Yozyovon tumani



Yüklə 53,5 Kb.
səhifə3/3
tarix31.12.2021
ölçüsü53,5 Kb.
#82473
1   2   3
Ortiqov R Buyuk-geografik-kashfiyotlar-1

DARSNING BORISHI:



1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O’tgan mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzuni tushuntirish

12 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

11 daqiqa

5

Dars yakunlarini chiqarish va o’quvchilarni baholash

5 daqiqa

6

Uyga vazifa berish

2 daqiqa

I. Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. Dunyoda va O’zbekistonda yuz berayotgan muhim siyosiy yangiliklar haqida qisqacha ma’lumot berish. II. O’tgan mavzuni mustahkamlash.

1. Kapitalistik jamiyat deb nimaga aytiladi?

2. Industrial sivilizatsiya deb nimaga aytiladi?

III.Yangi mavzuni tushuntirish. «Yangi tarix» tushunchasi haqida. «Buyuk geografik kashfiyotlar» atamasi haqida. Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri - XVII asr o’rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma'lum bo’lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir. Xo’sh, qanday omillar XV asr oxiridan boshlab buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishiga sabab bo’lgan edi?

Birinchidan, XV asr oxiri - XVI asr boshlariga kelganda Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur'atlarda o’sa boshladi. Bu esa xomashyoga bo 'lgan talabni oshirib yubordi. Yevropaning o 'zida xomashyo kam bo’lganligi uchun uni faqat boshqa o’lkalardan olib kelish zaruratga aylandi.



Ikkinchidan, yangi davr hukmron tabaqalarning boylikka, pulga bo’lgan ehtiyojini yanada orttirib yubordi. Endi ularning ongini o’zga yurtlarning oltin-kumushlarini va boshqa qimmatbaho boyliklarini egallab olish ishtiyoqi chulg’ab oldi. Uchinchidan, quruqlikdan va O’rta Yer dengizidan o’tadigan savdo yo'llari, shu jumladan, Buyuk Ipak yo’li ham xavfli bo’lib qoldi. Bu yo’llar ustidan nazorat Yevropa mamlakatlarining asosiy raqibi Usmonli turklar saltanati qo’liga o’tib ketdi. Binobarin, endi yevropaliklar oldida yangi dengiz savdo yo 'llarini ochish tarixiy zaruratga aylandi. Dengiz savdo yo 'llarini ochishga imon beruvchi zamonaviy kemalar va harbiy qurollar mavjud edi. Bundan tashqari, dengizda kompasdan foydalanish, astrolyabiya ixtiro qilinganligi ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo’lishdi. Tabiiyki, buyuk geografik kashfiyotlarni dovyurak dengizchi-sayyohlargina amalga oshira olar edilar. Shunday dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristofor Kolumb (1451-1506) edi. U o’z oldiga Hindistonga Atlantika okeani orqali boradigan yo’l ochishni maqsad qilib qo’ydi. Dengiz sayohatini amalga oshirishga birgina dovyuraklik kamlik qilardi, albatta. Buning uchun ilm-fan yutuqlariga ham tayanish, ulardan amalda foydalana bilish ham zarur edi. Bu o'rinda italiyalik olim P.Toskanelli yerning dumaloqligi haqidagi ta’limotdan kelib chiqib, dunyo xaritasini yaratganligi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu xaritada Osiyo qit’asi qirg’oqlari Atlantika okeanining g'arbiy sohillarida ekanligi belgilangan edi. Shu tufayli P.Toskanelli Yevropa qirg’oqlaridan g’arb tomonga suzib Hindistonga borish numkin, deb ishonardi. Kishilardagi tadbirkorlik ruhi, kapital jamg’arishga intilish, insonning imkoniyatlariga ishonch tuyg’usi eng dadil rejalarni ham amalga oshiradigan qilib qo’ydi. Shu tariqa Hindistonga boradigan yangi yo’l topish yevropaliklar uchun hayotiy zaruratga aylangani buyuk geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishini muqarrar qilib qo’ydi. Nihoyat, 1492- yilda X. Kolumb Ispaniya qirollik oilasi bilan Hindiston sari suv yo’li ochishga xizmat qiluvchi ekspeditsiyani boshlash haqida shartnoma tuzishga muvaffaq bo’ldi. Shartnomaga ko’ra, qirol ekspeditsiyaning pul ta'minotini o’z bo’yniga oldi. Ayni paytda X. Kolumb yangi ochiladigan yerlarning vitse-qiroli etib tayinlanadigan bo’ldi. Shuningdek, X. Kolumb yangi ochiladigan yerlardan olinadigan daromadning 1/10 qismiga, yangi yerlar bilan olib boriladigan savdodan tushadigan daromadning esa 1/8 qismiga egalik ham qilar edi. X. Kolumb 1492- yilning 6- avgust kuni 3 ta kemada 90 kishilik dengizchi bilan birinchi ekspeditsiyasini boshladi. Amerikaning kashf etilishi. X.Kolumb ekspeditsiyasi 12- oktabr kuni Amerika qit’asidagi San-Salvador («Muqaddas xaloskor») oroli (hozirgi Bagama orollari davlati hududidagi orol)ga kelib tushdi. Shu tariqa Hindistonga olib boradigan suv yo’li ochish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya Amerikaning kashf etilishiga olib keldi. Bu dunyo xaritasini tuzgan XV asr olimlarining, xususan, P.Toskanellining xatosi oqibati edi. Chunki P. Toskanelli yerning ekvator bo’ylab uzunligini aniqlashda 12 ming kilometrga adashgan edi. Keyinchalik olimlar bu xatoni Buyuk kashfiyotga olib kelgan buyuk xato, deb atadilar. 1492- yil 12- oktabr Amerika qit’asining rasman kashf etilgan kuni hisoblanadi. Biroq X. Kolumb 1492- yilda Hindistonga emas, Amerikaga kelib qolganligini anglamagan. U Hindistonga keldim, deb hisoblar edi. Shuning uchun ham X. Kolumb aslida Amerikaning mahalliy aholisini hindular deb atagan. X.Kolumb Hindistonga (aslida Amerikaga) 4 marta ekspeditsiya uyushtirgan. Bu ekspeditsiyalar natijasida juda katta hududlar ochilgan va u yerlarda Ispaniya bayrog’i hilpiray boshlagan. Shu tariqa bu hududlar Ispaniya mulkiga aylangan. X. Kolumb esa o’sha yerlarning vitse-qiroli etib tayinlangan. X. Kolumbning kashfiyotlari yangi yerlarni Ispaniya mustamlakalariga aylantirish bilan birgalikda amalga oshirilgan. Yangi qit’aning Kolumbiya deb emas, Amerika deb atalishi Italiya dengizchisi va astronomi Amerigo Vespuchchi (1454-1512) nomi bilan bog’liq. A.Vespuchchi Ispaniya va Portugaliya flotida xizmat qilgan. U 1499-1501- yillarda portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida Braziliya qirg’oqlarini tadqiq etdi. Buning natijasida, Kolumb ochgan yerlar Hindiston emas, yangi qit’a, degan xulosaga keldi. U keyinchalik o’zining nomi bilan atalgan qit'aga «Yangi Dunyo» deb nom berdi. 1507- yilda xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit’ani Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan. Bu nom hammaga manzur bo 'lgan. 1515- yilda Yangi Dunyo «Amerika» deb atalgan birinchi globus Germaniyada yaratildi. 1569- yildan esa boshqa xaritalarda ham Kolumb kashf etgan yerlar «Amerika» deb yoziladigan bo’ldi.

