Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Fanning rivojlanish tarixi



Yüklə 71,94 Kb.
səhifə3/7
tarix04.03.2023
ölçüsü71,94 Kb.
#101899
1   2   3   4   5   6   7
2-O‘simlik jamosi fitosenoz belgilari

1.Fanerufitlar. Bular jumlasiga novdalari qishda ко'rib qolmaydigan hamda yangilanish kurtakiari yerdan yuqorida turadigan daraxt va butalar kiradi.
2.Xamefitlar. Bular o't va chala buta o'simliklar bo'lib, ulaming yer usti poyasi batomom qurimaydi, lekin novdalarf past bo'yli bo'ladi yoki yer bagirlab o'sadi. Yangilanish kurtakiari yer betiga yaqin turadi va qishda qor, mayda shoxchalar, xazon va boshqalar bilan yopilib qolib saqlanadi. Arktikada o'sadigan ko'pgina butalar va mo'tadil kenglik florasining bazi turlari xamefitlar gruppasiga kiradi.
3. Gemikriptofitlar. Bularyer usti novdalari deyarli ostigacha ко'rib qoladigan o'simliklar bo'lib, ulaming tiklanish organlari (kurtaklari) deyarli yer yuzasida turadi va qishda xazon, qurigan shoxchalar va qor bilan bekilib qolib himoyalanadi. Ko'pgina yaylov o’simliklari gemikriptofitlar gruppasiga kiradi.
4. Kriptofitlar. Bu guruhga o'simliklarining yer usti organlari batomom ко'rib qoladi, tiklanish organlari yilning noqulay davrlarida yer ostida yoki suvda (suv o'simliklarida) saqlanib qoladi. Bu guruhga piyozli, tugunakli, ildizpoyali o'simliklar kiradi.
5. Terofitlar. Bu o'simliklaming yer usti va yer osti organlari batamom quriydi. Yilning noqulay davrlarida ulaming faqat urug'igina saqlanib qoladi. Bu guruhga bir yillik o'simliklar kiradi (52-rasm).

1-rasm. Raunkier hayotiy formalarai 5 gruppaga bo'ldi;
1-daraxt, 2-buta, 3-butacha, 4-chala butacha, 5-uzun poyali o't o'simlik (yuqoridagi raqamlar taxminiy yosini ko'rsatadi).
Raunkieming bu klassifikatsiyasidan turli tabiiy mintaqalardagi o'simliklarini o'rganishda ekolog va geobotaniklar keng miqiyosda foydalaniladi.
I.G.Serebryakovning tasnifl esa eko-morfologik asosga ega bo'lib, bunda quyidagi tasniflash birliklari qabul qilingan: bo'lim, tip, siuf, sinfcha, guruh, guruhcha, hyot shakllari sektsiyalari va hayot shakllarining o'zi. Shulardan 6 ta tipni izohlab o'tamiz.
Daraxtlar - doimo ko'p yoki kam rivojlangan ko'p yillik, har xil darajada yog'ochlangan tanadan iborat bo'ladi. Hayotning davom etishi 10 valOO yillar bilan o'lchanadi; balandligi 3-5 m dan 150 m gacha etadi. Daraxtlar ekvatordan to mo'tadil - sovuq poyalaming nam va qisman quruq mintaqalarida tarqalgan.
Butalar - asosan tanasi o'simlik hayotining boshidagina kuzatiladi, keyinchalik esa bir necha tartibdan iborat kuchli shoxlanadi. Yoshi kattalashgan sari asosiy tana to'liq yo'q bo'lib ketadi. Daraxtlardan farq qilgan holda yer ustki qismining davomiyligi ko'p hollarda 10-20 yildan yoki 2-3 yildan toki 30-40 yilgacha davom etishi mumkin. Butalaming balandligi 0,8-1,0 m dan 5-6 m; yer ustki qismi diametri esa 1-2 sm dan 5-8 sm gacha. Kontinental, subalp va subarktika chegaralaridagi o'rmon o'simliklari qoplamining kamdan- kam ediflkatorlari sifatida tarqalgan .
Butachalar - yog'ochlashgan o'simliklar bo'lib, ulaming asosiy poyasi ontogenezning boshlanishida kuzatiladi, keyin esa halok bo'ladi va yer ustki yon poyasi bilan almashadi. Butalardan farq qilib, tik o'suvchi yer ustki poyasi odatda 5-10 yil yashaydi, balandligi esa 5-7 sm dan 50-60 sm atrofida bo'ladi. Asosan mo'tadil - sovuq va sovuq zonalaming baland tog' mintaqalarida tarqalgan.
Chala butalar va chala butachalar-poyasining faqat pastki qismi yog'ochlanib, qolgan qismlari har yili qishda qurib qoladi, faqat ko'p yillik bazal qismi saqlanib qolinadigan o'simliklar hisoblanadi. Monokarp novdalaming rivojlanish jarayoni 3-5 yildan oshmaydi. O'simlikning umumiy balandligi odatda 50-80 sm bo'lib, ba'zan 1,5-2 m gacha yoki undan ham baland bo'lishi mumkin. Asosan quruq mintaqalarda tarqalgan.
O'tsimon polikarplar - ko'p marta gullab, meva beruvchi ko'p yillik o'tlar hisoblanadi. Yer ustki tikka o'suvchi novdalari vegetatsiya davrining birinchi yili oxirida nobud bo'ladi. Yoniga o'suvchi novdalari esa bir necha yil davoniida saqlanishi mumkin. Bu hayot shakllari yer yuzida juda keng tarqalgan.
O'tsimon monokarplar - hayot jarayoni 1,2 yoki bir qancha yil davom etishi hamda bir marta gullab meva berishi, undan key in esa vegetativ qismining qayta tiklanish qobiliyati yo'qolishi hisobiga hosil bo'ladigan o'simliklardir. Ko'pgina madaniy va begona o'tlar kiradi. Shimoliy yarim shar mo'tadil hududlaming adir va subarid mintaqalarida keng tarqalgan.




  1. Yüklə 71,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə