Yusuf Xos Xojib Bolasog‘unda tug‘ilgan, o‘z asarini yoshi ellikdan o‘tganda yozgan



Yüklə 16,06 Kb.
tarix23.06.2023
ölçüsü16,06 Kb.
#118647

Yusuf Xos Xojib Bolasog‘unda tug‘ilgan, o‘z asarini yoshi ellikdan o‘tganda yozgan. Asarning xijriy 462 (1069 - 1070) yozib tugallanganligi, uni o‘n sakkiz oyda, ya’ni 461 yilning birinchi yarmida boshlab , 462 yilning o‘rtalarida tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Xojib 50 yoshlar atrofida bo‘lsa, 410 (1019 milodiy) yillarda tug‘ilganligi taxmin etiladi. Yusuf Xos Xojibning "Qutadg‘u bilig" asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar xukmdori Tavg‘achxon, kitobda Tavg‘ach Ulug‘ Bug‘ra Qoraxon (Xoqon), Abo Ali Xasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib, uning muallifiga Xos Xojiblik unvonini beradi. "Qutadg‘u bilig" asari katta Shuxrat kozonadi. Shuning uchun ham "Qutadg‘u bilig”ni chinliklar(Xitoy) "Adab ul - muluk" ("Xukmdorlar odobi"), mochinliklar (SHarqiy Turkiston) "Anis ul-mamolik" ("Mamlakatning tartib usuli"), eronliklar "SHohnomai turkiy", SHarq elida "Ziynat ul-umaro", ("Amirlar ziynati"), turonliklar"Qutadg‘u bilig" ba’zilar esa "Pandnomai muluk" ("Xukmdorlar nasihatnomasi") deb atagani kitobmuqaddimasiga keltiriladi.
Mazkur asarning Shuhrat topishi bejiz emas edi. Chunki Yusuf Xos Xojib o‘z davrining etuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan ham bilsak bo‘ladi. U o‘z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tibbiyot, geografiya, riyoziyot, xandasa, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya, fiqxga oid fikrlarni bayon etib, faylasuf va qomusiy olim sifatida o‘zini namoyon etdi. CHunonchi, u barcha ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi muomala, munosabatlarni yoritish bilan diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasb-koriga oid talablar va jamiyatning axloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos uslubni yaratdi.
"Qutadg‘u bilig" - baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-nasihatlar, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni tarbiyalaydigan etuk didaktik asar ekanligi yakqol ko‘rinib turibdi.
"Qutadg‘u bilig"ning tadqiqotchilaridan biri B.To‘xliev ta’kidlaganidek, Yusuf Xos Xojib "Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning kator belgilarini ko‘rsatib o‘tadi. Ularning eng asosiysi alohida shaxsning o‘z manfaatlari, shaxsiy istaklari doirasini yorib chikib, boshqalar g‘ami bilan yashashi, ko‘pchilik manfaati uchun fidoyi bo‘la bilishdir". Hozirgacha "Qutadg‘u bilig"ning Xirot, Koxira, Namangan nusxalari ma’lum bo‘lib, Venaga keltirilgan Xirot nusxasini Xerman Vamberi nashr qildi va tarjimasini berdi. 1913 yilda esa uning uchinchi nusxasi Namanganda topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar.
Demak, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg‘u bilig" asarini ilmiy jihatdan o‘rganishga juda ko‘p olimlar hissa qo‘shgan. Asarning mukammal nashrini tayyorlashda hamda uni tadqiq etishda o‘zbek olimlarining xizmati, ayniqsa diqqatga sazovor.
Birinchi bo‘lib professor Fitrat 1924 yilda Namangan nusxasini olib kutubxonaga keltiradi va u xaqda maqola e’lon qiladi. "Qutadg‘u bilig"ning mukammal nashri o‘zbek olimi K. Karimov tomonidan amalga oshirildi va tadqiq etildi. Yusuf Xos Xojib X asrning tashkil topgan Qoraxoniylar xukmronligi davrida yashab ijod etdi. Qoraxoniylar Sirdaryodan Ettisuvgacha, SHimoliy Farg‘ona va butun SHarqiy Turkistonda xukmronligini o‘rnatgandan so‘ng Movarounnaxrning ichki hududlariga ham kirib borib, Koshg‘ardan tortib Kaspiygacha bo‘lgan keng maydonda o‘z davlatini tarkib toptirgan edi. Uning markazi Koshg‘ar (O‘rdukent) bo‘lib, shimolda Bolasog‘un (Quzurdu), G‘arbda Samarqand markazidagi O‘zgand yirik shaharlardan hisoblanardi. Har bir davlatda bo‘lganidek Qoraxoniylar davlatining ham idora qilish usuli, yurgizadigan siyosati, qonunlari, tarbiya tamoyillari ifodalangan qomus- nizomnoma zarur edi.
"Qutadg‘u bilig" asari ham Shunday zururiyat tufayli yaratildi. Bu asarda qoraxoniylar davlatini mustahkamlash, uning idora usullarini yaratish, barcha tabaqa, toifadagi kishilarning xulq-atvori, jamiyatda tutgan o‘rni, davlatni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan mustahkamlash, davlat mustahkamligining bosh taYanchi - insonni ma’naviy kamolga etkazish masalalari qamrab olinadi."Qutadg‘u bilig"dagi bosh g‘oya - insonni hayotda baxt-saodatga eltuvchi asosiy qarashlari to‘rt ramziy qahramon Kuntug‘di Elig podsho, adolat timsoli, Oyto‘ldi - vazir, davlat timsoli, O‘gdulmish - vazir, aql timsoli, O‘zg‘urmish - vazirning karindoshi, qanoat timsolining hayoti va davlatni boshqarishi jarayonidagi xatti - harakatlari va fikrlari orqali berilganki, bular inson kamolotining muhim mezonlari sanaladi.
YUqorida eslatganimizdek, Yusuf Xos Xojibning asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o‘rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o‘ziga xos bir tarzda bayon etiladi.
Mutafakkir kitobning an’anaviy boshlanmasidan keyinroq insonning xaqikiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. Yana ilm-zakovatning ahamiyati haqida qator boblarda ham fikr yuritishi bilan birga unga alohida boblar ham bag‘ishlangan. Lekin olim faqat ilm-ma’rifatning ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmaydi, u va zakovatning amaliyotdagi o‘rnini ham yoritadi.U bilimni buyuk, o‘quvni ulug‘ deb ta’riflaydi.Chunki zakovatli inson ulug‘ bo‘ladi, bilimli kishi buyuk bo‘ladi, deb, ilmli kishilarni asl toifadagi kishilarnga qo‘shadi. Olim egu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishi mumkinligini aytadi.O‘sha davrdayoq olim ”Bilim hatto osmon sari yo‘l ochur”deb bashorat qiladi.
U dunyoda odam paydo bo‘libdiki, faqat bilimli kishilargina ezgu ish qilib,adolatli ish yurizib kelgan, deb, inson yaratilgandayoq unga bilim ,uquv-zakovat berilganligi, ana Shu bilim va zakovati tufayli kishilar razolatdan poklanganligini uqtiradi. Hatto hukmdorlar xam yurtni, davlatni aql, ilm,zakovat bilan idora etsa, el-yurt farovon bo‘ladi, to‘q va tinch hayot kechiradi, deydi. U kuch va qurolni aql va bilimdan keyingi ikkinchi o‘ringa qo‘yadi. Yusuf Xos Xojib ilmli,ma’rifatli kishilarni qadrlash kerak,Chunki ular mash’al kabi yo‘lni yoritib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, yaxshi-yomonni farq etishni o‘rganadi.
Dunyoda inson bilim va zakovatning qadriga faqat xuddi o‘zlariga o‘xshagan va zakovatlilir etadi,johil va nodonlar, bunday xislatlarga ega emas, deydi.Chunki jamiyatdagi barcha xatolar bilimsizlik, nodonlik, jaholat tufayli sodir bo‘lishidan u qayg‘uga tushadi, hayotda nodon va johillar ko‘payib ketganligidan afsuslanadi. Yusuf Xos Xojibning biz tahlil etgan mazkur asari insonni har tomonlama kamolga etkazishning barcha masalalari o‘zining badiiy ifodasini topgan yirik ta’limiy - axloqiy dostondir. Olim insonni kamolga etishi uchun quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Aqliy kamolot - bilim va zakovat, o‘quvga ega bo‘lish.
2. Axloqiy kamolot.
3. Jismoniy kamolot.
Yusuf Xos Xojib insonning, kamolga etishining yo‘l-yo‘riqlari, usullari, chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. Uning uchun ham bu asar o‘zining ilmiy , ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini Shu paytgacha saqlab kelmoqda.
Yüklə 16,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə