Xi xvasrlarda Skandinaviya mamlakatlari Reja



Yüklə 23,67 Kb.
tarix29.10.2017
ölçüsü23,67 Kb.
#7323

Aim.uz

XI - XVasrlarda Skandinaviya mamlakatlari

Reja:

1. O'rta asrlar davrida Skandinaviya mamlakatlari taraqqiyotlarining xususiyatlari.

2. Daniya.Kalmar ittifoqi.

3. X1V - XV asrlarda Shvesiya.

4. Norvegiya Daniya feodallari hukmronligi ostida.

Adabiyotlar

l. V.F.Semyonov. O'rta asrlar tarixi. Toshkent l973. "O'qituvchi" nashr. 319-326 betlar. 2.V.F.Semyonov. Istoriya srednix vekov. M l973.

3. Xrestomatiya po istorii srednix vekov. Moskva Prosvesheniye 1980. chast II

4.Z.V.Udalsova. Istoriya Yevropi. Moskva nauka. 1988.


Tayanch tushunchalar
Estridyunlar - Daniyada Kanut davlatidan keyin hukumronlik qilgan dinastiya.

Kalmar ittifoqi - Shimoliy federativ davlat rasmiy jihatdan uzoq vaqt (1397- 1523) yashadi. Bu ittifoqga Skandinaviyadagi Shvesiya va Norvegiya ham kirdi.

Rigstag - Shvetsiyadagi birinchi umumtoifaviy yig'in.

Biglerlar - Dunyoviy va cherkov zadagonlari norvegiya biglerlar deb ataladi.


Nazorat savollari

1. Kalmar ittifoqining mohiyati nimada?

2. XIV - XV asrlarda Shvesiyaning ijtimoiy - siyosiy taraqqiyoti to'g'risida gapiring.

3. Norvegiya qaramligi davrining o'ziga xos xususiyatlarni izohlang?

Skandinaviya mamlakatlari, Daniya Shvetsiya,norvegiya o'ziga xos xilma -xil taraqqiyot yo'llari bilan rivojlandi. Bu mamlakatlarda feodalizm sekinlik bilan rivojlandi. Bu mamlakatlarda feodalizm bu mamlakatlarda faqat XII-XIII asrlardan e'tiboran uzil -kesil tarkib topdi.

Erkin dehqonlarning ko'p sonli tabaqasi: yer, o'rmon, suvga ijtimoiy, kollektiv egalik qilishning keng tarqalganligi, to keyingi o'rta asr davrgacha ayrim okruglarda xalq yig'inlarining ishlab kelganligi, xrestianlikning keyinroq yoyilganligi va chuqur ildih otlanmaganligi kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi. Bu mamlakatlar bir- birlaridan alohida-alohida yashar edilar,ularning quruqlikdagi mamlaktlar bilan siyosiy aloqasi nisbatdan zaif edi.

Shu bilan birga Skandinaviya mamlakatlari G'arbiy yevropa mamlaktlariga hujum qilib turganlar. Shimoliy germaniya, Niderlandiya va Angliya tarixi ayniqsa Daniya tarixi bilan bog'lanib ketgan. Ammo ularning G'arbiy
Yevropadan, ayniqsa uning janubiy rayonlaridan ajralib yashaganligi ham aytim o'tishimiz lozim.
Daniya. Daniyada feodalizmning rivojlanishi

Bu uchala mamlakatdan Daniyada feodal munosabatlar ancha tezroq rivojlangan. Konut davlatidan keyin daniyada Estridsonlar dinastiyasi hujumronlik qilganlar. Estridsonlar dinastiyasi xrestian cherkoviga homiylik qilganlar. Cherkov yer egaligining rivojlanishi, cherkov disyatinaning joriy etilishi, Daniyada ancha ko'p miqdorda episkoplarning vujudga kelishi-bularning hammasi XI -XII asrlarda mamlaktda feodal munosabatlarning rivojlanishi da muhim rol o'ynadi. Feodallashtirishning ikkinchi dunyoviy katta yer egaliging o'sishi bo'ldi.

Harbiy xizmat o'tovchi yirik zadagonlar va ko'p sonli ritsarlar yer egaligiga aylanib, dehqonlar ommasi ana shularning krepostnoy qaramligi ostida yashardi. Ko'pgina krepostnoy dehqonlar qullardan tashkil topgan. XII- XIII asrlardan boshlab erkin dehqonlar ham krepostnoy qaramlikka tushib qolganlar.Bo'sh yotgan yerlar korollik mulki bo'lib, bu yerlar dehqonlarga obrok va barshchina evaziga ijaraga berilgan.

XV asr boshlarida erkin dehqonlarga Danyadagi barcha xususiy yerlarning hech bo'lmaganda 15 % qarar edi.

Daniyada dehqonlar qo'zg'oloni shafqatsizlik bilan bostirilar edi. Shimoliy Yutlandiya 1441-1443 yillarda bo'lib o'tgan qo'zg'alon ayniqsa yirik qo'zg'alon edi. Bu qo'zg'olon bostirilgan keyin Yutlandiya dehqonlariga qurol-yarog' taqib yurish uzoq vaqtgacha man etildi.

Valdemir IV Atterdag davrida korol hokimiyatining kuchayishi

Feodallashish jarayoni taraqqiyotining ma'lum bosqichda Daniyani ham feodal tarqoqligiga olib keldi. Yirik dunyoviy va cherkov feodallari korol hokimiyatini cheklab qoydilar.

1282 yili daniya zadagonlari alohida Nyuborg yorliq xartiyasi oldilar, bu xartiyaga muvofiq korol har yili xalq majlisi (Danehofi) chaqirish majburiyatini o'z zimmasiga oldi.Bu oily kengashga shaharlarning ham, dehqonlarning ham bir qancha vakillari bo'lsada, lekin amalda mamlakatni boshqarishda feodallar asosiy rol o'ynaydilar, korol hokimiyatini muntazam suratda nazorat qilgan davlat kengashi shu feodallar qo'lida edi.XIV asrning birinchi yarmida Estrideonlar dinastiyasining ta'siri yoqoldi, ayniqsa 30 yillarda 8 yil davom etgan hokimyatsizlik davrida, Daniya o'ziga qarashli mulklarning bir qismini qo'ldan boy berdi, bu mulklarni shved va Shimoliy german feodallari bosib olgan edilar.

Korol Valdemar IV Atterdag (1340-1375) korol hokimiyatini bir oz vaqt mustahkamlashga muyassar bo'ldi. Valdemar IV davriga kelib Daniyaning Shimoliy va Boltiq dengizlarida o'sib borgan savdo-sotiq ishlaridan xazina manfaatlari uchun ham foydalandi. Valdemar qo'shni Golshtin grafligiga qattiq zarba berib, Zund bo'g'ozi sohillarida shvedlar bosib olgan territoriyani qaytarib oldi. Endilkda Zund bo'g'ozi tamomila Daniya ixtiyoriga o'tdi. Ammo, Ganza ittifoqi bunga qarshi chiqib, Valdemarni muvafaqiyatsizlikga uchratdi.

1370 yilgi Shtralzund sulhiga muvofiq, Valdemar ganzaliklarning Zund bo'g'ozi orqali olib o'tadigan tovarlaridan undiriladigan savdo bojlarini ancha kamaytirish lozim edi.

Kalmar ittifoqi

Valdemar IV ning qizi va taxt vorisi korol va Margarita (1375-1412) Skandinaviyadagi boshqa mamlakatlarning, ya'ni Shvetsiya va Norvegiyaning siyosiy va ijtimoiy qoloqligidan foydalanib, Daniya gegemonligi ostida katta Shimoliy federativ davlat tuzdi. Shimoliy federativ davlat rasmiy jihatdan uzoq vaqt (1397-1523)yashadi. Norvegiya koroli Gakon VI ning xotini bo'lgan Margarita 1375 yili Daniya taxtiga (Valdemar IV vafotidan keyin o'z o'rniga Olafni saylattirishga muvaffaq bo'ldi. Gokon o'lgan keyin (1380) Norvegiya taxti ham Olaf qo'liga o'tdi. Margaritaning o'zi Daniya va Norvegiya koralevasi degan titulni qa'bul qildi. 1397 yili Margarita Shvetsiyani ham ittifoqga kirtishga muvaffaq bo'ldi.

Erik II (Margaritaning nabirasi) rasman daniya, Shvetsiya va Norvegiya koroli deb e'lon qilingan bo'lsada, amalda davlat ishlarini boshqarishda koroleva o'limining oxirigacha asosiy rol o'ynadi.

1397 yilgi Kalmar ittifoqi har holda Skandinaviya mamlakatlarini yagona mustahkam bir davlatga aylantira olmadi. Shimoliy mamlakatlar o'rtasida chuqur ichki ziddiyatlar maydoniga keldi. Daniyaga qarshi oppazitsion harakat ancha kuchaydi. 1435 yildan e'tiboran Daniya korolining hokimiyati Shvetsiyada amalda nomigagina hokimiyat bo'lib qoldi.Shvetsiya olib borilgan kurashlar oqibatida avtanom huquqini olishga erishdi.

1523 yilda daniyaliklarni Shvetsiyadan batamom haydab yubordilar. Shvetsiya mustaqil korollikga aylanib, unga Vaza xonadoniga mansub bo'lgan mahaliy shved dinastiyasi boshchilik qildi.

Norvegiya uzoq vaqtgacha Daniya hukumronligidan xalos bo'la olmadi. Daniya-Norvegiya ittifoqi faqat 1814 yilda barham topib, Norvegiya Daniyadan ozod bo'ldi va lekin shu vaqtdan boshlab, "buyuk davlatlar"tazyiqi ostida Shvetsiya bilan birlashdi.Shvetsiya ittifoqida Norvegiya butun bir asr to 1905 yilgacha yashadi.



Shvetsiya. Feodalizmning rivojlanishi

Shvetsiyada feudal munosabatlar Daniyaga nisbatdan sekinroq rivojlandi. Tabiiy sharoit, tog'lik va o'rmonlarning ko'pligi, aholining siyrakligi yirik feudal yer egaligining rivojlanishini qiyinlashtirar edi. Aholining asosiy qismi deyarli to o'rta asrlaming oxirigacha mustaqil erkin jamoatchilar holatini saqladi. Eng katta yer egaligi Janubiy Shvetsiyada tarqalgan bo'lib, bu yerda dehqonchilik qilish uchun eng qulay massivlar bor edi. Bu yerlarga shved episkoplari, Daniya, germaniyadan kelgan feodallar hukumronlik qilar edilar.


Finlandiyaning istelo etilishi. Rus bilan to 'qnashuv

Ekin ekiladigan yerlarning kamligi sababli shved feodallari Sharqda yangi yerlar bosib olish yo'lini tutdilar. XII-XIII asrlarda shved feodallari Boltiq dengizining Janubiy-Sharqiy rayonlari masalasida daniyalik va nemis feodallari bilan raqobatlashdilar.

XII asrdan boshlab shvedlar Finlandiyaga hujum boshladilar. 1157 yili shvedlar Finlandiyaga salib yurishi tashkil etib, natijada Finlandiyaning anchagina qismini zabt etdilar, finlar esa xretian dinini qa'bul qilishga majbur bo'ldilar.Ular Finlandiyaga qo'shni rus yerlarini ham bosib olishga harakat qildilar. 1240 yilda shvedlar Novgorodga yurish qildilar. Ammo Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy Neva daryosi bo'yida ularga qattiq zarba berdi. (1240 у 15 iyul) shundan keyin shvedlar rus territoriyasini tark etdilar.

XIV- XV asrlarda Shvetsiya

XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab va xususan XIV - XV asrlarda Shvetsiyada feudal munosabatlar uzil - kesil rasmiylashdi. Dehqonlarning yarmi bu paytda hali davlat dehqonlari bo'lib qoldi. Janubiy Shvetsiyada qishloq xo'jaligi bozor abarotiga ko'zga ko'rinarli darajada tortilla boshlandi.Qishloq xo'jalik mahsulotlaridan tashqari, yog'och - taxta, mo'yna, mis, kumush, temir savdo-sotiqning eng muhim tovarlari hisoblanardi. Shvetsiyada qisman savdo-sotiq va sanoat shaharlari pay do bo'la boshladi. Ular orasida Kalmar, Visbi, Elbar Upsala va Abo (Finlandiyada) alohida ajralib turardi.

Korol Magnus Erikson (1319-1363) yirik feodallarga qarshi kurash olib bordi.Shu maqsadda 1359 yili Shvetsiyada birinchi marta umum toifaviy yig'in rigstag chaqirilib, bunga to'rt toifa vakilari:

l) Dunyoviy feodallar.

2) Ruhoniy feodallar.

3) Shaharliklar.

4) Erkin dehqonlar kirar edilar.

Korol zadagonlar bosib olgan yerlarning bir qismini xazinaga qaytarmoqchi bo'ladi, zadagonlar Magnusga qarshi urush boshladilar. Ana shu urush paytida korol ham vafot etdi.

Magnus Eriksonning o'limi bilan Folkuntlar dinastiyasi hukumronligi tugadi. Zadagonlar rigsdradda (davlat kengashida) Shimoliy Germaniyaning shaxzodasi, Meklenburg gersogligining o'g'li Albrextni korol qilib sayladilar. Albrext bilan birga nemis feodallari ham Shvetsiyaga ko'chib kela boshladilar. Bir qancha joylarda ritsarlar, shaharliklar va dehqonlar qo'llariga qurol olib korol amaldorlariga va ajnabiy savdogarlarga qarshi bosh ko'tardilar. Daniya yordamida Albrext taxtdan ag'darilib tashlandi.Biroq 1397 yilgi Kalmar ittifoqi Shvetsiyani yana Daniyaga qaram qilib qoydi. Daniya hukumronligiga qarshi 1434 yilda tog'li Valekarpiada dehqonlar qo'zg'oloni avj oldi.Mayda dvaryan Engelbrent dehqonlarga boshchilik qildi. Qo'zg'olon butun mamlakatga yoyildi. Natijada Daniya koroli Erik Shvetsiyada taxtdan ag'darildi. Shaharliklar va dehqonlar ittifoqida yana umum toifaviy rigstag yig'ildi.

Biroq dehqonlar harakatidan qo'rqgan shved zadagonlari Engelbrekni xoinona o'ldirdilar va Daniya bilan til biriktirib Erikni yana Shvetsiya koroli deb e'tirof etdilar. 1470 yildan boshlab Shvetsiyaga regentlik vakolatlari berildi,shunday qilib, mahaliy dinastiya maydonga keldi. Shvetsiya XVI asrning birinchi yarmidagina Daniya hukumronligidan uzil - kesil xalos bo'ldi.



Norvegiya. Sotsial tuzumning xususiyatlari

Norvegiyada feudal munosabatlar ancha sekinlik bilan rivojlangan. Bu joylarda aholi asosan chorvachilik, baliqchilik, o'rmonchilik bilan shug'ullangan. Dunyoviy va cherkov zadagonlari Norvegiyada biglerlar deb ataladigan o'z guruhlarini barvaqt tuzgan edilar.

Ikkinchi demokratik guruh esa birnenbeynerlar deb atalar edi. Dehqonlardan tashqari, bu guruhga may day dvoryanlar, shuningdek, shaharliklar ham kirar edi.

Butun o'rta asr davomida Norvegiya tarixi Daniya hukumronligi bilan o'tdi. Feodal munosabatlar uzoq yillar davomida Daniya feodallari tomonidan boshqarilib kelindi.




Aim.uz


Yüklə 23,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə