Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi


– Mavzu. Polimerlanish darajasi kamayishiga olib keluvchi reaksiyalar



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə26/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
YuMB savol-javob

24 – Mavzu. Polimerlanish darajasi kamayishiga olib keluvchi reaksiyalar
Polimer materiallarida ularni qayta ishlash va foydalanish jarayonida issiqlik, nur, havodagi kislorod, kimyoviy reagentlar, mexanik kuchlar, mikroorganizmlar va boshqa omillarning ta’siri natijasida turli xil fizikaviy va kimyoviy hodisalar sodir bo’ladi. Buning natijasida polimerlarning fizikaviy va fizik-kimyoviy xossalari yomonlashadi. Bu jarayon ko’pincha polimer makromolekulalardagi asosiy bog’larning uzilishi oqibatida molekular massaning kamayishi hisobiga sodir bo’ladi. Makromolekulaning turli xil fizikaviy va kimyoviy agentlar ta’sirida parchalanishi destruksiya deyiladi. Shunday qilib, destruksiya natijasida polimerning molekular massasi kamayadi, kimyoviy tuzulishi, fizikaviy va mexanik xossalari o’zgaradi.
Demak, polimerlarni qayta ishlashda va ulardan foydalanishda, kimyoviy usullar bilan xossalarini o’zgartirganda, destruksiya jarayonini sodir bo’lishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Lekin, bu jarayon yuqorimolekular birikmalar kimyosida ijobiy rol ham o’ynaydi. Destruksiya yordamida, odatda, tabiiy polimerlardan kerakli quyimolekular moddalarni hosil qilishda foydalanish mumkin. Bunday destruktiv reaksiyalar yordamida polimerlarning kimyoviy qurilishini aniqlashda hamda ular xossalarini yaxshilashda foydalanish mumkin.
Polimerlar kimyoviy va fizikaviy ta’sirlar ishtirokida destruksiyaga uchraydi. Kimyoviy destruksiyani turli kimyoviy reagentlar (suv, kislota, ishqor, tuz, spirt, kislorod va hokazalar), fizikaviy destruksiyani esa fizikaviy ta’sirlar (issiqlik,yorug’lik, mexanik energiya, turli nurlar va hokazolar) keltirib chiqaradi.
Destruktiv jarayonlarni tekshirishda fizik-kimyoviy usullar, spektroskopik, gazoxromatografik, differensial termik analiz, masspektroskopik, termogravimetrik analiz va boshqa usullardan foydalaniladi.
Polimer makromolekulalarida polimerlanish darajasining kamayishi bilan boradigan reaktsiyalarni destruksiya reaksiyalari deyiladi.
Polimer makromolekulalarida polimerlanish darajasining kamayishi bilan boradigan reaktsiyalarni destruksiya reaksiyalari deyiladi. Polimerlardan foydalanish, ularni saqlash va qayta ishlashda, shuningdek ximiyaviy o’zgarishlarga uchratish vaqtida destruktiv jarayonlari sodir bo’ladi.destruktsiya natijasida polimerlarning ko’pgina fizik – ximiyaviy va mexanikaviy xossalari o’zgaradi (ya‘ni yomonlashadi). Bunga asosiy sabab destruktsiya vaqtida polimer makromolekulasida boradigan parchalanish reaktsiyalaridir. Demak, destruktiv jarayonlar ko’p hollarda maqsadga muvofiq kelmaydigan zararli oqibatlarga olib keladi. Bundan destruktsiya jarayonlarining hammasi zararli deb xulosa chiqarish xato bo’lur edi. Ko’p hollarda tabiiy va sintetik polimerlardan destruktsiya yordamida qimmatbaho past molekulyar moddalar hosil qilish mumkin. Masalan, kraxmal va tsellyulozani gidrolizlab glyukoza olinadi yoki tabiiy oqsil kollagenin gidrolizlanganda meditsinada va oziq – ovqat sanoatida ishlatiladigan har xil aminokislotalarning aralashmalarini hosil qilishi mumkin. Destruktsiya jarayonlari ikki qonuniyatga: ― tasodifiy yoki depolimerlanish qonuniyatlariga boy so’ngan holda boradi.
Destruktsiya jarayonlari qanday tashqi ta‘sir ostida borishligiga qarab bir nechta turga ajratiladi.
Destruktsiya mexanik kuchlar ta‘sirida borsa, bunga mexanodestruklanish, nur ta‘sirida ― fotodestruktsiya, issiqlik ta‘sirida ― termodestruklanish, radiatsiya ta‘sirida ― radiatsion destruktsiya, oksidlovchilar ishtirokida borsa ― oksidlanish destruktsiyasi; bakteriya va zamburug’lar ta‘sirida borsa ― biologik destruktsiya deyiladi.

Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə