
yuqumsiz kasalliklar. Suv manbalari va ularning sanitariya holati. Ochiq yuza suv manbalari. 
Suv  va  inson  salomatligi.  Suv  va  yuqumli,  yuqumsiz  kasalliklar.  Suv  sifatining  gigiyenik 
me'yorlari  
 
Tuproqni floslantiruvchi man‘balar. Tuproq muhofazasi. 
 
Tuproqning  inson    hayotidagi  o‘rni.  Tuproqni  ifloslantiruvchi  moddalar  manbalari. 
Tuproq  tashqi  muhitning  bir  bo‘lagidir.  Tuproq  qoplamasida  paydo  bo‘ladigan  o‘zgarishlar. 
Texnika  taraqqiyotining  yer  relefini  o‘zgartirib    yuborishi.  Tuproq  tarkibidagi  tirik 
organizmlarning ahamiyati. Tuproq yuqumli kasalliklar manbai. Sanoat, korxona chiqindilari 
tuproqni  ifloslantiruvchi  manba.  Tuproqda  o‘z-o‘zini  tozalash  jarayoni.  Tuproqning  muhit 
sifatidagi  ahamiyati.  Tuproqning  filtratsiya  zonasida  ketadigan  jarayonlar.  Tuproqning 
xossalari. Tuproqning gigiyenik ahamiyati. Tuproqning ifloslanishi. Tuproqni ifloslantiruvchi, 
kasallik  qo‘zg‘atuvchi  mikrofloraning    guruhlari.  Sanoat  korxonalaridan  chiquvchi  zararli 
moddalar.  
 
Bio xilmaxillik va uning muxofazasi.  Biologik zaxiralar, ularning ahamiyati va 
muxofazasi 
 
Insoniyat  va  o‘simliklar  dunyosi.  O‘simliklarning  insoniyat  hayotidagi  ahamiyati. 
O‘rmonlarning  jahon  uzra  tobora  kamayib  borishining  sababi.  Tibbiyotda  qo‘llaniladigan 
o‘simliklarning  kamayib  ketishi.  Yashil  massivlarning  ekologik  nuqtai  nazaridan  tashqi 
muhitni  himoya  qiluvchi  omildir.  Ilmiy  tibbiyotda  qo‘llaniladigan  dorivor  o‘simliklar. 
Yovvoyi  o‘simliklarning  ahamiyati.    O‘simliklar  va  tuproq.  Insoniyat  va  hayvonot  olami. 
Hayvonot  dunyosini  muhofaza  qilish  haqidagi  muhim  hujjat  bo‘lmish  ―Qizil  kitob‖  ning 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə