Yaponiya ma’mleketi Yaponiya



Yüklə 134,54 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü134,54 Kb.
#151574
  1   2   3   4
Yaponiya


Yaponiya ma’mleketi
Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol bolib, shim.sharqdan jan.garbga qariyb 9.13ming km ga chozilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu. Shim.dan Oxota dengizi, sharq va jan.sharqdan Tinch okean, garbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oralgan. Mayd. 377,8 ming km². Aholisi 127,8 mln. kishi (2004). Poytaxti — Tokio shahri Yaponiya mamuriy jihatdan 47 prefekturaga bolinadi.
Davlat tuzumi
Yaponiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi banana 1947 yil 3 mayda kuchga kirgan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligi — imperator (1989 yildan Akihito). Konstitutsiyaning 1-moddasiga kora, u "davlat va xalq birligi ramzi"dir. Imperator oilasining er azolari imperatorlik taxti uchun merosxor hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador bolgan har qanday faoliyati Vazirlar mahkamasi maslahati va maqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi.
Tabiati
Yaponiya motadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgoq chizigining umumiy uz. 30 ming km ga yaqin. Honshu o.ning jan. sohili, Sekoku va Kyushu o.larining qirgoqlarida qoltiq kop; bu yerda murakkab qirgoq chizigiga ega bolgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. Ryukyuning jan. orollari marjon riflari bilan oralgan.
Yaponiya hududining 3/4 qismi qir va toglardan iborat; pasttekisliklar sohil boylab ayrimayrim joylashgan. Hokkaydo o.dagi tizmalarning bazi choqqilari 2000 m dan oshadi (Asahi choqqisi — 2290 m). Honshu o.ning shim. qismida 3 ta boylama tog tizmalari bolib, ular vodiy va soyliklar bilan bolingan; orolda bir qancha vulkan, jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulkan — Fujiyama (bal. 3776 m) qad kotargan. Honshu o.ning markaziy qismidagi tizmalarning choqqilari alp selyefli va yilning kop qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku o.ning eng baland joyi 1981 m (Isidzuti choqqisi), Kyushu o.niki 1788 m (Kuzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan (1855, 1891, 1897, 1923, 1995 yillarda falokatli zilzilalar bolgan). Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi sonmagan. Vulkanli r-nlarda mineral va termal buloklar kop. 26 mingdan ortiq issiq suv manbalari bor. Foydali qazilmalardan komir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, marganets, qorgoshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, talk va simob konlari mavjud.
Iqlimi mussonli, shim.da motadil, jan.da subtropik, Ryukyu o.larida asosan tropik ikdim. Hokkaydo o.da, Sapporoda yanv.ning ortacha temperaturasi —5°, iyulniki 22°, Okinavada yanv.ning ortacha temperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va kop yogin keltiradi. Yiliga 30 martagacha tayfun boladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, ortacha yillik yogin 1800 mm; Hokkaydo o.ning sharqida yillik yogin 800–1200 mm, Sekoku va Kyushu o.larida 3000 mm, bazi joylarda 4000 mm gacha.
Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 6 tasining uz. 200 km dan oshadi, jumladan, Sinano daryosining uz. 367 km. Tayfun vaqtida daryolar toshadi. Kopgina daryolarning suvi sugorishga va gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Mayda kol kop va ular ichimlik suvi manbai bolib xizmat qiladi. Eng katta kol — Biva (mayd. 670,2 km², chuq. 103,8 m).
Tuproqlari shim.da podzol va otloqibotqoq, jan.da qongir ormon, subtropik va tropiklarda sariq va qizil tuproq. Tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan. Yaponiya hududining 67% ormon va butazorlardan iborat; ormonlarining 41,4% ekib ostirilgan. Jami 700 turdan kop daraxt va buta hamda 5599 tur ot osimligi osadi. Endemik osimlik kop. Ormonlar, asosan, igna bargli va keng bargli daraxtlardan iborat.
Yaponiyada sut emizuvchi hayvonlarning 132 turi, qushlarning 490 turi, sudralib yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirgoqlariga tutash dengiz suvlarida baliqlarning 3000 ga yaqin turi, mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yashaydi.
Aholisining 99% dan kopi yaponlar. Hokkaydo o.da mamlakatning eng qadimiy aholisi — aynlar (50 ming kishi atrofida) saqlanib qolgan. Shuningdek, koreys, xitoy va boshqalar yashaydi. Rasmiy til — yapon tili. Asosiy dinlari — sintoizm va buddizm; konfutsiylik va daosizm aqidalari katta tasirga ega. Xristianlik, islom va hinduizmga etiqod qiluvchilar ham mavjud. Xristianlik 16-asr ortalaridan, islom 19-asr oxiridan kirib borgan; xristianlar 1,5 mln.ga yaqin, musulmonlar 100 ming kishi chamasida. 1935 yil Tokio va Kobe shahrilarida dastlabki masjidlar qurilgan. 1956 yildan Yaponiya musulmonlar uyushmasi va 1966 yildan Yaponiya islom markazi mavjud. Aholining 77% shaharlarda yashaydi (2002). Yirik shaharlari: Tokio, Yokohama, Osaka, Nagoya, Sapporo, Kobe, Kioto.
Tarixi
Yaponiya hududida qadimiy odam izlari paleolit davriga oid. taxminan mil. av. 8000—300 yillarda neolit davri madaniyati — dzyomon (idishlarga bitilgan ipsimon naqshlarga qarab nomlangan) mavjud bolgan. Osha davr moddiy yodgorliklarini organish Yaponiyaning qadimiy aholisi, asosan, Janubiy Sharqiy Osiyodan kirib borganini korsatadi. Mil.av. 2-ming yillik mobaynida jan. mogul tipidagi qabilalar kelgan. Mil.av. 1 ming yillik arafasida Yaponiyada asosiy qismini aynlar tashkil etgan etnik aholi tarkib topdi. Mil.av. 5—4-asrlarda dehqonchilik, chorvachilik rivojlangan, metall qurollar qollanilgan. Mil.ning boshlarida ijtimoiy tabaqalanish kuchaydi; qulchilik paydo boldi. 4-asr ortalarida tashkil topgan yirik qabilalar ittifoqi — Yamato asosida ilk yapon davlati tarkib topdi. 5-asrdan iyeroglif yozuvi, 6-asrdan buddizm tarqaldi. Yamato hukmdorlari tashqi aloqalarda "tenno" unvonini qollay boshlagan. Bu unvon hozirgacha ham saqlangan va Yevropa tillariga "imperator" sozi bilan tarjima qilinadi. 646 yil yer davlat mulki deb elon qilindi, aholi esa davlat chek yerlari egasiga aylandi. Yarim erkin dehqonlar zodagonga qaram dehqonlar bilan tenglashtirildi. Xitoydagi Tan davlati tipida markaziy mamuriyat tuzildi. 710 yilda birinchi doimiy poytaxt — Nara qurildi, 794 yilda poytaxt Kioto (Xeyan)ga kochirildi. 8-asrda mamlakat jan.dagi avstronezlarning singdirilishi natijasida yapon millati shakllandi. 10-asrda davlat chek yer egaligi tizimi barham topib, aslzoda va ibodatxonalarning yermulklari (syoen) yerga egalikning asosiy shakliga aylandi. 11-asrdan sardorlar boshchiligida harbiy zodagonlar guruhlari tashkil topa boshladi. 12-asrning ortalarida Xonsyudan shim.sharqda Minamoto, jan.garbda Tayra ulardan eng yirigi edi. Bu xonadonlarning ozaro kurashi 1185 yilda Tayraning maglubiyati bilan tugadi. 1192 yilda shim.sharqliklar oz sardorlari Yoritomo Minamotoni syogun (sarkarda) unvoni bilan davlatning hukmdori deb elon qildilar. Imperator sulolasi syogunlar hukmronligini xalq oldida qonuniy bolishini kafolatlab turish uchun nomigagina saklab qolindi. Qarorgohi Kamakura shahrida joylashgan syogunlarga harbiylar tabaqasi (busi) va shaxsiy vassallar (ular mamuriy mansablarni egalladilar) asosiy tayanch boldi. Busi tabaqasining quyi qismi mayda harbiy dvoryanlar — samuraylardan iborat edi. Xitoy va Koreyani zabt etgan mogullar 1274 va 1281 yillarda Yaponiyaga qarshi ekspeditsiyalar uyushtirdilar, lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dengizda paydo bolgan kuchli tayfun mogul qoshinlarini halok qildi. Yaponiya tarixida bu tayfun "kamikaze" ("ilohiy shamol") nomini oddi. 13-asrdan savdo va hunarmandchilik korporatsiyalari (dza) soni orta boshladi. 14—16-asrlarda syoendan yirik zamindorlik — knyazlikka otildi. 15—16-asrlarda deyarli uzluksiz dehqonlar qozgolonlari bolib turdi. 1485—93 yillarda bolib otgan Yamashiro qozgoloni ulardan eng yirigi edi. 15—16-asrlarda Yaponiya bilan Xitoy va Koreya ortasida savdosotiq avj oldi. 16-asrning ortalaridan Yaponiyaga kirib kelgan yevropalik missionerlar xristianlikni tarqata boshladilar. 1603 yil Ieyasu Tokugava (1542—1616) syogun deb elon qilindi va uning qarorgohi Edo (hoz. Tokio)ga kochirildi. Tokugava syogunlari sulosasi mamlakatni 1867 yilgacha boshqardi. Ularning hukmronligi davrida Yaponiya markazlashgan monarxiya davlatiga aylandi. Hukumat qatiy qoidalar bilan 4 tabaqa tizimi (samuray, dehqon, hunarmand va savdogarlar)ni ornatdi. Tokugava hukumatining yevropaliklar ekspansiyasi va xristianlik xalq harakatining mafkurasiga aylanayotganligiga qarshi qator tadbirlarni korishi natijasida Yaponiya qariyb 2,5 asr mobaynida "yopiq" davlatga aylandi. Shu yol bilan mamlakat mustamlaka bolishdan saqlanib qoldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlari Tokugavalar Yaponiyasi uchun eng yuksalish davri boddi. Bu davrda aholining savodxonlik darajasi jahon miqyosida ham ilgor oringa chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asrning 1-yarmida manufakturalar paydo bola boshladi. 1854—58 yillarda AQSH, Buyuk BritaniyaFransiya bilan tuzilgan Ansey shartnomalariga kora, Yaponiya oz holicha ajralib yashash siyosatidan voz kechishga majbur boddi va suvereniteti cheklangan holda jahon bozoriga qoshildi. 1867—68 yillarda Yaponiyada dehqonlar, shahar kambagallari, savdosanoat korchalonlari, dvoryanlarning quyi tabaqalari, saroy aslzodalari va muxolifatdagi bazi yirik zodagonlardan iborat keng omma syogunlarga qarshi chiqdi. Natijada burjua inqilobi — Meydzi isin sodir boldi, syogun hukumati agdarildi va hokimiyat imperator Mutsuxito (1867—1912 ylarda hukmronlik qilgan) qoliga otdi. Shu davrdan boshlab Yaponiya imperator va uning hukumati boshchiligida tub ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy islohotlar yoliga otib, tezlashgan modernizatsiya orqali garb davlatlari darajasiga yetishni oz oldiga maqsad qilib qoydi.
1869-yilda poytaxt rasman Tokioga kochirildi. 1871—72 yillarda knyazliklar tugatilib, orniga prefekturalar tashkil etildi, avvalgi 4 tabaqa orniga 3 tabaqa [oliy dvoryanlar (sobiq zodagon knyazlar, saroy aslzodalari), dvoryanlar (barcha sobiq samuraylar), oddiy xalq (bunga savdosanoat korchalonlari ham kiritildi)] tasis etildi. Barcha tabaqalarning tengligi, kasb tanlash va mamlakat boylab kochib yurish erkinligi haqida qonunlar qabul qilindi. 1872 —73 yillarda otkazilgan yer islohotidan keyin yer, asosan, dvoryan yer egalari va boy dehqonlar qoliga otdi. 1873 yildan mamlakatda yil sanasini belgilashda imperator hukmronlik qilgan davr nomi bilan bir qatorda grigoriy kalendari ham joriy etildi. 1879 yil birinchi siyosiy partiya tuzildi. 1868—85 yillarda xususiy sarmoya yordamida q.x. xom ashyosiga ishlov beradigan 1300 korxona qurildi. 1889-yil imperatorga mutlaq vakolatlar beruvchi konstitutsiya qabul qilindi, 1890 yilda parlament tasis etildi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Yaponiyaning hukmron doiralari agressiv tashqi siyosat tuta boshlab, 1894 yilda Koreyada qotarilgan dehqonlar qozgolonini bostirish niqobi ostida u yerga qoshin yubordi va Xitoy bilan bolgan urush (1894—95) natijasida Tayvan va Penxuledao o.larini, rusyapon urushi (1904—05) oqibatida esa Shim. Saxalinni egalladi. Yaponiya va Buyuk Britaniya ortasida 1902, 1905 va 1911 yillarda imzolangan shartnomalar asosida ozaro hamkorlik harbiy-siyosiy ittifoq darajasiga qogarildi va ikki tomon Koreya hamda Xitoyda oz mavqelarini yanada mustahkamladi. 1910 yil avg .da Yaponiya Koreyani oz mustamlakasiga aylantirdi. Yapon monopoliyalari Janubiy Manjuriyani, keyinroq Xitoyning boshqa r-nlarini oz tasir doirasiga kiritdi.
1-jahon urushi boshlanishidan Yaponiya hukmron doiralari Uzoq Sharqdagi oz mavqelarini yanada mustahkamlash va kengaytirish uchun foydalandilar. 1914 yil 23 avg .da Yaponiya Olmoniyaga qarshi urush ochdi va oktyabrda Olmoniyaga qarashli Marshall, Mariana, Karolina o.larini, shuningdek, Xitoyning Shandun provinsiyasini u yerda Olmoniyaijaraga olgan hudud bilan birga bosib oldi. Yaponiyaning mustamlakachilik siyosati kuchayib 1918—22 yillarda Uzoq Sharqdagi Rossiyaga qarashli bir qancha olkalarni ishgol etib turdi. 1920 yildan Yaponiya iqtisodiyotida tushkunlik boshlanib, u 1925 yilgacha davom etdi. 1925 yil 20 yanv. dan Yaponiya bilan sobiq SSSR ortasida ozaro munosabatlarning asosiy tamoyillari togrisida Pekin konvensiyasi imzolandi. 1926 yil 25 dek.da Yaponiya taxtiga imperator Hirohito (1901—89) otirdi. 1929—33 yillarda bolgan jahon iqtisodiy inqirozi natijasida vujudga kelgan holatda Yaponiyada harbiyfashistik diktatura ornatishga intiluvchi ota reaksion "yosh ofitserlar" guruhi faollashdi. 1931 yil Yaponiya Manjuriyani bosib olishga kirishdi. 1933—36 yillarda Xitoyga qarshi agressiyani kuchaytirdi. 1936 yil 25 noyab.da Yaponiya fashistlar Germaniyasi bilan "Antikomintern pakti"ni imzoladi. 1937 yil iyulda Xitoyni bosib olish uchun urush boshladi va 1938 yil uning butun sharqiy qismini bosib oldi. Yaponiya qoshinlari shoro armiyasi tomonidan Hasan koli yonida (1938) va XalxinGol jangi (1939)da tormor keltirilgach, Yaponiya hukumati Yevropa davlatlari va AQSH ning Janubiy Sharqiy Osiyodagi mustamlakalariga hujum qilishga otdi. 1940 yil Hindixitoyning shim. qismini bosib oldi. Shu yil 27 sentyabrda Olmoniya, Italiya va Yaponiya ortasida "Uchlar pakti" imzolandi. 2-jahon urushida Olmoniya vaItaliya ittifoqchisi sifatida qatnashdi.
1941-yil 7 dek.da Yaponiya AQShning PyorlXarbordagi harbiy bazasiga hujum qilishi bilan 2-jahon urushiga kirdi. 1942 yilYaponiya imperiyasi Buyuk Britaniya va Fransiyaning Janubiy Sharqiy Osiyodagi koplab mustamlakalarini egallab ulkan hududni oz nazoratiga oldi. Ammo 1943 yildan egallagan hududlarini yoqota boshladi. 1945 yil AQSH harbiyhavo kuchlari Yaponiyaning Hiroshima (6 avg .) va Nagasaki (9 avg .) shahrilariga atom bombasi tashladi. Sovet hukumati 1945 yil 9 avg .da Yaponiyaga qarshi Manjuriya strategik operatsiyasini boshladi. 1945 yil 2 sentyabrda Yaponiya sozsiz taslim bolganligi togrisidagi aktga imzo chekdi va uning hududini ittifoqchilar nomidan AQSH qoshinlari okkupatsiya qildi. 1946—48 yillarda bolib otgan Tokio sud jarayonida asosiy yapon harbiy jinoyatchilari jazoga tortildi.
Urushdan song Yaponiyada tub siyosiy va ijtimoiyiqgisodiy islohotlar otkazilib, qurolli kuchlar va ong tashkilotlar tarqatib yuborildi, dvoryan yer egaligi tugatildi, avvalgi monopolistik konsernlar qayta tashkil etildi. 1947 yilgi konstitutsiyaga binoan mamlakat xalqaro mojarolarni qurol kuchi bilan hal qilishdan va shu maqsadda qurolli kuchlar tuzishdan voz kechdi.
1951 yil 8 sentyabrda Yaponiya bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqalar davlatlar ortasida SanFransisko sulh shartnomasi imzolanib, mamlakat suvereniteti tiklandi hamda Yaponiya bosib olgan barcha mustamlakalaridan voz kechdi. Shu yili Yaponiya bilan AQSH ortasida imzolangan xavfsizlikni kafolatlash togrisidagi shartnomaga kora, Yaponiyada AQSH harbiy bazalari joylashtirildi. 1956 yil 19 oktyabrda SSSR bilan Yaponiya ortasida urush holatiga barham berish, diplomatiya munosabatlarini tiklash togrisida qoshma bayonot imzolandi.
1950-y.lar boshidan Yaponiya iqtisodiyoti tez suratlar bilan rivojlandi. 1960-y.larning oxiriga kelib "yapon mojizasi" atamasi paydo boldi va u yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarish hajmi boyicha kapitalistik dunyoda 2-oringa chiqdi. 1990-y.larda Yaponiya jahon miqyosidagi eng katta sarmoyador davlatga aylandi. Yaponiya — 1956 yildan BMT azosi. Milliy bayrami — 23 dek. — imperator tugilgan kun (1933). OzR suverenitetini 1991 yil 28 dek.da tan olgan va 1992 yil 26 yanv.da diplomatiya munosabatlarini ornatgan.
Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Liberaldemokratik partiya, 1955 yil asos solingan; Yaponiya demokratik partiyasi, 1996 yil tuzilgan; Yangi Komeyto partiyasi, 1964 yil tashkil etilgan; Yaponiya Sotsialdemokratik partiyasi, 1945 yil asos solingan; Yaponiya Kommunistik partiyasi, 1922 yil tashkil etilgan; Yangi konservativ partiya, 2002 yil tuzilgan. Yaponiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi — Sinrengo, 1989 yil 21 noyab.da Yaponiya kasaba uyushmalari Bosh kengashi (1950 yil tuzilgan) va Umumyapon xususiy korxonalar xodimlari kasaba uyushmasi (1987 yil tashkil etilgan)ning qoshilishi natijasida tuzilgan.
Xojaligi[tahrir]
Yaponiya — iqtisodiy qudrati boyicha jahonda AQShdan keyingi orinda turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boyicha jahonda oldingi orinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va yoqilgiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigini ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari hamda "sakkizlik" davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 38%, qishloq, ormon xojaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat korsatish tarmoginiki 60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion AQSH dollariga teng (2003).
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 25% band. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik, kimyo, neft kimyosi, qurilish materiallari sanoati kabi tayanch tarmoqlar chetdan olinadigan xom ashyo hamda texnologiyaning eng yangi yutuqlari asosida deyarli butunlay yangidan barpo etildi. Energetika sanoati ham asosan, chetdan keltirilgan neftga asoslangan. Yiliga ortacha 1,097 trillion kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi; uning 706,4 mlrd. kVtsoati issiqlik elektr st-yalarida, 91,8 mlrd. kVtsoati GESlarda, 295 mlrd. kVtsoati atom elektr st-yalariga togri keladi (2002). 2003 yil 52 atom elektr st-yasi ishladi. Yaponiya sanoatida qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Kon sanoatida komir, gaz, temir va mis rudasi, pirit, rux, qorgoshinrux, marganets, kumush, oltin, simob, kaolin, talk va h.k. qazib olinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati yuksak taraqqiy etgan. Avtomobillar, maishiy texnika, elektron asboblar, aloqa vositalari, kema, polat, sement, plastmassa, sintetik tola, robot ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, biotexnologiya mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor tarmoqlaridandir. Yaponiya sanoati 4 asosiy r-n: Keyxin (Tokio, Kanagava), Chukyo (Aychi, Mie), Hanshin (Osaka, Hiogo), Kita Kyushu (Fukuoka)ga bolingan. Mazkur r-nlarda jami sanoat mahsulotining 40% dan ortigi ishlab chiqariladi.
Qishloq xojaligida hosildorlik boyicha dunyoda oldingi orinlardan birida bolib, u yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Iqtisodiy faol aholining 4,2% q.x.da band. Hududining 12,9% yoki 4,8 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Dehqonchilikda asosiy ekin — sholi (2002 yil 11 mln. t sholi yetishtirilgan). Shuningdek, kartoshka, sabzavot, oz miqdorda bugdoy va dukkakli don ekinlari ekiladi. Mevachilik, bogdorchilik, chorbog xojaligi rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, chochqa, parranda boqiladi; pillachilik va baliqchilik rivojlangan. Yaponiyada 3000 dan ortiq baliq ovlash portlari bolib, dunyo boyicha ovlanadigan baliq va dengiz jonivorlarining 15% shu portlarga togri keladi.
Transporti[tahrir]
Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga ortacha 5,5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yollarning uz. 1,2 mln. km, shu jumladan, 4,4 ming km tezyurar magistrallar. Yaponiyalarning uzunligi 43,7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "Shinkansen" poyezdlari harakati yolga qoyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va kopriklar kop. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53,9 km) Honshu va Hokkaydo o.larini birlashtiradi. Ichki suv yollarining uz. 1770 km ga yaqin. Dengiz savdo floti 5473 kemaga ega va uning umumiy tonnaji 40 mln. brutto reg . tonnaga yetadi. Asosiy portlari — Kobe, Chiba, Yokohama, Nagoya, Osaka, Kavasaki, Tokio, Hakodate. Tokio, Osaka, Niigata shahri yaqinida xalqaro aeroportlar bor. Mamlaktda neft quvurlari 400 km dan ziyod, gaz quvurlari 1800 km.
Tashqi savdosi[tahrir]
Yaponiya chetga mashina va uskunalar, metall buyumlar, elektronika, kimyo mahsulotlari, elektr asboblar chiqaradi; chetdan sanoat xom ashyosi, mineral yoqilgi, oziq-ovqat va toqimachilik mahsulotlari oladi. 2003 yil Yaponiyaning importi 383,3 mlrd. AQSH dollarini, eksporti 417,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi hamda Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — iyena.
Tibbiy xizmati[tahrir]
Aholi salomatligining korsatkichlari boyicha Yaponiya jahonda yetakchi orinda turadi. 2001 yil 1,85 mln. orinli 167,5 ming shifoxona va poliklinika bolgan (har 100 ming aholiga 1458 orin). Yaponiyada 255,7 ming vrach, 90,8 ming tish vrachi, 217,4 ming farmatsevt faoliyat olib boradi. Har 100 ming kishiga 201,5 vrach togri keladi. Yaponiyada oz issiq suv manbalariga ega bolgan 3023 kurort bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari[tahrir]
Yaponiyada maorif tizimi Maorif, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan muvofiklashtirib turiladi. Maktabgacha tarbiya bolalar bogchalarida (8389 xususiy bogchada 1,4 mln., 5785 davlat bogchasida 367,8 ming tarbiyalanuvchi) amalga oshiriladi. 6 yoshdan 15 yoshgacha bolgan bolalar uchun oqish majburiy va bepul. Talimning birinchi bosqichi 6 yillik boshlangich maktab (2003 yil 23,6 ming maktabda 7,2 mln. oquvchi). Ikkinchi bosqich 3 yilliq kichik orta maktab (2003 yil 11,1 ming maktabda 3,74 mln. oquvchi). 16—18 yoshli bolalar 3 yillik katta orta maktab (2003 yil 5,4 ming maktabda 3,8 mln. oquvchi)da talim oladi. Oliy talim unt, professional kollej va texnika intlaridan iborat. 2004 yil mamlakatdagi 709 untda 2,8 mln. talaba oqidi, 84,2 ming oqituvchi ishladi. Untlarning 542 tasi xususiy. Yirik untlari: Tokio universiteti, Kioto universiteti, Osaka un-ti (1886 yil tashkil etilgan) va boshqalar Yaponiyada ilmiy tekshirish ishlariga yiliga qariyb 100 mlrd. AQSH dollari hajmida mablag sarflanadi va bunda xususiy sektor yetakchi mavqega ega. Yaponiya sohasida 756,3 ming kishi band. Ulardan 430,6 ming kishi i.t.larni xususiy kompaniyalar, 280,7 ming kishi untlar, 44,9 ming kishi ijtimoiy tashkilotlarda olib boradilar. Yirik ilmiy tekshirish institutlari: aviakosmik texnika, metallar, elektronika boyicha kompleks tadqiqotlar, kosmos va astronavtika, elektr energetikasi, avtomobilsozlik, ixtiro va yangiliklar, Nomura kompleks, Mitsubisi kompleks intlari. Yaponiyada 2711 ommaviy kutubxona, 3599 muzey, 79 hayvonot bogi, 79 akvarium, 90 botanika bogi bor. Yirik kutubxonalari: Milliy parlament kutubxonasi (7,9 mln. asar), Tokio un-ti kutubxonasi. Yirik muzeylari: Tokiodagi milliy muzey(1871 yil tashkil etilgan), Milliy ilmiy muzey, Imperator saroyi, Kiotodagi milliy muzey (1889) va Milliy hoz. zamon sanat muzeyi (1963), Nagoyadagi Tokugava badiiy muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekorsatuvi. Yaponiyada 70,8 mln. nusxada 166 milliy va mahalliy kundalik gaz. chiqadi. Yiriklari: "Iomiuri" ("Reportyor", 1874 yildan) "Asaxi" ("Chiqayotgan quyosh", 1879 yildan), "Mayniti" ("Kundalik gazeta", 1872 yildan), "Nixon keydzay simbun" ("Yaponiya iqtisodiy gazetasi", 1876 yildan), "Sankey simbun" ("Sanoatiqtisodiy gazetasi", 1950 yildan). Shuningdek, 4178 oylik va haftalik jur., byulleten chiqadi. Yiriklari: "Bungey syudzyu" ("Adabiybadiiy almanax", 1923 yildan), "Dziyu minsyu" ("Liberaldemokratiya", 1955 yildan), "Kurasi to seyji" ("Hayot va siyosat"), "Sekay" ("Koinot", 1946 yildan), "Tyuo koron" ("Markaziy sharh", 1886 yildan), "Ekonomisuto" ("Iqtisodchi", 1923 yildan), "Bunka xyoron" ("Madaniy sharh"), "Gekkan syakayto" ("Sotsialdemokratik partiya oynomasi", 1957 yildan). Umummilliy axborot agentliklari: Kiodo Susin (1945 yildan) va Jiji Sushin (1945 yildan). Radioeshittirish 1925 yildan va telekorsatuvlar 1953 yildan olib boriladi. Yaponiya radiotelevideniye korporatsiyasi yarim hukumat tashkiloti hisoblanadi. 1925 yil tashkil etilgan. 222 xususiy azoni birlashtirgan Tijorat eshittirishlar milliy assotsiatsiyasi 6900 teleradiostyani boshqaradi (1996).
Adabiyoti[tahrir]
Adabiyoti qadimdan mavjud bolgan xalq ogzaki ijodi (qoshiq, afsona va boshqalar) zaminida vujudga kelgan. Afsona, ertak, tarixiy rivoyat va qoshiqlardan iborat "Kojiki" ("Qadimgi hodisalar yilnomasi", sintoizmning muqaddas kitobi hisoblanadi) toplami ilk marta 712 yilda tuzilgan. Bu asar yapon tilida bitilgan birinchi manba hisoblanadi. 759 yil 4516 folklor va 500 ga yaqin muallifning asarlaridan iborat yapon sheriyati antologiyasi — "Manyosyu" ("Kop asrlik qoshiqlar toplami") yaratildi. 9-asrning ortalarida birinchi adabiy nasriy asar — "Taketorimonogatari" yaratiddi. 10-asr oxiri — 11 a. boshlarida adiba Murasaki Sekibu (978—1016) yaratgan "Gendzimonogatari" ("Shahzoda Gendzi haqida qissa") asari Yaponiya mumtoz adabiyotining choqqisi boldi. 12—16-asrlarda harbiy epopeyalar yaratildi, badiiy kundaliklar keng tarqaldi, sheriyat antologiyalari tuzildi. 14— 15-asrlar xalq ijodiyoti va Budda rivoyatlari asosida bir .pardali dramalar (niqob teatrlari uchun) yozildi. 16-asrdan shahar adabiyoti paydo boldi. Hunarmandlar, savdo ahliga mansub shoirlarning toplamlari tuzildi. 17—19-asrning 60-y.larida adabiyotda demokratik goyalar avj oldi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida yirik dramaturg Takamatsu Mondzaemon samarali ijod qildi. Matsuo Basyo (17-asr), Kobayasi Issa (18-asr oxiri — 19-asr boshi) sheriyatning xokku janrida asarlar yaratdilar. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida nasr yanada yuksaldi. 19-asrning ortalaridan yapon adabiyotida sentimental roman janri vujudga keldi, yevropalik mualliflarning asarlari tarjima qilina boshlandi. Simey Ftabatey (1864—1909) "Suzuvchi bulutlar" romani bilan yapon adabiyotida tanqidiy realizmga asos soldi. Roka Tokutomi, Soseki Natsume va boshqalarning asarlarida ham tanqidiy realizm goyalari oz aksini topdi. 20-asrning boshlaridan sheriyatda Yevropa sheriyatining tasiri va romantik goyalar kozga tashlandi. Realist yozuvchilar asarlarida ijtimoiy tanqid asosiy orin oldi. E.Zolya ijodi tasirida naturalizm uchun kurash harakati boshlandi. 1930—40 yillar adabiyotida "muqaddas urush"ni yoqlovchi apologetik goya hukmron boddi. 2-jahon urushidan keyingi davrda bir qancha yapon yozuvchilari oz asarlarida "barqaror qadriyatlarni" izlash maqsadida milliy adabiyotning kop asrlik ananalariga murojaat qildilar. Dzyunitiro Tanidzakining "Mayda qor" (1943—48), Yasunari Kavabataning "Mingta turna" (1951), "Eski poytaxt" (1961—62) romanlari shu toifadagi asarlar bolib, ularda kuchli ichki lirizm va gozallikning mumtoz talqini aks etdi. Shu bilan birga 1967 yil Yukio Misimaning goyoki yapon madaniyatiga xos bolgan jangovarlik ananalarni tiklashga chorlovchi trilogiyasi ("Vatanparvar", "Xrizantema" va "Shahid bolgan qahramon ovozi") yaratildi. Adabiyotda sengoxa oqimi qaror topgach, shu oqim vakillari bolgan turli goyaviyestetik yonalishdagi yozuvchilar oz ijodlarida inson shaxsiyatini qaror toptirish manfaatlari yolida militarizm va ananaviylikni inkor etdilar. Shu oqim vakillarining urush mavzuiga oid asarlari, jumladan, Syoxey Ookaning "Daladagi olovlar" (1951), Xirosi Nomaning "Boshliq mintaqasi" (1952), Shusaku Endoning "Dengiz va zahar" (1957) romanlari yaratildi. Yosie Xottaning "Yolgizlik maydoni" asarida (1951) urushdan keyingi yapon ziyolilari haqida hikoya qilinadi. 1950— 60 yillar yapon adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri Yasusi Inouedir. Uning "Tempyoning cherepitsali tomi" (1957) va "Samarqandga sayohat" (1969) tarixiy asarlari Buyuk ipak yolida amalga oshirilgan manaviy muloqot va Orta Osiyoning qadimiy shaharlariga bagishlangan. 1960—70 yillarda ilmiy fantastika va detektiv roman janri rivojlandi. 1960—80 yillar yapon adabiyoti realistik va modernistik goyalarning ozaro harakat va kurashlarida rivojlandi. Bu davrda adiblardan Gomikava Jumpey, Isikava Takuzo, Kayko Takeshi, Oe Kenzaburo oz roman va qissalarida ijtimoiy va axloqiy muammolarni kotardilar. Yaponiya adabiyotida Xirosima fojiasi mavzusi keng orin oldi (Hotta Yoshiyo, Ibuse Masuji, Oda Makoto). Kobo Abe asarlarida realizm va fantastika uygunlashgan holda falsafiy masalalar bayon etildi. Yaponiyada xitoy madaniyati tasirida xitoy tilida ham adabiyot rivoj topgan. 14— 15-asr va 17—19-asr boshlarida yuksalgan. Yaponiya adabiyotning yirik vakillari bolgan Ryunoske Akutagava, Kobo Abe, Yasunari Kavabata (1968 yil Nobel mukofoti sohibi), Kendzaburo Oe (1994 yil Nobel mukofoti sohibi) Murakami Haruki, B.Yosimoto kabi yozuvchilarning asarlari jahonda mashhur.
Memorligi[tahrir]
Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertolalar bolgan va uning tomi yogoch va qamish bilan yopilgan. Mil. boshlarida yogoch sinchli uylar qurila boshladi. (Ise shahridagi sintoistlar ibodatxonasi, 3—7-asrlar). 3—6-asrlarda podsholar uchun aylana va taqa shaklida ulkan qorgon (kafun)lar bunyod etilgan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan xitoy va koreys memorligi uslubida monastir, pagoda, ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara shahridagi Xoryudzi monastiri, 7-asr; Kito shahri yaqinidagi Byodoin saroyi, 11-asr). 8-asrda Xitoy shaharsozligi uslubida Heyjokyo (hoz. Nara) va Heyan (hoz. Kito) shahrilariga asos solindi. 14—16-asrlarda landshaft memorligi, xitoycha bogparklar bunyod etish sanati, qala va saroy devorlariga rasm chizish rivojlandi. 16-asrdan shahar mudofaa inshootlari xandaq va gisht devorlar bilan oraldi. Shu davrda hoz.gacha saqlanib qolgan ananaviy yapon turar joyi shakllandi. 16-asrdan Edo (hoz. Tokio) shahrida qurilish avj oldi. 19-asr oxiridan shaharsozlik rivojlandi, sanoat korxonalari qurish kopaydi, qurilishda gisht, keyinchalik temirbeton va metall ishlatila boshlandi. Yapon memorlari (Tatsuno Kingo, Katayama Otokuma) binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki ananaviy yapon uysozligi shakllarini Garbiy Yevropa memorligi shakllari bilan uygunlashtirdilar. 20-asrning 20-asrlari oxiri Le Korbyuzye tasirida funksionalizm uslubi yoyila boshladi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) Yaponiya shaharlari vayron boldi; 50-y.lardan qurilish keng kolamda avj oldi. Milliy memorlik shakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uygunlashtirish natijasida yapon memorligi jahonda mashhur boldi (Hiroshimadagi Tinchlik memorial parki, 1949—56; Okayama shahridagi Kurashiki shahar zali, 1960; Kofudagi Yamanasi binosi, 1966; hammasining memori Tange Kenzo; Tokiodagi Metropoliten festival xoll, 1960—61, memor Mayokava Kunio; Tokioning Shinzyuku r-nidagi maydon ansambli va transportyolovchilar tuguni, 1960—67, memor Sakakura Jundo; Kioto shahridagi Xalqaro konferensiyalar markazi saroyi, 1966—70 yillar boshi, memor Satio Otani). 18yozgi olimpiada oyinlari (1964) va "EKSPO70" korgazmasining otkazilishi munosabati bilan yirik shaharlar, jumladan, Tokio va Osaka markazlari rekonstruksiya qilindi, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, memor Tange Kendzo; Komadzava, memorlar Murata Masasiko va Ashihara I.), Osakada bosh pavilon korgazmasi (memor Tange Kendzo) qurildi. 1960-y.lar oxirida yuksak seysmik hududligiga qaramay, osmonopar binolar bunyod etildi (Tokio, Osaka va boshqalar shaharlarda). Yaponiyada milliy memorlik ananalarining rivojlanishi K.Maekava, Yo.Taniguti, K. Tange, K. Kurokava va boshqalar mashhur memorlar faoliyati bilan bogliq.
Tasviriy sanati[tahrir]
Yaponiya sanatining qadimiy yodgorliklari dzyomon madaniyati davri (mil.av. 8—1-ming yilliklar ortalari)ga mansub. Mil.av. 1-asrda tayyorlangan bronza buyumlar, sopol idish namunalari saqlangan. 6-asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan ibodatxonalar yaratildi va ular budda dinidagi mashhur personajlar tasvirlangan haykalchalar bilan bezatildi (Nara shahridagi Xoryudzi, Yakusidzi monastirlaridagi haykallar). Ilk orta asrlarda rang-tasvir va haykaltaroshlikda portret janri shuningdek, teatr niqoblari sanati rivojlandi. Yaponiya rang-tasviri buddizm hamda Xitoy sanati tasirida taraqqiy etdi. 11—12-asrlarda oziga xos milliy xususiyatlarga ega boldi.
Bu davrda Fujivara Takayoshi, Fujivara Nobudzane va Toba Sojo kabi rassomlar mashhur boldilar. 12—13-asrlar rang-tasviridagi portretlar oddiyligi va ifodaliligi bilan ajralib turadi (Fujivara Takanobuning "Minamoto Yoritoma portreti"). 14—15-asrlarda budda sektasining dzen maktablarida tush rang-tasviri rivoj topdi [Josetsu, Shubun, Toy Oda (Sessyu taxallusi bilan mashhur) manzaralari]. 15-asrda dunyoviy professional rang-tasvir shakllandi. Kano maktabi (asoschisi Kano Masanobu) va Tosa maktabi (asoschisi Tosa Matsunobu) asarlarida xitoy mumtoz rang-tasviri oz aksini topdi. 15—17-asrlarda bezak yozuvi sanati yuqori darajaga erishdi (Sotatsu Tavaraya, Ogata Korin). Bu davrda choy tarqalishi munosabati bilan kulollik va chinni buyumlar tayyorlash avj oldi. 17-asr boshlarida yogochga rangli gravyura ishlash sanati — ukiyyoe yapon sanatining yetakchi turiga aylandi (Moronobu Hishikava, Harinobu Suzuki, Utamaro Kitagava, Hokusay Katsushika, Hiroshige Ando kabi ustalar). 17—19-asrlarda miniatyura haykaltaroshligining oziga xos turi hamda kiyimlar uchun tugmailgak bezaklar yasash rivojlandi. Yapon amaliy bezak sanati (kashtadozlik, mato toqish, loklangan buyumlar tayyorlash. tor toqish) buyumlari katga mahorat bilan tayyorlandi. 19-asr oxirlaridan Yevropa sanati tasirida moyboyoq rang-tasvir — "yoga" rivojlana boshladi (Asai Tyu, Kuroda Seyki va boshqalar). Bu sohalagi rassomlar ijodida impressionizm, fovizm tasiri yaqqol kozga tashlanadi (Umexara Ryudzaburo, Yasun Sotaro.). 20-asr 1-yarmida abstrakt sanat, ekspressionizm, syurrealizm tasiri seziladi. "Nixonga" rang-tasvir ustalari Tomioka Tessey, Yokoyama Taykon, Takuechi Seyho kabilar milliy ananalar ruhida asarlar yaratdilar. 1920—30 yillarda Okamoto Toki, Otsuki Genji, Yorimoto Shirin, Yanase Masamu, Suzuki Kenji kabi rassomlar samarali ijod qildilar. 2-jahon urushidan keyin rassomlar ijodidan ijtimoiy muammolar keng orin oldi; kop asarlar Hiroshima va Nagasakidagi atom bombasidan halok bolganlar fojiasiga bagishlandi (Maruki Iri va Toshiko, Mita Genjiro, Sakurai Makoto, Fukuda Shinsey, Ono Tadashige, Ueno Makoto). Zamonaviy yapon tasviriy sanatida grafika demokratik va ommaviy sanat turi sifatida mashhur. Taniqli rassom N.Hirayama ijodida Buyuk ipak yoli manzaralari muhim orin tutadi. Tasviriy sanatda turli oqim va yonalishlarning kopligi kozga tashlanib turadi.
Musiqasi
Musiqasi qadimiy ananalarga boy bolib, oz taraqqiyoti jarayonida xitoy va koreys, hind va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari xalqlari musiqa madaniyati tasirida boyigan; u mehnat, turmush, diniy marosimlar bilan boglangan. Qoshiqlar bir ovozli, qosh metrlar ustun. Musiqiy cholgu asboblari xilmaxil: chertib chalinadigan — syamisen (lyutnya), koto (13 torli sitra); puflama — nokan, syakuxati (fleytalar), soo (lab organi), xitiriki (goboy turi); zarbli — tayko, kotsudzumi, otsulzumi (barabanlar), syoko (gong). Professional musiqa diniy harakatlar va teatr bilan bogliq bolgan; uning sarchashmalari 6—7-asrlarga borib taqaladi. 14-asrda teatrning noo sanati (qoshiq, raqs, cholgu asboblar jorligida ijro etiladigan deklamatsiya), 16— 17-asrlarda dzyoruri qogirchoq teatri musiqasi va kabuki (mumtoz yapon teatri turlaridan biri) musiqasi shakllandi. Yaponiyada musiqa sanatini rivojlantirishda Musiqa tadqiqotlari instituti (1879 yil tashkil etilgan, 1886 yildan Tokio musiqa maktabi) muhim rol oynadi. 1897 yil yapon simfonik orkestrining birinchi konserti bolib otdi. Yevropada musiqa talimini olgan Yamada Kosaku, Nobutoki Kiyosi, Kiyose Yasudzi, Matsudayra Yoritsune kabi kompozitorlar kompozitorlarning yangi federatsiyasi (1930 yildan Yaponiya zamonaviy musiqa uyushmasi)ni tuzdilar. Oz ijodlarida milliy ananalarga suyangan holda,Yevropaning kompozitsion usullariga ham murojaat etdilar. 1960—80 yillarda Mamiya Mitio va Akutagava Yasusi kabi kompozitorlar folklor va yapon mumtoz musiqasidan keng foydatandilar. 1940-y.larning oxiridan Seki Akiko rahbarligida antiimperialistik xarakterdagi "Yaponiyaning kuylovchi ovozlari" ommaviy xor harakati keng yoyildi. 1950-y.larning oxiridan avangardizm tasiri kozga tashlana boshladi, eksperimental musiqa turlari tarqaddi. Hoz. davrda ommaviy va mumtoz musiqa bilan birga milliy musiqa turlari yoyilgan. Folklor musiqasini yigish, organish va tarqatishga alohida etibor beriladi. 1970-y.larda karaoke (bosh orkestr) havaskorlar ijrochiligi paydo bolib, u aholi orasida juda ommalashdi. Kompozitorlardan Noda Teruyaki, Xachimura Yoshio, Ikebe Shinitiro, ijrochi dirijyorlardan Abe Komei, Masasi Ueda, Vatanabe Akeo, Ivaki Hiroyuki, Moro Takashi, pianinochi Tanaka Keyko, skripkachi Kubo Yoko mashhur. Yaponiyada 20 dan ortiq simfonik orkestr, kamer cholgu ansambli, xor jamoalari va boshqalar bor. Tokioda Davlat musiqa akademiyasi (1887 yildan), 20-asr musiqasi instituti (1957 yildan), Milliy nafis sanat va musiqa unti, Toxo oliy musiqa maktabi faoliyat korsatadi.
Teatrir
Teatr sarchashmalari qadimiy xalq dehqonchilik bayramlarida korsatilgan tomoshalardan boshlanadi. 7—8-asrlarda gigaku va bugaku deb nomlangan musiqali raqs tomoshalari paydo boldi; ular yapon mumtoz teatrining shakllanishiga yordam berdi. 8—12-asrlarda sangaku musiqali raqs tomoshalari keng yoyildi. 12-asr boshlarida musiqali tomoshalarning yangi turlari’— dengaku va sarugaku rivojlandi. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida yapon teatrining yangi turi — noo teatri (musiqa, raqs va dramatik harakatlardan iborat) vujudga keldi. 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida Kiotoda dzyoruri qogirchoq teatri va kabuki teatri, 19-asr oxiri — 20-asr boshlari teatrning yangi turlari — simpa va sinkokugeki paydo boldi. 20-asr boshlarida Yevropa teatri tasirida singeki teatr yonalishi (hoz. drama teatri) shakllandi. 20-asrning 1-choragida Tokioda "Rodo gekidan" nomidagi birinchi ishchi teatri faoliyat korsatdi. Keyinchalik Tokioda "Sukizi syogekidzyo" va "Hayuza" teatrlari vujudga keldi; ularning repertuaridan milliy dramaturglar Kobo Abe, Koyama Yushi pyesalari orin oldi. 1947 yil "Mingey" teatri oz faoliyatini boshladi. Teatr qoshida "Mingey" kinostudiyasi ishladi. 1966 yil Tokioda "Kokuritsu gekijo" milliy teatr markazi tashkil etildi va u ananaviy janrlarni saqlash va rivojlantirishda muhim rol oynadi. Yaponiyaning zamonaviy teatr sanati ananaviy teatr (bugaku, noo, kabuki, dzyoruri) va Yevropa tipidagi teatr (drama, opera, balet)ga bolinadi. Bugaku teatrining ananalari mumtoz musiqa va raqsning rivojlanishida asos boldi. Teatr artistlaridan Kita Minoru, Hosho Motomasa Kuro, Itimura Manzeamon, Nakamura Kanzaburo, Nakamura Utaemon, Nakamura Bungori, Matsumoto Koshiro, Mizutani Yaeko, Shimada Shogo, Tatsumi Ryutaro va boshqalar mashhur. Kinoshi. Yaponiyada birinchi badiiy film 1899 yilsuratga olingan. 1903 yil Tokioda birinchi doimiy kinoteatr, 1908 yil birinchi kinostudiya tuzildi. 1923 yildan Kioto shahri kino markaziga aylandi. 1931 yil birinchi ovozli film ("Qoshni ayol va xotinim", rej. Gosho Heynosku) yaratildi. 1936 yil Mizoguti Kenji "Elegiya Naniva" va "Gionlik opasingillar" filmlarini yaratdi. 1930-y.larda "YA. filmlar ishlab chiqarish boyicha jahonda 2-orinni egallab turdi. Urushgacha bolgan kinofirmalar ("Toho", "Shinko" va boshqalar)ning asosiy filmlari militaristik mazmunda bolgan. Urushdan keyingi yillarda yapon kinoshida Imai Tadashi, Yamomoto Satsuo, Kinosita Keysuke va boshqalar rej.lar ijodi bilan bogliq bolgan ilgor goyalar oz aksini topdi. Ular oz filmlarida Xirosima fojiasi, mehnatkashlarning ogir hayoti haqida hikoya qildilar. 1950—60 yillardagi eng yaxshi filmlar: "Rashomon" (1950), "Qizil soqol" (1964; ikkalasining rej. Kurasava Akira), "Har qalay biz yashayapmiz" (1951, rej. Imai Tadashi), "Hiroshima bolalari" (1952) va "Yalang orol" (1960; ikkalasining rej. Sindo Kaneto). 1960-y.lardagi mashhur rej.lar: Yamamoto Satsuo, Koboyasi Masaki, Imai Tadasi. 1960—70-y.larda koproq hujjatli filmlar shuhrat qozondi. S.Ogava, N. Sutimoto, M.Miyagi kabi ijodkorlar oz filmlarida zamonning nizoli muammolarini kotarib chikdilar. 1958 yildan boshlab "Toey" kinokompaniyasi ishlab chiqara boshlagan multiplikatsion filmlar butun jahonga tarqaldi. 1970—80 yillarda yapon kinosi televideniye bilan raqobat natijasida inqirozli holatda bolsada, "19 yoshli yalangochlar" (1970, rej. Shindo Kaneto), "Jangchi sharpasi" (1982, rej. Kurosava Akira), "Loyqa daryo" (1981, rej. Kohay Oguri), "Narayama haqida afsona" (1983, rej. Imamura Sohey) kabi filmlar yaratildi. Keyingi yillarda T. Kitano, M.Syou, S.Ivai, N.Takenaka kabi mashhur kino ijodkorlari yetishib chiqdi. 1969—96 yillar davomida namoyish etilgan "Janob Tora" seriali yaponlar orasida mashhur. Yapon kinoshida Yamada Isuzu, Mifune Toshiro kabi aktyorlar shuhrat qozongan. "Nikkatsu", "Shotiku", "Toho", "Toey" va boshqalar kinokompaniyalar faoliyat yuritadi.
Ozbekiston — Yaponiya munosabatlari

Yüklə 134,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə