Zardushtiylik dinining vujudga kelishi



Yüklə 2,39 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix12.05.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#109966
FALSAFA



1


Zardushtiylik dinining vujudga 
kelishi


REJA:
1)
Zardushtiylik dinining vujudga kelishi
2)
Zardushtiylik dinining ta’limoti
3)
Zardushtiylik dini, urf-odatlari
3


Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI
asrlarda dastavval O`rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo`lgan. Uning
payg`ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdaiylik dinini isloh qilib, uning asosida
yangi Yakkaxudolik dinini ijod etgan.
Zardushtiylik-ilgarigi diniy tasavvurlar va ko`p xudochilikka asoslangan diniy
e`tiqodlarni takror Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy
din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. Ko`p
tadqiqotchilar Zardusht tarixiy shaxs bo`lib, milodgacha 589-512 yillarda yashab ijod
etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e`tirof etadilar. Bu
haqiqatga yaqindir.
4


Zardushtiylik paydo bo`lgan davr dastlabki sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik
tuzumi endigina paydo bo`layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik tuzumi yemirilib
aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo`linayotgan davr bo`lgan. Bu din
eng avval O`rta Osiyo, so`ng Eron, Ozorbayjonda qaror topgan edi.
I.A.Karimov “O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz” degan asarida
biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g`oyat uzun, beqiyos, betakror
ekanini ta`kidlab, bunday degan edilar; “Biz jahon maydonida kuni kecha paydo
bo`lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz xalqimiz ko`xna Xorazm zaminida
“Avesto” paydo bo`lgan zamonlardan buyon o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi
bilan yashab keladi”
5


O`zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q“ degan asarida bu fikrni yanada
kengaytirgan va terranlashtirgan akademik olimimiz yana bunday degan edi: “Eng
mo`tabar, qadimgi qo`lyozmamiz “Avesto” ning yaratilganiga 3000 yil bo`lyapti. Bu
nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig`ida, mana shu zaminda
umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma`naviy, tarixiy
merosidir”. Bu, ta`bir joiz bo`lsa shaklan diniy, mazmunan boshdan oyoq dunyoviy
yozuvning qadr-qimmatini teran anglab, uning o`zbek yozma madaniyatining ilk
sarchashmalaridan biri sifatida Xorazmda yaratilgan durdonaga yuksak baho berib,
yana bunday deb yozgan edi muallif: “Avesto” ayni zamonda bu qadim o`lkada
buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi
tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”.
6


Butun O`rta Osiyo xalqlari, jumladan o`zbek xalqi moddiy va ma`naviy
madaniyatining beshigi Xorazm vahasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan.
Shulardan keyinchalik o`zbek elati, so`ng xalqi, millati tashkil topgan.
I.A..Karimov yuqorida qayd etilgan asarida juda o`rinli qayt qilganidek, Xorazm
davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Bu o`rinda birinchi davlat tashkil
topgandan keyingi “yozma tarix” nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari
o`z xotiralarida yozib qoldirgan,keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarixiy
dalillar g`oyat o`rinli tarzda nazarda tutilgan.
7


Butun O`rta Osiyo xalqlari, jumladan o`zbek xalqi moddiy va ma`naviy
madaniyatining beshigi Xorazm vahasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan.
Shulardan keyinchalik o`zbek elati, so`ng xalqi, millati tashkil topgan. I.A..Karimov
yuqorida qayd etilgan asarida juda o`rinli qayt qilganidek, Xorazm davlati tarixini biz
2700 yillik tarix deb bilamiz. Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi
“yozma tarix” nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari o`z xotiralarida yozib
qoldirgan,keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarixiy dalillar g`oyat o`rinli tarzda
nazarda tutilgan.
Xorazmda o`troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan; davlat esa uning
maxsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3 ming yil avval
yaratilgan “Avesto”ning qo`lyozmasi, binobarin, yozma tarixning ilk debochasi
ishonchli dalolat bergan. Yuqorida qayd qilganimizdek, yurtboshimiz “Avesto”
Xorazmdek qadimiy o`lkada buyuk davlat, boy ma`naviyat, qimmatli madaniyat
yodgorligi ekanligi hech kim inkor eta olmasligi ham ta`kidlagan.
8


Zardushtning diniy islohotini tushunish uchun o`sha davr Turonning ijtimoiyiqtisodiy
ahvoli va siyosiy vaziyatni e`tiborga olish kerak. Gap shundaki, Turon
iqlimining kontinental, ya`ni nisbatan mo`tadilligi, geografik jihatdan ikki katta qit`a
o`rtasida, Amu va Sir daryolari oralig`ida joylashgani sababli savdo-sotiqning
kuchayishi bu mintaqada sun`iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik ertaroq vujudga
kelishiga sabab bo`lgan. Xuddi shu tarixiy davrda hunarmandchilik va ovchilik ham
anchagina rivojlangan. Bu hududda yilqichilikning rivojlanishi, ayniqsa Farg`ona
vodiysida qorabariy zotiga o`xshash otlar boqish keng ko`lam olgani ham ijtimoiy
hayotda katta rol o`ynagan. Buning ustiga mis va qo`rg`oshin konlariga boy bo`lgan
Oltoyning yaqinligi bu yerda temirchilik, misgarlik rivojiga asos bo`lgan.
9


Zardusht yashagan davrda o`troqlik hayoti afzalligi yaqqol namoyon bO`lgan. Ammo
unga qabilalar o`rtasidagi qirg`inbarot urushlar raxna solayotgan edi. Urushlar
ko`pincha har bir qabila va elatning o`z xudolariga ko`plab qurbonliklar qilish odatlari
zaminida ham yuzaga kelardi. O`z davrining kohinlari, sehrgarlari va mo`tabar
qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan Zardusht yuqoridagi odatlarni
bartaraf etish va halqlarga tinch mehnat bilan shug`ullanish imkonini yaratish uchun
ko`pxudolik e`tiqodlariga va otashparast-likka barham berib, yakkaxudolikka
sig`inishni targ`ib etish deb bilgan va shu vazifani bajargan. Shunday qilib,
Zardushtiylik eradan avvalgi VII-VI asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi
urug`-qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U
eramizning to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ngra uning o`rni islom
egallagan. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, Yaqin va O`rta Sharqgacha
tarqalib, ayrim asoratlari haligacha saqlanib kelmoqda
10


Avesto faqat diniy manbagina emas, balki dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar,
o`zi tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy
qarashlari, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari haqilagi manba hamdir. Unda bayon etilgan
asosiy g`oyalar diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht degan payg`ambar
nomi bilan bog`langan. U “Avesto” ning eng qadimiy qismi “Gat” (xat nomi) ni ijod
etgan. “Avesto” tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar qariyb milloddan avval 3000-
yillik oxirlari va 2000-yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o`tgan davrda
yuzaga kelgan; avloddan-avlodga og`zaki o`tib olingan, uning buqa terisiga yozilgan
ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. U miloddan avvalgi 3 asrda
Ashrakiylar sulolasi davrida to`plangan.
11


Zardushtiylik dini ta`limotini quyidagi uch tarixiy qismga bo`lish mumkin;
1.Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3-ming yillikda vujudga kelgan
Yashtlardir; ularda urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari
tasvirlangan;
2.Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar
yozilgan;
3.Qadimiy ko`pxudolilik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash
sharoitlarida eramizdan avvalgi V asrda har ikkisini kelishtirgan mazdahiylik dini
shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan.
12


Shoh Vishtasia farmoniga binoan “Zardusht 1200 bobdan iborat pandnomasi
“Avesto”ni oltin taxtachalarga yozib, shohning otashkadasiga topshirgan” deb yozgandi
Firdavsiy. Keyinchalik bu “Kitob” 12 ming buqa terisiga bitilgan, makedoniyalik
Iskandar Zulqarnayn Sharq ulamolari bir qismini zabt etganda uning nodir nusxasini
Elladaga eltib, kerakli joylarini tarjima qildirgan, qolganini yondirgan”. “Avesto”
yuqorida aytilganidek, eng qadimiy yakka xudochilikka asoslangan dinning birinchi
muqaddas kitobigina bo`lib qolmay hozirgacha, e`tiborli tarixiy manba va madaniyat
yodgorligi hisoblanadi. Unda dastlabki oddiy ijtimoiyfalsafiy qarashlar bilan diniy
mifologik tasavvurlar uyg`unlashib ketgan; shu zaminda ma`naviy, jumladan ahloqiy
barkamol odam ezgulikni barqaror qila oladigan kurashchan, adolatparvar insonni
shakllan-tirish g`oyasi markaziy o`rinni egallagan. “Avesto”da tabiiy bilim-lar-
agronomiya,
meteorologiya,
zootexnika,
meditsina,
falakiyot,
astronomiya,
geografiyaga doir bilimlar ham mavjud
13


Zardushtning diniy islohoti bo`sh joyda yuzaga kelgan emas. /arbiy Yevropa va
rus tadqiqotchilarning fikricha, milodgacha bo`lgan 3-2 ming yilliklarda Markaziy
Osiyoda oriy deb atalgan qabila yashagan. A.P.Primakning aytishicha, oriylar
ko`chmanchi chorvadorlar bo`lishgan. Ularda yozuv bo`lmagan, ammo hayratomuz
og`zaki ijod iste`dodiga ega bo`lib, ular yaratgan o`ziga xos ashula, gimn, pand-
nasihat shaklidagi qo`shiqlar avloddan avlodga o`tib borgan
14


Umuman Sharqda qadimdan inson ichki olamini munavvar etish, niyat bilan amal
mushtarakligiga jiddiy ahamiyat berish diniy va falsafiy fikrlarning markazida turgan.
Angliyadagi Oksford universiteti-ning professori Maks Myuller Pomir atrofida
yashagan Oriy qabilalarining bir qismi bundan 3,5 ming yil muqaddam Hindistonga,
bir qismi Yevropa va Eronga ko`chib ketganini ta`kid-lagan. Ular albatta o`zlari bilan
birga shu yerdagi osoriatiqalarni (mifologiya) ni ham olib ketishgan, deb hisoblagan.
Demak, Yevropa va Hindistonga hamda Yaqin va O`rta Sharqqa tarqalgan ko`p
xudolik asoslari avvalo Markaziy Osiyoda vujudga kelgan Shu bilan birga Zardusht
asos solgan yakka xudolik dini ham boshqa joyda yashayotgan xalqlar e`tiborini o`ziga
jalb etgan. Zardushtiylikning muqaddas yozuvlar to`plami “Avesto” mintaqada
Iskandar asos solgan hokimiyat tugagach, eramizgacha bo`lgan 250-yillarda
arshohiylar sulolasi hukmronligi davrida yana tiklana boshlagan; u yangi matnlar
bilan to`ldirilgan
15


Sosoniylar sulolasi hokimiyati davrida (milodning III-VII asrlari)
bu ish nihoyasiga yetkazilgan. “Avesto”ning uchta kitobi (bobi) qadimgi turon tilda
va bittasi pahlaviy tilida tiklangan. Uning birinchi kitobi “Vadovdot”, ya`ni devlarga
qarshi qonun, deb atalgan. “Yosin” va “Visparad”ni qo`shgan holda “VadavdotSade”
nomi bilan yuritilgan. “Vadovdot”ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi
deyish ham mumkin. “Avesto”ning ikkinchi kitobi “Yosin” bo`lib, Zardusht Xat
(noma)lari uning asosiy mazmunini tashkil etgan. U 72 “ha”- bashoratdan iborat
bo`lib, birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan
va hamma narsaga qodir Oxuramazdaning vahiylari haqligiga imon keltirishga doir
duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga kelmasdan ilgari mavjud bo`lgan xudolar
sha`niga shukronalar bayon etilgan.
16


“Avesto” ning uchinchi kitobi “Visporat” deb nomlangan. Unda olamni yoki
hamma narsani bilishga doir pand-nasihatlar o`rin olgan. U ibodat namozlari
yig`indisi bo`lib, 25 qismdan iborat. Oxirgi kitob “Bundaxash” qadimgi Eron tili -
pahlaviy tilida yozilgan.
17


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. «Avesto kitobi» «tariximiz va ma’naviyatimizning ilk yozma manbai».
Mavzusidagi ilmi amaliy semenar materiallari.
2. Bibliya. Moskva, 1997.
3. Isxoqov M. Xalk daxosining qadimgi ildizlari va kurtaklari. Til va
adbiyot ta’limi jurnali

2 1992 y.
4. Kulakov A.YE. Religii mira. M., 1996.ss 150-173.
5. Yaxudiy oy-quyosh kalendari. M., 1990.
6. Beruniy Abu Rayxon. Tanlangan asarlar. V tom. T., 1973, 157-167-
betlar.
18

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə