Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə8/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
312 07.06.2022

yoshlar yetakchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan har bir mahallada joriy etilgan mahallalardagi yoshlar yetakchisi;
xotin-qizlar faoli — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni bilan har bir mahallada joriy etilgan xotin-qizlar faoli;
hokim yordamchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son qarori bilan har bir mahallada tashkil etilgan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi.
kalendar reja — yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi mahalla, sektor, tuman (shahar) va hududiy tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Yoshlar daftari” elektron platformasi orqali shakllantiriladigan hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanadigan yil yoki yarim yilga mo‘ljallangan reja.
Kalendar rejada aks etmagan biroq hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, mahalla, sektor, tuman(shahar) bosqichlarini o‘zida aks ettirgan tadbirlarni moliyalashtirish Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi bilan kelishilgandan so‘ng “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahallada yoshlar siyosati sohasida tashkil etiladigan loyiha, tanlov va tadbirlarini moliyalashtirish Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kalendar rejaga kiritilgandan so‘ng hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
3. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ushbu Nizomga muvofiq hamda tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mazkur Nizomning 1-ilovasidagi ro‘yxatda keltirilgan subsidiya, kompensatsiya va moddiy yordamlarni berish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə