Ўзбекиетон Республикаси


-BOB  Sanoat chiqindilari xususida zamonaviy ma’lumotlar



Yüklə 5,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/46
tarix28.11.2023
ölçüsü5,24 Kb.
#138574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA BETON VA TEMIR BETON ISHLAB CHIQARISH

1-BOB 
Sanoat chiqindilari xususida zamonaviy ma’lumotlar 
va ularning tavsiflanishi 
1,1. Umumiy malumotlar 
Fan-texnika progressi (taraqqiyoti) moxiyati yalpi ishlab chiqarish xajmining
o‘sishidadir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi tabiy mablag‘ning xo‘jalikda 
xar tomonlama foydalanishga yanada ko‘proq tortadi. Shunga qaramay, unumli 
qo‘llash darajasi xali past. Har yili 10 mlrd. tonnaga yaqin mineral va shuncha 
organik xom ashyo maxsulotlaridan foydalaniladi. Dunyoda yangi foydali qazilma 
boyliklar zaxirasini qidirib topishga nisbatan, foydali qazilma boyliklarini ishlatish va 
qayta ishlash ancha tezlik bilan olib boriladi. Bizning mamlakatimizda sanoatda 
ishlatishga sarflanadigan xom ashyo, materiallar, issiqlik va energiya 70% ini tashkil 
qiladi. Shu vaqtning o‘zida 10% dan 99% gacha sarflangan xom ashyo, atrof-muxitni 
ifloslaydigan, suv xavzalariga, havoga, yer satxiga chiqarib tashlanadigan chiqindiga 
aylanadi. 
Chiqindilarni joylash va transportga ortib jo‘natish asosiy ishlab chiqarish 
mablag‘idan axamiyatli qismini sarflaydi, Har yili energiya va ko‘mir sanoati ishlab 
chiqarishidan chiqqan chiqindilardan tozalash uchun 300 mli. rub.ga yaqin mablag‘ 
harajat qilinadi. Qazib chiqarish ishlarini tashkil etish va ekspluatatsiya uchun bu 
soxalarda qazib olingan ko‘mir tannarxining 8-10% ishlatilayotgan energiya va 
bug‘ga sarflanadi. 
Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, tog‘ boyliklarini qaziydigan 
kombinatlar, tog‘ jinslarini maydalaydigan texnologik jarayonlar, katta miqdordagi 
mineral xom ashyoni maydalash va kuydirish bilan faoliyat yuritadigan tashkilotlar 
atrof-muhitni xar xil changlar bilan ifloslantirish manbalar xisoblanadi. Sement 
klinkerini kuydiradigan, aylanib ishlaydigan pechning chang otkisi 8-20% quruq xom 
ashyoni chiqarib yuboradi. Xavoga chiqarilgan changdan texnologik agregatlar 
tozalangandan so‘ng sement zavodlari agregatlarida 100-150 mg/m’ chang bo‘ladi. 
Sanoat korxonalaridan chiqqan chiqindilar, uyib tashlangan tumanlar atrof-muxitni 
ifloslantiradi, xavosini buzadi. Sanoat chiqiidilarini chiqarib tashlash natijasida 



dunyodagi okeanlar suvini ifloslanishiga olib keladi, natijada okeanlarning biologik 
sifati yomonlashadi va planeta iqlimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanoat chiqindilari 
muammolarining samarali xal qilinishi turli omillarga bog‘liq: chiqindining moddiy 
tarkibiga, ularning tarkibiy xolatiga, soniga, texnologik mohiyatiga va boshqalar. 
Sanoat ishlab chiqarishidagi chiqindilardan keladigan zararining pasayishi ishlab 
chiqarishni tashkil etilishiga, erishishni chiqqan chiqindilarni samarali joylashtirish 
imkoniyatini topishni, xavfsizlantirib va zararsiz qilib ko‘mib tashlashni tashkil 
etishni taqazo etadi. Xom ashyo materiallaridan kompleks foydalanilganida sanoat 
chiqindilari yoki tashlandiq keraksiz mahsulotlar boshqa bir sanoat ishlab 
chiqarishiga xom ashyo bulishi mumkin. Shunga o‘xshash, xom ashyolardan 
foydalanilganda xozirgi davr xalq xo‘jaligining rivojlanish talablariga mantiqan 
to‘g‘ri keladi. 
Xom-ashyo materiallaridan kompleks foydalanish axamiyatini bir necha xil 
yo‘nalishlarda ko‘rib chiqish mumkin: 
Birinchidan, chiqindilarni qayta ishlash atrof-muxitni muhofaza qilish, 
qimmatli yer maydonlarini chiqindilardan, jumladan, chiqindi yig‘iladigan 
maxsus joylarni, atrof-muxitni chiqindi va buyumlaridan tozalash imkonini 
beradi. 
Ikkinchidan, sanoat chiqindi mahsulotlari ma’lum darajada qayta ishlov
soxasidagilarni ishlab chiqarish jarayonida boshlang‘ich texnologik ishlov 
(maydalash, kuydirish) berilgan yuqori sifatli xom ashyoga bo‘lgan talabni 
qondiradi. 
Uchinchidan, xom ashyodan kompleks foydalanilganda mahsulot xisobiga kapital 
xarajat nisbatan pasayadi, xarajatlar sarfini qoplash muddatlari qisqaradi, sanoatda 
chiqindilarni joylash, ularni saqlaydigan omborxonalar qurilishiga ketadigan sarfni 
kamaytiradi, issiqlik va elektr energiyalarini yangi maxsulotga qilinadigan sarfi 
chiqindilarni texnologik tayyorligi sababli kamayadi, jixozlarning ishlab chiqarish 
quvvati ortadi. 
Turli sanoat korxonalarining ikkilamchi chiqindi mahsulotlari iste’molchi 
tarmog‘ining sanoat chiqiidilari xisoblanib, ular ko‘proq qurilish metariallarini ishlab 



chiqarishda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Qurilishdagi materiallar uchun 
ketadigan sarf-xarajat smetaning 55% dan ortig‘ini tashkil etishini inobatga olinsa, 
sanoatdagi ikkilamchi maxsulotlardan foydalanilish qurilish materiallarini ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri ekanligini e’tirof etish mumkin. 

Yüklə 5,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə