O.
Mavlonov
BIOLOGIYA
(ZOOLOGIYA)
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
7-sinfi uchun darslik
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan
to‘rtinchi nashr
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tomonidan tasdiqlangan
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent – 2017
Aziz o‘quvchilar
Siz O‘zbekistonimizning ko‘rar ko‘zlari, yorqin kelajagisiz. Biologiya darsligi sizni
rang-barang va xilma-xil hayvonot dunyosiga olib kiradi. Darslik sizga hayvonlarning
tuzilishi, hayot kechirishiga doir bilimlar beradi. Sizni faol bilim olish va mustaqil
fikrlashga o‘rgatadi. Siz uni qunt bilan o‘qisangiz, hayvonlar hayotidan juda ko‘p
narsalarni bilib olasiz. Bilganlaringiz esa sizga kelgusida kasb tanlashingizda yordam
beradi. Hayvonot va o‘simliklar dunyosini yaxshi bilgan kishi uni sevadi va ardoqlaydi.
Ilm cho‘qqilari sari qadam tashlashingizda doimo omad yor bo‘lsin!
Muallif
© Mavlonov O., 2005, 2017.
© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2005, 2017.
ISBN 978-9943-07-508-5
Shartli belgilar:
Mas’ul muharrir:
Azimov D. A. – O‘zR FA akademigi, biologiya fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar:
Xolmatov B. R.
– O‘zR FA O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti katta ilmiy
xodimi, biologiya fanlari nomzodi;
Azimov I. T.
– Nizomiy nomidagi TDPU «Biologiya o‘qitish metodikasi» kafed rasi katta
o‘qituvchisi;
Haytboeva S. R. – Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 178-maktab biologiya fani
o‘qituvchisi;
Ikromov O.
– Toshkent shahar Shayhontoxur tumanidagi 102-maktab biologiya fani
o‘qituvchisi.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.
– juftlab yozing;
?!
– jumboqni yeching,
topishmoqni toping.
– bilimingizni
sinab ko‘ring;
– tasdiqlovchi
javoblarni aniqlang;
UO‘T: 57=512.133(075.3)
KBT 28.0ya72
M 13
SO‘ZBOSHI
O‘lkamiz tabiati nihoyatda jozibali, uning hayvonot dun
yosi esa
juda xilma-xil. Hayvonlarni inson qadami yetgan hamma joyda: gul-
lab turgan vodiylardan tortib baland tog‘li cho‘qqilarda, osmono‘par
binolar qad ko‘tarib, hayot qaynab turgan shaharlar-u go‘yo hayotsiz
ko‘ringan jazirama qumli cho‘llarda ham uchratish mumkin.
Mamlakatimiz daryo va ko‘llarida baliqlarning 70 ga yaqin turi,
bir hujayralilardan tortib hasharotlargacha bo‘lgan
xilma-xil guruhlar-
dan iborat umurtqasiz hayvonlarning minglab turi uchraydi. Be-
poyon cho‘llar, vodiylar, ulkan tog‘ tizmalari va vohalarda sudralib
yuruvchilarning 60 ga yaqin, sutemizuvchilarning 100 ga yaqin va
qushlarning 400 dan ortiq turi, 11 000 turdan ortiq hasharotlar,
yuzlab o‘rgimchaksimonlar va boshqa hayvonlar tarqalgan.
Vatanimiz hayvonot dunyosi juda qadimdan shakllanib kelgan.
Hayvonlarning bir qancha turlari dastlab mana shu o‘lkada paydo
bo‘lgan; boshqa turlari qo‘shni hududlardan kelib qolgan. Orol
bakra balig‘i, soxta kurakburun baliq, tur
kis
ton agamasi, turkiston
gekkoni, qum bo‘g‘ma iloni, ingichka barmoqli qo‘shoyoq, ko‘k
sug‘ur va boshqa ko‘pgina turlar O‘rta
Osiyo hududida tarqalgan
bo‘lib, boshqa o‘lkalarda deyarli uchramaydi.
Mamlakatimizda hayvonlarni muhofaza qilish, yo‘qolib borayot-
gan turlarni saqlab qolish va ko‘pay
tirishga katta e’tibor berilmoq-
da. Bu muhim ish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham
o‘z ifodasini topgan. Biroq faqat davlatimiz tomonidan amalga
oshirilayotgan ishlarning o‘zi hayvonot dun
yosini
muhofaza qilish
uchun yetarli emas. Bu ishga umum
xalq e’tiborini qaratish ke-
rak. Buning uchun har bir o‘quvchi o‘z vatani tabiiy boyliklaridan
biri bo‘lgan hayvonot dunyosini asrab-avaylash va muhofaza qilish
chora-tadbirlarini yaxshi bilishi va ularga qat’iy amal qilishi lozim.
Darslikda asosiy tushunchalar va terminlar kursiv (yotiq harflar)
bilan ajratib ko‘rsatilgan. Mavzular oxirida bilimni tekshirish uchun
savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar keltirilgan.
3
4
Siz ushbu bobni o‘qib, hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirish
xususiyatlari, tabiatda va odam hayotidagi ahamiyati, ularni klassi-
fikatsiya qilish to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishingiz lozim.
1-§. Zoologiya fani va uning vazifalari
Zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiya (
zoon –
hay von,
logos – fan) – hayvonlarning tuzilishi, hayot kechiri-
shi, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganadigan fan. Hayvonlarning
xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda
va inson hayotidagi ahamiyati,
kelib chiqishini o‘rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi.
Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir
guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, yer yuzida
tarqalishini, boshqalari alohida guruhlarini o‘rga
nadi.
Zoologiya – eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi
asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan.
Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif be
rilgan.
16–17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk
mikroskop-
da ko‘rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney
18-asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rga-
nishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o‘rtalarida hay-
vonlarni o‘rganish orqali o‘zining olamshumul evolyutsion ta’limo-
tini yaratdi. Zoologiya tibbiyot, chorvachilik va xalq xo‘jaligining
boshqa sohalari bilan bog‘liq.
Zoologiya fanining rivojlanishiga o‘zbekistonlik olimlar ham katta
hissa qo‘shishgan. D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar
ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi. L. M. Isayev va P. F. Bo-
rovskiy olib borgan tadqiqotlar O‘rta Osiyoda rishta,
bezgak paraziti
va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugati
lishi uchun
asos bo‘ldi. T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov va boshqa olimlar
I bob. Hayvonlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot
HAYVONLAR TO‘G‘RISIDA
UMUMIY MA’LUMOT
I
BOB