Xalq xunarmandchiligi texnologiyasini o‘qitish bo‘yicha uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan dars ishlanmasi



Yüklə 17,93 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü17,93 Kb.
#158951
1   2
Xalq xunarmandchiligi texnologiyasini o‘qitish bo‘yicha uzviylik

Dars turi: nazariy.
Dars tipi: kirish darsi.
Darsda qo‘llaniladigan o‘qitish usullari: hikoya, ko‘rgazmalilik, suhbat.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism (darsni tashkil qilish, salomlashish, davomatni aniqlash).
II. O‘tilgan mavzuni so‘rash:
1. Uy-ro‘zg‘orda qanday ta’mirlash ishlarini bajarish mumkin?
2. Ta’mirlash ishlarida qanday asbob-usukuna va moslamalar ishlatiladi?
3. Ta’mirlash ishlarida qanday xavfsizlik qoidalar va sanitariya - gigiyena talablariga rioya qilish kerak?
III. Yangi mavzu bayoni.
Hurmatli o‘quvchilar! Sizlar bilan oldingi darslarimizda uy-ro‘zg‘orda tuzatish ishlarini o‘rgangan edik. Bugungi darsimizdan boshlab sizlar bilan xalq hunarmandchiligiga oid ishlar bilan tanisha boshlaymiz. Bugungi darsimizda yog‘och o‘ymakorligi ishlariga oid ma’lumotlar bilan tanishamiz. Yog‘och o‘ymakorligi o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan bir turi bo‘lib, bunda biror naqsh yoki tasvir taxta yoki yog‘och buyumlarga chizib, kesib, o‘yib ishlanadi. Badiiy san’atning bu turi deyarli barcha xalqlarda bo‘lib, qadimgi Sharqda antik dunyo mamlakatlari arxitekturasida keng ishlatilgan. Asrlar davomida Yevropa va Osiyo mamlakatlarida yog‘och o‘ymakorligi rivojlanib, o‘ziga xos badiiy uslublari kelib chiqqan. Shu singari O‘rta Osiyoda ham yog‘och o‘ymakorligi qadimdan rivojlanib, kishilarning uy-ro‘zg‘or buyumlarida va arxitekturasida juda keng qo‘llanilgan. Bu o‘ymakorlik qadimiy arxitekturaning eshik, darvoza, ustunlar, har xil to‘sin, stol, xontaxta, quticha, ramka, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan (1-rasm). V-VI asrlarga oid yog‘och o‘ymakorligi namunalari Surxondaryo vohasidagi Yumaloq tepa tubidan topilgan. Olimlarimizning aniqlashicha bundan 1-1,5 ming yil muqaddam mazkur joyda naqsh o‘ymakorligi san’ati bo‘lib, u juda yaxshi rivojlanganligi isbotlangan. XIX - XX asr-larda yog‘och o‘ymakorligi, misgarlik, naqqoshlik va san’atning boshqa turlari rivojlanib har bir shaharning o‘ziga xos yog‘och o‘ymakorligi paydo bo‘ldi.
Umum o‘rta ta’lim maktab texnologiya ta’limi uchun qabul qilingan Davlat ta’lim standarti (DTS)ni maqsadi yosh avlodni milliyligimizdan, o‘tmishdagi va hozirda faoliyat ko’rsatayotgan milliy xalq hunarmandchilik sohalariga oid boshlang‘ich bilimlar berish, boshlang‘ich tayanch ko‘nikma va malakalarga ega qilishdan iboratdir. Texnologiya fani o‘qituvchilari ushbu DTS asosida tuzilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha rivojlanish taqozosi bilan ayrim hollarda o‘zgartirish va qo’shimchalar kiritgan holda, yog‘och, metall, gazlama va turli xil materiallarga ishlov berishga asoslangan milliy halq hunarmandchilik sohalari bo‘yicha 5-9 sinf o‘quvchilariga boshlang‘ich bilimlar berish va ularda boshlang‘ich ko‘nikmalarni shakllantirishlari kerak. Buning uchun Texnologiya fani o‘qituvchilari 5-7 sinflarda ajratilgan ma’lum o‘quv soatlari mobaynida milliy halq hunarmandchiligi turlari, tarixi, ularda tayyorlanadigan mahsulot buyumlar turlari, xalq hunarmandchilik maktablari, xalq hunarmandchilik sohalarini asoschilari haqida, 8-9 sinflarda ajratilgan o‘quv soatlari mobaynida bevosita milliy halq hunarmandchilik texnologiyalarini, hunarmandchilik korxonalarini ishlab chiqarishining uslubiy asoslarini, ularni bozor sharoitida faoliyat ko‘rsatish va rivojlanish istiqbollarini o‘rgatish lozim bo‘ladi. Texnologiya fani o‘qituvchisi oldida mavjud o‘quv dasturlari asosida texnologiya ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha yog‘och, metal, gazlama va turli xildagi materiallarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik turlarini, qaysi tartibda o‘quvchilarga o‘rgatish kerak degan muammoni hal qilish vazifasi turadi. Ko‘p yillik tajribalarimizdan kelib chiqqan holda, o‘quvchi yoshlarni yosh xususiyatlari va hunarmandchilik texnologiyasi mohiyati bo‘yicha milliy xalq hunarmandchilik sohalarini quyidagi tartibda o‘qitish maqsadga muvofiqdir. 1. Milliy xalq hunarmandchilik sohalarini ularda ishlatilayotgan material turiga qarab umumlashtirish, yani yog‘ochga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalari, metallga ishlov berishga asoslangan, gazlamaga ishlov berishga asoslangan, turli xil material (tosh, suyak, tuproq gelina, plastmassa va boshqa) larga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalariga bo‘lish kerak. 2. Texnologiya fani bo‘yicha yog‘och va metall hamda gazlamalarga ishlov berishga taalluqli hunarmandchilik sohalaridan o‘quv dasturi bo‘yicha qaysi birini o‘qitishni soha murakkabligiga qarab, sinflarga taqsimlash kerak. 3. Yosh avlodni o‘tmishdagi milliy xalq hunarmandchilik texnologiyalaridan imkon qadar xabardor qilish zaruriyati bo‘yicha ayrim mavzularni to’garaklarda o‘qitish lozim bo‘ladi. Xalq hunarmandchilik sohalarini ishlov berilayotgan materiali bo‘yicha umumlashtirish va sinflararo quyidagicha o‘qitish maqsadga muvofiqdir. Yog‘ochlarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalariga: yog‘och o‘ymakorligi, beshikchilik, aravachilik, egarchilik, sandiqchilik, sandalchilik, savatchilik, buyrachilik, karovot (so’ri) chilik, musiqa cholg‘u asboblarini tayyorlaydigan hunarmandchilik, mebelchilik, milliy rom va eshiklar, uy jihozlari tayyorlaydigan hunarmandchilik va boshqalar kiradi. Metallarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalariga degrezlik, pixtakorlik, o‘ymakorlik, chilangarlik, zargarlik, pichoqsozlik, misgarlik, qandakorlik va boshqalar kiradi. Gazlamalarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalariga kashtachilik, quroqchilik, zardo‘zlik, choponchilik, do’ppichilik, gilamchilik, kigizchilik, ko’nchilik, mo’ynachilik, so‘zana-pardachilik, poyafzal kosibchiligi va boshqalar kiradi. Turli xil materiallarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalariga ganchkorlik, haykaltaroshlik, kulolchilik, suyak va tosh o‘ymakorligi, tandirchilik, qandolatchilik va boshqalar kiradi. Sinflararo o‘qitilish quyidagicha olib borilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi: 5 va 8-9 (yuqori sinflarda bevosita mahsulot tayyorlash) sinflarda yo‘nalishlarga mos holda yog’ochga ishlov berishga asoslanganlardan yog‘och o‘ymakorligi, o‘ymakorlikka asoslangan beshikchilik, egarchilik, metallga ishlov berishga asoslangan degrezlik, quymakorlik, chilangarlik, gazlamaga ishlov berishga asoslangan kashtachilik, quroqchilik, kashtachilikka asoslangan choponchilik, do‘ppichilik, kabi hunarmandchilik sohalarini o‘qitish. 6 va 8-9 (yuqori sinflarda bevosita mahsulot tayyorlash) sinflarda yo‘nalishlarga mos holda yog’ochga ishlov berishga asoslangan sandiqchilik, aravachilik, karovot(so’ri)chilik, metallga ishlov berishga asoslangan zargarlik, pichoqsozlik, gazlamaga ishlov berishga asoslangan gilamchilik, ko’nchilik kabi hunarmandchilik sohalarini o‘qitish. 7 va 8-9 (yuqori sinflarda bevosita mahsulot tayyorlash) sinflarda yo‘nalishlarga mos holda yog’ochga ishlov berishga asoslangan savatchilik, buyrachilik, sandalchilik, metallga ishlov berishga asoslangan misgarlik, qandakorlik, gazlamaga ishlov berishga asoslangan kigizchilik, so‘zana – pardachilik kabi hunarmandchilik sohalarini o‘qitish maqsadga muvofiqdir. To‘garaklarda yosh avlodga yog’ochga ishlov berishga asoslangan musiqa cholg‘u asboblarini tayyorlaydigan hunarmandchilik, mebelchilik, milliy rom va eshiklar, uy jihozlari tayyorlaydigan hunarmandchilik, metallga ishlov berishga asoslangan pixtakorlik, gazlamaga ishlov berishga asoslangan mo’ynachilik, poyafzal kosibchiligi va turli xil materiallarga ishlov berishga asoslangan milliy xalq hunarmandchilik sohalaridan ganchkorlik, haykaltaroshlik, kulolchilik, suyak va tosh o‘ymakorligi, tandirchilik, qandolatchilik kabilarini o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Texnologiya fani bo’yicha qabul qilingan DTSlarga tahlil asosida e’tibor qilsak, har qanday hunarmandchilikni asosi va uni yuzaga chiqaradigan hamda bezash vazifasini bajaradigan naqqoshlik haqida kam e’tibor qilingan. Qaysi xalq hunarmandchiligi sohasi bo’lmasin, uni o’rgatishdan oldin o‘quvchilarga albatta naqshchilik haqida o’rgatish lozimdir. Chunki, xalq hunarmandchiligida tayyorlanayotgan mahsulotini naqsh solmasdan mahsulotni bezak naqshsiz tayyorlay olmaydi.
Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə