Yoshlar tarbiyasida xalq ijodiyotining maqsadi gulnara Elmuratova Nukus davlat pedagogika instituti Annotatsiya



Yüklə 52,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü52,25 Kb.
#165820
  1   2
yoshlar-tarbiyasida-xalq-ijodiyotining-maqsadi



YOSHLAR TARBIYASIDA XALQ IJODIYOTINING MAQSADI 
 
Gulnara Elmuratova 
Nukus davlat pedagogika instituti
 
Annotatsiya: 
Bu maqolada asosan O’zbekiston davlat san’at va madaniyat 
instiuti Nukus Filiali haqida so’z boradi. Filialdagi talabalar turmushi. Mavjud 
to’garaklar va raqs ansambli haqida. Filial xalq ijodiyoti kafedrasi yutuqlari borasida 
so’z boradi.
 
Kalit so

zlar: 
to’garaklar, talaba, raqs, san’at, ijod, yoshlar ishlari masalasi, xalq 
ijodiyoti. 
THE PURPOSE OF FOLK ART IN YOUTH EDUCATION 
 
Gulnara Elmuratova 
Nukus State Pedagogical Institute 
 
Abstract
: this article mainly talks about Nukus branch of the state art and 
Culture Institute of Uzbekistan. Standing students in the branch. Available circles and 
dance ensemble hints. The achievements of the Department of folk art of the branch 
are mentioned. 
Keywords
: circles, student, dance, art, creativity, the issue of youth, Folk Art. 
Prezidentimiz 
tomonidan 
belgilab 
berilgan 
2017-2021-yillar 
uchun 
mo’ljallangan harakatlar strategiyasida: inson huquqlarini ta’minlash, davlat 
organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati 
institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamiyat birlashmalarining 
siyosiy faolligini oshirish bo’yicha
1
tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari 
2022-2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasida aynan san’at va 
madaniyatga qaratilgan e’tibor xalqning ma’naviy va madaniy jihatdan tarixiy 
rivojlanishlar davri ekanligidan darak beradi. Hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan 
imkoniyatlarning sanog’i yo’q. Nafaqat yoshlar butun jamiyatimizdagi inson qadri 
ulug’lanishi uchun bir qancha imkoniyatlar eshigi ochilgan.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqoraning jamiyatda o’z o’rnini 
topishi uchun turli sohalarda keng ko’lamli isloxatlar olib borilmoqda. Albatta bu 
islohatlar orasida san’at va madaniyat sohasidagi rivojlanishlar haqida takidlab o’tish 
joyiz. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus Filialida 2012-2022-
o’quv yilda talabalarni qabul qilish ko’rsatgichi jami talabalar soni 653 ta bo’lsa, 
1
Ўзбекистон республикаси президенти, ПФ-4947-сон. Тошкент ш., 2017-й. 7-февраль 
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 4 / December 2022
239
http://oac.dsmi-qf.uz


2022-2023-yilda o’sish kuzatildi. 16 ta ta'lim yo’nalishi bo’yicha: «Musiqali teatr 
aktyorligi», «Estrada aktyorligi san’ati», «Musiqali teatr rejissorligi», «Estrada va 
ommaviy tomoshalar rejissorligi», «Televideniye va radio rejissorligi», «Kino, 
televideniye va radio ovoz rejissorligi», «Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil 
etish va boshqarish», «Folklor-etnografik jamoalariga rahbarlik», «Vokal jamoalariga 
rahbarlik» va «Cholg’u jamoalariga rahbarlik», «Kinoteleoperatorlik» va boshqa 
bakalavr ta’lim yo’nalishlarida mingga yaqin talabalar o’zbek va qoraqalpoq tillarida 
bilim olishmoqda. Professor-o’qituvchilarning soni esa 59 nafarga yetti
2
. Filial 
tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Qoraqalpoq xalqining betakror milliy san’ati va 
madaniyatini yanada ravnaq toptirish, iste’dodli yoshlarni milliy va jahon san’atining 
yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyati va intilishlarini har 
tomonlama qo’llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, zamonaviy teatr va kino, 
televideniye va radio yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali aktyorlar va 
san’atshunoslik sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizmini takomillashtirish 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2008-yil 28-apreldagi 
PQ-845-sonli qarori bilan O’zbekiston davlat san’at instituti Nukus filiali tashkil 
etildi
3
. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi PQ-
1771-sonli qarori bilan O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali 
qayta tashkil etilgan
4

Filial tashkil etilgan o’quv yilida 2 ta bakalavr ta’lim yo’nalishiga 25 nafar 
talaba qabul etilgan. Ushbu yillar san’atsevar Qoraqalpoq xalqi uchun unutilmas 
tarixiy sanalarga aylandi.
2022-2023-o’quv yillarida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 
Nukus Filialida talabalarning bilim olishdan tashqari ularning bo’sh vaqtlarini 
mazmunli o’tkazish maqsadida Filial manaviyat bo’limi va «San’atshunoslik» 
fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari tomonidan ishlab 
chiqilgan rejalar asosida amalga oshirilayotgan ishlar juda ko’p. Filialning birgina 
«Xalq ijodiyoti» kafedrasida tashkil etilgan to’garaklar mavjud bo’lib ular: 
№ To’garak nomi 
To’garak o’qituvchisi 
Talabalar soni 

«Xalk sazlari» 
M.Esanov 
25 

«Talantli jaslar» 
G.Munteeva 
20 

«Milliy miyras» 
G.Aximbetova 
30 

«Qara jorg’a» 
L. Maxammatdinova 
26 
Bundan tashqari bu kafedrada Esnazar Xalmuratov tomonidan tashkil etilgan 
«Tumar» ansambli bir qancha talabalarni o’ziga qamrab olgan. Ustozning samarali 
olib borgan ishidan so’ng natijada ko’plab muvofaqqiyatlarga erishildi. Hozirgi 
paytda Filial «Tumar» ansambli Qoraqalpog’iston Respublikasida davlat tadbirlarida 
2 https://kknews.uz Студент-жаслар үлкен сахнада 2022-й.25-май.
3
Ўзбекистон Республикаси биринчи президентининг қарори ПҚ-845-сон 2008 й. 28-апрель 
4
Ўзбекистон Республикаси биринчи президентининг қарори ПҚ-1771 2012 й. 4-июнь 
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 4 / December 2022
240
http://oac.dsmi-qf.uz


o’zlarining betakror raqslari bilan qatnashib kelmoqda. Shu kunga qadar bir qancha 
katta sahnalarni zabt etib ulgurdi. «Tumar» ansambli 2018-yili Esnazar Xalmuratov 
Filialga o’qituvchi bo’lib kelgan paytda tashkil etildi.
«San’at va madaniyat oliygohida nima uchun raqs ansambli yo'q», degan savolni 
o’rtaga tashlagan. E.Xalmuratov raqs ansamblini tashkil etishda jonbozlik ko’rsatib, 
uning faoliyatini yo’lga qo’yadi va jamoaga ishonch bildiradi. 2018-yilning 16-
noyabrida Nukus Shahridagi Bolalar musiqa va san’at maktabida ochilish marosimi 
bo’lib o’tadi va ansamblga «Tumar» nomi beriladi. E.Xalmuratovning ilmiy va 
amaliy salohiyatini bugun «Tumar» raqs ansamblining repertuaridan ham bilish 
mumkun. Unda jahon klassik va qoraqalpoq, o’zbek, turk, tatar, azarbayjon, rus, tojik 
xalqlari raqslari o’rin olgan
5
.
Mo’ynoq tumanida oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazilgan «Yil 
talabasi-2019» respublika tanlovlari g’oliblarini taqdirlash marosimida o’z raqslari 
bilan qatnashgan «Tumar» ansambliga O’zbekistondagi OTM rektorlari tomonidan 
yuqori baho berildi. Hozirgi kunda ansambl o’z faoliyatida ko’plab davlat kontsert 
dasturlarida faol qatnashib kelmoqda.
«Xalq sazlari» nomli to’garakda badiiy rahbar Muzaffar Esanov rahbarligida 
ko’plagan qoraqalpoq, o’zbek, turkmen va boshqa davlat milliy musiqiy asarlarini 
talabalarga o’rgatib kelmoqda. M.Esanovdan tashqari to’garakda A.Shinibekov, 
M.Paluanov, Z.Bekbergenov, S.Uzakov, D.Otarbaev kabi pofessional ustozlar 
musiqanig sirlarini o’rgatib kelishmoqda. 
Qoraqalpog’iston xalq artisti Gulnara Munteeva tomonidan ochilgan «Talantlı 
jaslar» nomli to’garakda yoshlar estrada xonandaligi bo’yicha ustozdan ta’lim 
olishmoqda. G.Munteeva o’z shogirdlarini kelajakda o’z o’rnini egallab ketishlari 
uchun tinmay mehnat qilib kelmoqda. 2021-2022-o’quv yilida shogirdlaridan biri 
Xurliman Tlepbayeva Qozog’iston Respublikasida o’tkazilgan “EURO MUSIC” 
5
Ўзбекистон республикаси маданият вазирлигининг «Маданият» газетасининг № 3 сон. 2021-й. 21-январь. 
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 4 / December 2022
241
http://oac.dsmi-qf.uz


xalqaro tanlovida 16-19-yoshlilar kategoriyasida U “Nonje Ne Regrette Rien”, va 
“Rechenka” nomli qo’shiqlar bilan qatnashib 1-darajali diplomi sohibasi bo’ldi. Bu 
tanlovda Qozog’iston, Latviya, Ukrayina, Azerbayjan, birlashgan Arab Amirligi
Belarussiya, va boshqa davlatlardan ko’plagan istedodli yoshlar qatnashgan. Tanlov 
hakamlari Yevropa musiqalar festivali, Italiya, va Ispaniya davlatlari san’at sohalari 
ekspertlari tomonidan baholangan. 
Undan tashqari G.Munteevaning yana bir iste’dodli shogirdlaridan biri 
P.Ismaylov ham xalqaro “New Art Stars” nomli tanlovda mutloq g’olib deb topildi. 
Bu yutuqlarning zamirida ustozlarning samarali mehnati yotibti.
«Zulfiya» mukofoti sovrindori, «Do’stlik» ordeni «O’zbekstan belgisi» ko’krak 
nishoni egasi, Qoraqalpog’iston xalq baxshisi filial dotsenti Gulbaxar Aximbetova 
Filialda ko’p yillardan buyon o’qituvchilik qilib keladi. U hozirda «Milliy miyras» 
nomli to’garagiga baxshichilik sirlarini o’rgatib kelmoqda. U o’z shogirdlari bilan 
davlat tadbirlarida faol qatnashib keladi.
G.Aximbetova o’zining fidokorligi bilan ajralib turadigan xalq ardog’idagi 
qoraqalpoq 
milliy 
san’atiga 
o’z 
xissasini 
qo’shib 
kelayotgan 
jonkuyar 
o’qituvchilardan hisoblanadi. 
«Nihol» mukofoti sovrindori, «Shuhrat» medali egasi. «Madaniyat va san'at 
fidokori» ko’krak nishoni egasi. Filial katta o’qituvchisi Lola Maxammatdinova 
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus Filialida katta o’qituvchi 
lavozimida samarali ish olib borayotgan iste’dodli o’qituvchilardan hisoblanadi. 
Uning «Qara jorg’a» nomli to’garagida 26 ta talabaga baxshichilikning sir-asrorlarini 
o’rgatib, davlat tadbirlarida muntazam ravishda shogirdlari bilan va o’z chiqishlari 
bilan maqtovlarga sazavor bo’lib kelmoqda. Yaqindanagina Nukus shahridagi 
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida «Baqshi, oqin va jirov» ijrochilari 
ko’rik tanlovi Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi bo’lib o’tdi
6
. Davlatimiz 
rahbarining joriy yil ikkinchi fevraldagi «Madaniyat va san’at sohasini yanada 
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to’g’risida
7
»gi qarori ijrosi hamda 
6
Халқ сўзи газетаси. 2022 й. 21-сентябрь.
7
Ўзбекистон республикаси президенти қарори маданият ва саньат соҳасини янада ривожлантиришга доир 
қошимчачора-тадбирлар тўғрисида ПҚ-112-сон. Тошкент ш.,2022-й. 2-февраль.
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 4 / December 2022
242
http://oac.dsmi-qf.uz


xalqimizning milliy merosi bo’lgan baxshichilik oqin va jirovchilik san’ati va uning 
maktablarini rivojlantirish, yoshlarni milliy an’analarimizga hurmat ruhida 
tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tanlovda shahar va tumanlardan 60-nafarga 
yaqin ijrochi qatnashdi. Tanlov yakunida har uchchala yo’nalish-baxshi, oqin va jirov 
ijrochiligi bo’yicha g’oliblar aniqlandi. 12 nafar ishtirokchi tanlovning Surxandaryo 
viloyatida o’tkaziladigan yakuniy bosqichiga yo’llanma oldi. Bu tanlovga 
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus Filiali «Xalq ijodiyoti» 
kafedrasida tashkil etilgan «Qara jorg’a» to’garagi talabasi Kenalbayeva Malika 
baxshichilik yo’nalishi bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida munosib 
qatnashib «Eng chevar ijrochi» nominaciyasini qo’lga kiritdi. 
2021-yili O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus Filialida 
nafaqat respublika uchun quvonarli yangilik bo’ldi desak xato qilmagan bo’lamiz. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga binoan 2021 - 2023-yillarda 
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarorini isloh qilish bo’yicha shu yili: 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahar hokimining 2021-yil 9-mart kungi 
01/03-125-sonli qarori bilan O’zDSMI Nukus filialida 300 o’ringa mo’ljallangan 
talabalar turar joyi qurilishi boshlandi. “LIDER PROF PROEKT” korxonasi 
tomonidan yotoqxona loyihasi ishlab chiqildi va tender savdolarida g’olib chiqqan 
“TREST 4” MCHJ qurilish korxonasi tomonidan qurilish ishlari amalga 
oshirilmoqda. 2022-yil oxiriga yotoqxonani topshirish rejalashtirilgan. Yotoqxona 
2022-yil oxirida qabul qilinadi va filial balansiga o’tkaziladi.
8
Hozirda yotoqxona qurilishi davom etmoqda. Qoraqalpog’istonda shu kunga 
qadar 9 qavatli yotoqxona qurilish ishi respublikamizda katta yangilik deb qabul 
qilindi. Yoshlarning bilim olishida yaratilayotgan sharoitlarning son-sanog’i yo’q, 
buning kichkinagina isbotini birgina filial kafedrasi misolida ko’rsata oldik deb 
8
Қорақалпоғистон Респуб-ликаси Нукус шаҳар ҳокимининг 01/03-125-сонли қарори. 2021 йил 9 март.
"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 3 Issue 4 / December 2022
243
http://oac.dsmi-qf.uz


o’ylaymiz. San’atshunoslik fakultetida 5 ta kafedra mavjud bo’lib har birining o’ziga 
yarasha maqtovga sazovor yutuqlari juda ko’p.

Yüklə 52,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə