Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha



Yüklə 54,55 Kb.
səhifə6/8
tarix02.03.2023
ölçüsü54,55 Kb.
#101784
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari.

Sotsilogik metod. Yuqoridagi sanab ko‘rsatilgan metodlar qo‘llashda tadqiq qilinayotgan o‘quvchilar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda o‘quvchilarning ko‘pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sotsiologik metodini qo‘llash talab qilinadi. Misol uchun maktab o‘quvchilari o‘zlarining bo‘sh vaqtlardini qanday o‘tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida so‘rash ko‘plab o‘quvchilardan o‘tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi. Keyingi yillarda pedagogika fanida matematik metod va xususan statistika materillarini ishlash metodlari keng qo‘llanilmoqda. Masalan: maktablarning birida matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarning uy ishlarini bajarilishi o‘rganilganda IV sinfda uy vazifalarini mustaqil bajarish -80%, VI sinfda-75%, VIII sinfda-55% tashkil qilganligi aniqlangan. Buning asosiy sababi nimaligi aniqlash darkor. Buning sababi ikki tomonlama yuz berishi mumkin. Birinchidan, mazkur matematika fanining o‘quv dasturi murakkablashganligidan yoki shu fanni o‘qitish sifati pastligidan izlash kerak .
Pedagogika ilmiy tekshirishlari metodlaridan biri nazariy pedagogik g‘oyalarni tahlil qilish metodidir. Bu metod ta‘lim- tarbiyaning chuqur muhim masalalarini ilmiy umumlashtirish bilan emas. Balki uni amalga oshirishda yangi qonuniyatlarni tajribaga asoslangan (emprik metod) yordamida amalga oshiriladi.Buni quyidagi misol bilan isbotlash mumkin. Shaxsni umumiy maqsadli rivojlantirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish bilan o‘zaro aloqadorlikda amalga oshadi. A.S.Makarenko ta‘kidlaganidek, odam organizmi alohida-alohida holda rivojlanmaydi, balki barchalari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bir vaqtda rivojlanadi degan xulosaga kelgan.
Bundan shunday xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘ladi. Tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama rivojlantirishini ta‘minlamog‘i kerak.
Kuzatish o’rganishlozimbo’lganpedagogikhodisanima‘lummaqsadnuqtainazaridankelibchiqqanholdakuzatuvchikuzatishbayonnomasiniolibboradi. Kuzatish ob‘ektiga oid bo’lgan aniq faktik material tayyorlanadi.Kuzatish aniq belgilangan reja asosida olib boriladi. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatlarini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi hamda ularni tahlil etadi.Bunday kuzatishlar ta‘siri natijasida pedagogika fani mazmunining boyishiga sabab bo’ladi.
Ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli maktab o’qituvchilari va o’quvchilari jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka hamda guruhli tartibda ish olib borilganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qullaniladi.
Suhbat olib borishda tadqiqotchi quyidagilarga e‘tibor berish kerak:
Suhbat uchun oldindan savol tuzish.
Vaqti va o’tkazish joyini belgilash.
Suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish.
Suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish va maktab hayotiga tadbiq qilish pedagogik jihatdan qimmatlidir.

Yüklə 54,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə