Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish»


Shahar ko`cha-yo`llarida transportlarning erkin harakatini ta`minlash



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix19.12.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#150741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi tran

1.2.Shahar ko`cha-yo`llarida transportlarning erkin harakatini ta`minlash 
Samarqand shahrida ko`cha-yo`llarini tikka rejalashtirish usulida shunday 
rejalashtirilishi kerakki, natijada yo`mg`ir-qor suvlarini shahardan olib chiqib 
ketilishi kerak, chunki yomg`ir-qor suvlari turg`un holatda bo`lsa, ham yo`llarga, 
ham ko`chalarga, ham shahardagi bino va inshoatlarga salbiy va jiddiy ta`sir 
qilishi ilmiy asoslangan. 
Samarqand shahridagi ko`cha-yo`l o`qi rejasi to`g`ri va egri elementlardan 
tashkil topadi. Ko`cha-yo`l rejasining egri elementi o`tuvchi egri va doiraviy egri 
elementlaridan tashkil topadi. 
Shahar ko`cha va yo`llarining bo`ylama kesimi - bu yo`l o`qi bo`ylab 
vertikal holda berilgan kesimga aytiladi. Bo`ylama kesim yo`lning ayrim 


uchastkalarini bo`ylama qiyaliklarini xarakterlaydi. Bo`ylama qiyalik avtomobil 
yo`lining muhim transport sifat ko`rsatgichi hisoblanadi. Joyning tabiiy qiyaligi 
ko`pchilik hollarda avtomobillar samarali ishlashi uchun ruxsat etilgan qiymatdan 
oshib ketadi. 
Bo`ylama qiyalik avtomobil yo`llarining transport sifatlarini tavsiflovchi 
muhim ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi. Yo`l bo`ylama qiyaligi yo`l toifalaridan 
kelib chiqib quyidagicha belgilangan. 
1-jadval 
Hisobiy 
tezlik, 
km/soat 
Bo`ylama 
qiyalik, ‰ 
Rejadagi 
egrining eng 
kichik radiusi, 

Vertikal egrining 
radiuslari, m 
botiq 
qabariq 
80 
60 
300 
2000 
5000 
60 
70 
150 
1500 
2500 
Yo`l o`qini o`tkazishda uchraydigan to`siqlar va ularni aylanib o`tish 
Yo`l o`qini (trassani) joyida o`tkazish tamoyillari shundan iboratki 
avtomobil yo`llari ikki nuqta (punkt) orasida iloji boricha qisqa masofada 
o`tkazilishi zarur. Chunki avtomobil yo`llarini qurish qiymati ancha yuqori bo`lib 
yo`lning toifasiga qarab har bir kilometr yo`lning qurilish bahosi 60 mingdan, bir 
necha million dollar, ba`zi bir holatlarda 10 mln. dollarga teng. Ikki nuqta 
orasidagi eng qisqa masofa bu havo yo`lini hosil qiluvchi to`g`ri chiziqdir. Yer 
yuzasidagi turli xil baland pastliklar, tog`li, jarliklar, daryo va ko`llar, botqoqliklar, 
qo`riqxona, aholi yashaydigan joylar yo`lning to`g`ri chiziq bo`ylab o`tkazishga 
to`siq bo`ladi. Shuningdek, ayniqsa O`zbekiston sharoitida ekin ekiladigan 
yerlarni yo`l qurilishiga ajratish qiyinligi sababli yo`l o`qini iloji boricha ekin 
ekishga yaramaydigan maydonlardan o`tkazish va ekin ekiladigan maydonlardan 
o`tganda, ularni kichik bo`laklarga bo`lib yubormasdan, chegaralari bo`ylab 
o`tkazish maqsadga muvofiq bo`ladi [29]. 
Transport harakati uchun shahar ko`cha-yo`llarining yaxshi ishlashi, 
tabiatning ko`p qirralik xususiyatlariga, ya`ni ob-havo o`zgarishiga, suv ta`siriga, 
yer manzarasiga va tuproq qatlamlarining qay tariqa joylashganligiga bog`liq. 


Ulardan birortasini ta`sirini ajratish qiyin bo`lib, ular ko`pincha bog`liq holda 
ta`sir etadi. Shuning uchun loyihalovchi tabiatni o`zgartirishda, uning keyingi 
oqibatlarini ham o`ylashi kerak. Masalan, sun`iy sug`orish yer osti zax suvlarini 
ko`tarilishiga sabab bo`ladi. 
Joy relefidan kelib chiqib, yo`l o`q chizig`i yo`nalishi, bo`ylama qiyaligi 
tanlanadi va botqoqlik hamda murakkab joy sharoitlarini aylanib o`tish 
ta

minlanadi. Joy relefiga bog`liq ravishda kichik ko`prik va quvurlarga 
yig`iladigan suv miqdori aniqlaniladi. Joy relefidan kelib chiqib qurilish 
qiyinchiligi, er ishlari hajmi va avtomobil yo`lini qurish tan narxi aniqlaniladi. 
Shahar ko`cha-yo`llarini loyihalashda joy qiyinchiligidan kelib chiqib ularni 
5 ta darajaga bo`lish mumkin 11-jadval. 
11-jadval 
Joy qiyinchilik 
darajasi 





Manzarani 
nomlanishi 
Tekis- 
liklar 
yengil 
tepaliklar 
Tez 
o`zgaruvchan 
tepaliklar 
Tog`simon 
joylar 
Tog`lar 
Joy manzarasi qancha qiyinlashsa, bo`ylama qiyalik shuncha oshib borib, 
yo`l ilon izi bo`lib uzayadi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə