Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Fanning rivojlanish tarixi


Fitotsenoz - ekotopda shakllanadi



Yüklə 71,94 Kb.
səhifə5/7
tarix04.03.2023
ölçüsü71,94 Kb.
#101899
1   2   3   4   5   6   7
2-O‘simlik jamosi fitosenoz belgilari

3. Fitotsenoz - ekotopda shakllanadi.
Ekotop ma’lum joydagi ekologik sharoitlar majmuasidir. Ma’lum fitosenoz o'sib turgan joy muhitining asta sekin o'zgarishi bilan fitosenozlar ham o'zgaradi. Ulaming ba’zan chegarasi aniq, ba’zan esa, unchalik aniq bo'lmaydi.
Masalan, shimoldan janubga borgan sari o'rmon, o'rmon-dasht, dasht, chalacho'l, cho'l fitosenozlari qoplami tiplari almashinib boradi, ammo chegaralari ko'pchilik xollarda unchalik aniq bo'.lmaydi. Demak ekotopning xususiyati fitosenozning xususiyatini, tuzilishi va o'zgarishini ta’minlaydigan xal qiluvchi faktorlardir.
Edifikator o'simliklar - jamoaning quruvchisi hisoblanib, maxsus muhitni hosil qiladi. Ko'pincha edifikator o'simliklar yuqori qavatlikni tashkil qiladi. Edifikator - hokim tur yarusni tashkil etib, biomassani to'plashda jamoada barqarorlikni turg'unlikni hamda chegara hajmini saqlashda muhim rol o'ynaydi. Edifikator o'simlikdan keyin fitotsenozda 2-o'rinda turadigan yashash joyini xarakterlovchi o'simliklar subedifikatorlar deyiladi.
Jamoadagi edifikator, subedifikatordan tashqari turlar assektator (ishtirokchilar) deyiladi.
Dominant o'simliklar - ustun turuvchi, hukmronlik qiluvchi turlardir. Bir yoki bir necha turning jamoada boshqa turlardan ustun turishi va biomassasining asosini hosil qiluvchi turlarga aytiladi. Dominantlami har bir qavatlikda ajratish mumkin. Ayrim turlar dominantlarga nisbatan kam uchrashi mumkin, lekin ular ham jamoada ma'lum bir rolni o'ynaydi, bularga esa subdominantlar deb ataladi.
Antropofitlar- fitotsenozdagi tasodifiy turlardir. Agarda o'simlik jamoasini o'rab olgan ekologik muhit sezilarli darajada o'zgarsa, bir jamoa ikkinchi jamoa bilan almashinadi. Masalan, minerallashgan sizot suvlarining sathi ko'tarilganda tuproq sho'rlanishi kuzatilib, shuvoq yoki efemer jamoalari o'miga galofit o'simliklar paydo bo'ladi. Senozlaming o'zgarishi iqlim va geologik sabablarga ko'ra, ko'proq esa o'simliklar qoplamining almashinishi antropogen omillar ta'siri natijasida sodir bo'ladi. (insonning xo'jalik faoliyati, o'rmonlaming kesilishi, yerlaming shudgor qilinishi, botqoqlikning quritilishi, irrigatsiya ishlarini olib borish, mollami boqish kabilar). Bu antropogen ta’sirlar atrofdagi o'simliklarga ham kuchli ta'sir qiladi.
Jamoadagi turlar tarkibi sharoitga bog'liq holda har xil bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda ulaming tarkibiga o'nlab turlar yoki judayam kam miqdordagi turlar kirishi mumkin. Bitta turdan tashkil topgan jamoa deyarli uchramaydi. Jamoalaming xarakterli belgilaridan biri yaruslik-qavatlilik hisoblanadi. Bunda jamoa bir necha turdan tashkil topib, har xil yaruslami hosil qiladi.
Qavatlilik deganda jamoadagi turlaming tuproq yuzasiga nisbatan har xil balandlikda va tuproq qatlamida har xil joylanishi tushuniladi. Yarusli jamoaga misol tariqasida O'rta Osiyo tog'lari da o'suvchi archazorlami olish mumkin. Bunda yuqori 1-qavatni daraxtlar (archa), 2-qavatni butalar (do'lana, na'matak), 3-qavatni o'tsimon o'simliklar, pastki 4-qavatni esa efemerlar egallaydi. Adir mintaqasida 1-qavat buta, butachalar; 2-qavat chalabuta va chalabutachalar; 3-qavat o't o'simliklari, efemer, efemeroidlar; 4- qavat yo'sin va lishayniklar bo'lishi ham mumkin. O'zbekistonning qumli cho'llarida buta-o't o'simliklar orasida:
S yuqori qavatni oq saksovul, qandim, cherkez; ... .
S o'rta qavatni shuvoq va singren; .
S pastki qavatni esa efemerlar egallaydi;
Jamoada yaruslaming miqdori ko'pgina sabablarga, ayniqsa birinchi navbatda iqlim va tuproq omillariga bog'liq bo'ladi. Murakkab ko'p yarusli jamoalami ekologik sharoitlari judayam qulay bo'lgan tropik o'rmonlarda kuzatish mumkin. Eng oddiy bir yarusli jamoalami esa cho'l sharoitida yoki sho'rxok yerlarda uchratish mumkin.
Sinuziya nima? Sinuziya deb (B.A.Bikov, 1987) fitotsenozdagi bir xil hayotiy shaklga mansub va bir yarusni ishg'ol etgan ekobiomorf turlar populyatsiyalari majmuasiga aytiladi.
Sinuziya deganda jamoani tashkil etishda qatnashayotgan turlaming hayot formalari bo'yicha xilma-xilligi tushuniladi. Masalan: pastki yaruslami tashkil etishda gulli o'simliklaming o'tsimon vakillaridan tashqari sporali o'simlikJardan plaunlar, qirqbo'g'imlar va qirqquloqlar ham ayni shu yarusni tashkil qilishi mumkin. .
Odatda sinuziya komponentlari orasida o'zaro uzviy senotik aloqaiar mavjud va hayot ashyolari uchun ancha kuchli raqobat . mavjud bo'ladi.
O'rganilayotgan maydondagi fitotsenozlarda uchraydigan, sinuziya xillari Gams (1918) bo'yicha 3 xil bo'ladi.
Birinchi tartib sinuziyalar — bir tur individlaridan tashkil topadi.
213
Ikkinchi tartib sinuziyalar - bir hayotiy shakl (ekobiomorfa)ga mansub bir necha turlardan iborat bo'ladi.
Uchinchi tartib sinuziyalar - turli hayotiy shakllarga mansub turlar individlaridan tashkil topgan bo'ladi.



Yüklə 71,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə