239
XIV -MAVZU. RAQOBAT VA YAKKA HOKIMLIK
REJA:
14.1. Raqobatlashmagan bozorlar va ularning xususiyatlari
14.2. Sof monopoliya va bozor hokimiyati
14.3. Monopol sharoitda narx bеlgilash va monopol hokimiyat ko`rsatkichi
14.4. Monopol hokimiyat va jamiyat farovonligi
14.5. Monopol narxga soliqlarning ta'siri
14.1.
Raqobatlashmagan bozorlar va ularning xususiyatlari
Sof monopoliya
- bu bitta sotuvchi va ko`p xaridorlar qatnashgan
bozor, yoki o`rnini bosadigan tovar bo`lmagan tovarni sotadigan yagona
sotuvchi bo`lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma
bo`lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga
teng bo`lgan bozor. Sof monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga
teskari bozorlar hisoblanadi (14.1-jadval).
14.1-jadval