Keyingi kashfiyotlar. Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo’li 1498- yilda kashf etildi. Bu kashfiyotni portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama amalga oshirdi. 1519- yilda yana bir portugaliyalik dengizchi F. Magellan Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochdi. Dunyoni aylanib suzish 1522- yilda nihoyasiga yetkazildi. Bu ekspeditsiya yerning dumaloqligini, uning katta qismi suv bilan qoplanganligini isbotladi. L.V. Torres boshchiligidagi ekspeditsiya esa 1605- yilda Avstraliyani kashf etdi. Buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati. Buyuk geografik kashfiyotlar ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Uning natijasida geografiya, tarix, etnografiya va okeanshunoslik fanlari yangi xulosalar, ma’lumotlar bilan boyidi. Bundan tashqari, bu kashfiyotlar tufayli yangi dengiz savdo yo’llari ochildi. Bu yo’llar O’rta Yer dengizidan Atlantika okeaniga ko’chdi. Bu esa, o’z navbatida, jahon savdosini vujudga keltirdi.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlovchi savollar

1.Admiral (arabcha — dengiz hukmdori, hokimi) — harbiy-dengiz floti qom'ondonlariga beriladigan unvon.

2.Astrolyabiya (lotincha) — XVII asrgacha xizmat qilgan joyning geografik koordinatalarini, vaqtni, yulduzlarning chiqish va botish paytini aniqlovchi astronomik asbob.

3.Kashfiyot — izlab topish, tekshirish natijasida topiladigan, yaratiladigan ilmiy yangilik.



V. Dars yakunlarini chiqarish va o’quvchilarni baholash

VI. Uyga vazifa berish: o’tilgan darsning savol va topshiriqlarini yana bir karra o’rganib chiqish, qo’shimcha adabiyotlardan hamda internet saytlaridan mavzuga oid yangi ma’lumotlar to’plash.Mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlash. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________
Yüklə 53,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə