Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerlarning sinflanishi



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə14/28
tarix05.06.2022
ölçüsü345,5 Kb.
#88902
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
YuMB savol-javob

16-Mavzu. Polimerlarning bo’kishi
Yuqori molekulyar birikmalar bilan quyi molekulyar suyqliklarning bir-biri bilan to’qnashishi natijasida suyuqlikning molekulalari polimer fazasiga osonlik bilan o’ta boshlaydi, mana shu holatda makromolekulalar suyuq fazaga (erituvchi fazasiga) o’tishga ulgurmaydi va natijada polimerning suyuqlikda erishi o’rniga uning bo’kishi boshlanadi. Bo’kish jarayonida polimer makromolekulasi suyuqlikni yoki uning bug’larini o’ziga yutib, suyuqlik molekulalari ta’sirida uning hajmi hamda massasi ortadi va natijada o’zining mikroskopik bir jinsliligini yo’qotmagan holda, makromolekulani tuzilishi o’zgarib, u yumshoq, qovushoq va cho’ziluvchan bo’lib qoladi. Laboratoriya sharoitida bo’kish jarayoni nabuxametr yordamida, yuqori molekulyar birikmalarning quyi molekulyar suyqliklarni o’ziga yutish (yoki singdirish) jarayoni natijasida polimerlarning hajmiy o’zgarish hodisasiga bo’kish deyiladi. Yuqori molekulyar birikmalarning bo’kishi va erishi ularning molekulyar massasiga bog’liqdir. Molekulyar massa, qanchalik katta bo’lsa, bo’kish va erish ham shunchalik qiyin bo’ladi.
Yuqori molekulyar birikmalarning cheksiz bo’kishi, ya’ni polimerning erishi ikki suyuqlikning o’zaro cheksiz aralashishi kabi bo’ladi. Chegarali bo’kish esa, eritmaga o’tmaydigan bo’kishdir. Ya’ni polimer ma’lum darajagacha bo’kkach, jarayon to’xtaydi va erish bo’lmaydi. Buning sababi - yuqori molekulyar birikma bilan erituvchi o’zaro cheklangan ravishda aralasha olish imkoniyatiga egaligidandir. Buning natijasida, jarayon oxirida, sistemada ikkita faza hosil bo’ladi: polimerning erituvchidagi to’yingan eritmasi va erituvchining polimerdagi to’yingan eritmasi (bo’kkan polimer) hosil bo’ladi. Chegarali bo’kishda polimerning hajmi va eritmasining konsentrasiyasi doimiy bo’ladi. Ko’pincha chegarali bo’kish tajriba sharoitining o’zgarishi bilan cheksiz bo’kishga o’tadi. Masalan, jelatina yoki agar-agar moddasi suvda chekli bo’ksa, harorat ortishi bilan unda eriydi.
Bo’kish miqdorini aniqlash maqsadida polimerning bo’kish darajasi degan tushunchadan foydalaniladi. U Q = m – mo / mo formula orqali aniqlanadi. Bunda: mo – polimerning bo’kishgacha bo’lgan massasi; m – polimerning bo’kishdan keyingi massasi. Namunaning bo’kish darajasini uning hajm o’zgarishi orqali ham aniqlash mumkin. Bu holda tenglama Q= V – Vo / Vo ko’rinishida bo’ladi.
Makromolekulaning o’lchami katta bo’lganidan polimerning bo’kish va erish jarayonlari uzoq vaqtga cho’ziladi. Polimerni ma’lum vaqt oralig’ida tarozida tortish yoki uning hajm o’zgarishini maxsus asbobda o’lchash yo’li bilan polimerning bo’kish jarayoni knetikasini o’rganish mumkin.



Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə