Yillik hisoboti



Yüklə 143,5 Kb.
tarix26.06.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#118918
Rasulova Aziza





Buxoro viloyati Vobkent tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
tayyorlov guruhi tarbiyachisi Rasulova Azizaning
2022-2023 o’quv yili uchun
YILLIK HISOBOTI
Men Rasulova Aziza Buxoro viloyati Vobkent tuman 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhida tarbiyachi bo’lib ishlayman. Ma’lumotim tugallanmagan oliy. 3 yillik ish faoliyatiga egaman.
Guruhimda ro’yxat bo’yicha 27 ta bola bor, ulardan 11 nafari o’g’il bolalar va 16 nafari qiz bolalar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida mashg’ulotlar Davlat standarti va “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi asosida muntazam ravishda olib borildi. Tayyorlov guruhlarda, ya’ni 6 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarda o’tkaziladigan mashg’ulotlar quyidagi tartibda belgilab chiqildi: atrof- olam bilan tanishtirish, tabiat bilan tanishtirish,nutqni rivojlantirish va savodxonlikka o’rgatish,badiiy adabiyot, ikkinchi tilni o’rgatish,elementar matematika yoki mantiqiy fikrlash, rasm chizish,
applikatsiya, konstruktsiyalar tuzish, plastilin yoki
loydan yasash, jismoniy tarbiya va musiqa. Har bir
mashg’ulotlar yillik namunaviy (tematika) rejasi
asosida, oylarda belgilangan mavzular bo’yicha olib

Har bir oyda barcha markazlarga tegishli bo’lgan mashg’ulotlar tashkillashtirilib, bolalarning tasavvurlari yanada boyitib borildi. Mashg’ulotlarda bolajonlar o’zlarining tirishqoqligi, zukkoligi va bilimdonligi bilan faol ishtirok etdilar.Yangi o’quv yili uchun barcha markazlar ko’rgazmalar, kitoblar, o’quv - metodik qo’llanmalar, didaktik va tarqatma materiallar bilan boyitildi. Bundan tashqari 21- mart navro’z bayramiga bag’ishlab “Assalom Navro’z”, 8- mart xalqaro xotin qizlar bayramiga bag’ishlab “Ona ulug’ zot”, A.Navoiy tavallud topgan kuni, “Xayr bog’cha” kabi bayram va tadbirlarni o’tkazdim.
O’qitish va savodga o’rgatishdan “Nutqimiz to’g’ri va ravon bo’lsin” mavzusida o’tkazilgan mujassam mashg’ulotda bolalar o’z bilimlarini DMTT pedagog xodimlariga namoyish etdilar. “Quvnoq estofeta”, “Kim epchil-u, kim chaqqon” nomli sport musobaqalari tadbirlarida bolalar o’z chaqqonliklarini namoyish etdilar. “Zumradoylarlar davrasi”, “Shashka va shahmat”, “Kichik gulchilarmiz”, rus tili, ingliz tili, raqs va kurash to’garaklariga barcha guruh bolalari jalb qilindi. Bolajonlar o’quv yili davomida barcha
mashg’ulot va to’garaklarda faol ishtirok etdilar.
Har bir yo’nalish bo’yicha bolalarga ta’lim-tarbiya
berib borildi. O’quv yili davomida bolalar ayrim
narsalarni xarita bo’yicha bajarishga qiynalishgan

bo’lsa, o’quv yili yakunida bolalar faol bo’lib,

mustaqil bajara olishdi. Kun davomida turli xil markazlarda, sayrlarda,ertalabki soatlarda, mashg’ulotlar davomida bolalarning bilimini aniqlab bordik. DMTT da o’tkazilgan barcha bayram tadbirlari bolalarning quvnoq raqs va she’rlari, sahna ko’rinishlari bilan qizg’in o’tdi. Guruhimizda rasm ko’rgazmalari, kitobxonliklar tashkil qildik.Bunday tadbirlarda ota-onalar ham faol ishtirok etdilar. Umumiy va guruhimiz ota-onalar yig’ilishlari o’tkazildi. Kuzatuv kengashi faollari har doim men bilan hamkorlikda ish olib bordilar.




Tarbiyachi: _____________Rasulova.A
Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə