Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Fanning rivojlanish tarixi


Fitotsonologiyaning tadqiqot metodlari



Yüklə 71,94 Kb.
səhifə2/7
tarix04.03.2023
ölçüsü71,94 Kb.
#101899
1   2   3   4   5   6   7
2-O‘simlik jamosi fitosenoz belgilari

Fitotsonologiyaning tadqiqot metodlari.

Ma'lumki, o'simliklar hech qachon tashqi muhitdan ajralgan holda hayot kechira olmaydi. Ular hayotining turli bosqichlarida individlararo va turlararo munosabatda bo'ladilar. Bunday munosabatlar yorug'lik uchun, o'sish va rivojlanish uchun bo'lgan intilishlarda namoyon bo'ladi. Bunday munosabatlar raqobatlik, o'zaro hamkorlik va shunga o'xshash xilma-xil ko'rinishlarda namoyon bo'lishi mumkin. Bunday munosabatlar natijasida turlar ichida tanlanish jarayoni sodir bo'ladi, tanlanish natijasida esa turlaming ayrimlari yanada yuqoriroq rivojlanish imkoniga ega bo'ladi. Ba'zilari esa regres (inqroz) ga tomon boradi.
Hozirga kelib o'simliklar qoplamini klassifikatsiya qilishning o'nga yaqin metodlari mavjud. Ammo ulaming hammasini ikkita katta guruhlarga birlashtirish mumkin:
1 .Dominantlik metodi
Ekologo floristik metod
Sobiq Ittifoq respublika olimlari asosan birinchi metod bilan ishlaganlar va hozirgacha ham ko'pchilik aynan shu metoddan foydalanadilar. Ammo chet el olimlari, ayniqsa Evropa olimlari bu metoddan umuman foydalanmaydilar. Ulaming fikriga ko'ra, ushbu metod juda ham sun’iy natijalarga olib keladi.
Dominantlik metodining asosiy mohiyati shundaki, o'rganilayotgan hududda geobotanik tavsif berilayotgan paytda edifikator va dominant turlarga asosiy e'tibor qaratiladi, ya'ni o'simliklar qoplamida hukmronlik qilayotgan asosiy turlar aniqlanadi va ulaming nomlariga asosan o'simliklar jamoasi (assotsiatsiya) ga nom beriladi. Bir qancha birga o'sayotgan turlar ham ko'rsatiladi. Hududning ekologik va geografik tavsifiga ham e'tibor beriladi. Assotsiatsiya” aniqlangandan keyin dominantlari umumiy bo'lgan assotsiatsiyalar formatsiyaga (yirikroq sintaksonga) bfiriktirilao Ikkinchi, ya’ni ekologo floristik metod bilan klassifikatsiya qilinganda ham eng asosiy sintakson assotsiatsiya bo'lib qolaveradi. Ammo assotsiatsiyani aniqlash juda murakkab tahliliy jarayonlar orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tadqiqotchi juda kuchli florist bo'lishi kerak. Ana shu hududdagi barcha turlar to'liq aniqlanishi shart. Juda ko'p jadvallarga solish va maxsus dasturlardan foyaalanish natijasida assotsiatsiyaga nom beriladi. Bunda uning nomini aniqlash uchun dominant turlar emas, balki ana shu muhit uchun xarakterli bo'lgan turlaming nomlaridan foydalaniladi. Ya'ni, ikkinchi metod orqali aniqlangan assotsiatsiya nomi tilga olinishi bilan, uning ekologik sharoiti ham ko'z oldiga keladi. Ammo ikkinchi metodning murakkabligi va yuksak kvaliflkatsiya talab qilinishi munosabati bilan ko'pchilik haligacha dominantlik (fizionomik) metoddan foydalanib kelishmoqda.
O'simliklaming tatshqi ko'rinishidagi asosiy moslanishlar yig'indisi uning hayotiy formasi yoki biomorfini beradi. :
Hayotiy forma klassifikasiyalari ichida eng qulay va universal klassifikasiya K.Raunkier tomonidan 1905 yilda taklif qilingan. Bu klassifikab. va asosiga o'simliklaming eng muxim moslanish belgilari kiritilgan bo'lib, o'simlik xolati, o'simlikning o'sish kurtaklarini noqulay ob-havo sharoitlaridan himoyalanishi hisobga olingan^ K.Raunkier uzining klassifikatsiyasida o'simliklaming yangilanib turadigan organlarining joylatshishiga va ulaming bu organlaming qishning noqulay sharoitidan (sovuk viloyatlarda) yoki qurg'oqchilikdan himoyalanishiga asoslanadi. K.Raunkier hayotiy formalami 5 ta katta guruxga ajratadi; ,

Yüklə 71,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə