Xayrullayev Eldorbek Organizm suyuq muhitlari zichligini aniqlash, Arximed qonuni o’rganish



Yüklə 25,79 Kb.
səhifə1/8
tarix30.12.2023
ölçüsü25,79 Kb.
#165887
  1   2   3   4   5   6   7   8
Organizm suyuq muhitlari zichligini aniqlash, Arximed qonuni o’rganish

Xayrullayev Eldorbek

Organizm suyuq muhitlari zichligini aniqlash, Arximed qonuni o’rganish

Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz og‘irligiga teng gidrostatik (gazlarda aerostatik) "ko‘tarish kuchi" ta'sir qiladi. Afsonaga ko‘ra, hammomdan qip-yalang‘och chiqa solib, saroy tomon yugurarkan, qadimgi yunon olimi Arximed "Evrika!" - deb xitob qilgan ekan. Yunon tilida bu so‘zning ma'nosi "Topdim!" degani bo‘ladi. o‘sha afsonada aytilishicha, qadimgi Yunoniston podshosi Geron II olimga, o‘z tojining sof oltindan yasalganmi, yo‘qmi, aniqlash vazifasini topshirgan ekan. Shartga ko‘ra, olim, tojni o‘ziga ziyon yetkazmasdan (ya'ni, buzmay va sindirmay) turib, uning metalli sof tilladanmi, yoki, biror boshqa arzonroq metall, masalan, mis yoki, kumush qo‘shilganmi - shuni aniqlashi lozim edi. Tojni tarozida tortib ko‘rish Arximedga qiyinchilik tug‘dirmagan. 

  • Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz og‘irligiga teng gidrostatik (gazlarda aerostatik) "ko‘tarish kuchi" ta'sir qiladi. Afsonaga ko‘ra, hammomdan qip-yalang‘och chiqa solib, saroy tomon yugurarkan, qadimgi yunon olimi Arximed "Evrika!" - deb xitob qilgan ekan. Yunon tilida bu so‘zning ma'nosi "Topdim!" degani bo‘ladi. o‘sha afsonada aytilishicha, qadimgi Yunoniston podshosi Geron II olimga, o‘z tojining sof oltindan yasalganmi, yo‘qmi, aniqlash vazifasini topshirgan ekan. Shartga ko‘ra, olim, tojni o‘ziga ziyon yetkazmasdan (ya'ni, buzmay va sindirmay) turib, uning metalli sof tilladanmi, yoki, biror boshqa arzonroq metall, masalan, mis yoki, kumush qo‘shilganmi - shuni aniqlashi lozim edi. Tojni tarozida tortib ko‘rish Arximedga qiyinchilik tug‘dirmagan. 

Lekin, masalani hal qilish uchun shuning o‘zi yetarli emasdi. Shuningdek, olim tojning hajmini ham o‘lchashi va bu orqali metallning zichligini aniqlab, natijada, uning sof oltindan ekanini bilib olishi mumkin bo‘lgan. U bu masala ustida juda ko‘p bosh qotirgan. Aytishlaricha, boshi qotgan Arximed biroz chalg‘ish va tin olish uchun hammom qilgani tushadi. U vannaga suv to‘ldirib, ichiga butun tanasi bilan sho‘ng‘ib tushib cho‘milmoqchi edi. U suv to‘la vannaga tushishi hamonoq, vannadan muayyan suv toshib chiqib ketganini ko‘rdi. Shu lahzada uning miyasida yarq etib yangi fikr chaqnadi va u "Evrika!" (Topdim!) - deb xitob qilib yubordi. Bunda, Arximed vannaga tushgach, undan olimning tanasi hajmiga teng hajmdagi suv toshib chiqib ketgan edi. Shu tariqa u podsho qo‘ygan masalaning yechimini topgan edi va afsonaning eng keng tarqalgan talqiniga ko‘ra, xursand bo‘lganidan, hatto kiyinishni ham unutib, qip-yalang‘och holda saroyga yugurib borgan ekan.

  • Lekin, masalani hal qilish uchun shuning o‘zi yetarli emasdi. Shuningdek, olim tojning hajmini ham o‘lchashi va bu orqali metallning zichligini aniqlab, natijada, uning sof oltindan ekanini bilib olishi mumkin bo‘lgan. U bu masala ustida juda ko‘p bosh qotirgan. Aytishlaricha, boshi qotgan Arximed biroz chalg‘ish va tin olish uchun hammom qilgani tushadi. U vannaga suv to‘ldirib, ichiga butun tanasi bilan sho‘ng‘ib tushib cho‘milmoqchi edi. U suv to‘la vannaga tushishi hamonoq, vannadan muayyan suv toshib chiqib ketganini ko‘rdi. Shu lahzada uning miyasida yarq etib yangi fikr chaqnadi va u "Evrika!" (Topdim!) - deb xitob qilib yubordi. Bunda, Arximed vannaga tushgach, undan olimning tanasi hajmiga teng hajmdagi suv toshib chiqib ketgan edi. Shu tariqa u podsho qo‘ygan masalaning yechimini topgan edi va afsonaning eng keng tarqalgan talqiniga ko‘ra, xursand bo‘lganidan, hatto kiyinishni ham unutib, qip-yalang‘och holda saroyga yugurib borgan ekan.

Yüklə 25,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə