SHAXSIY SOTISH MAZMUNI
MOHIYATI VA VAZIFALARI
Tayyorladi: Madaminova Marhabo
Mr-61 guruh
Shaxsiy sotish mazmuni mohiyati va vazifalari
To’g’ridan-to’g’ri marketing tovar yoki xizmat ishlab chiqaruvchisi
va mijozlar o’rtasida bevosita kommunikatsiya o’rnatishni qamrab
oladi.
Shaxsiy sotish
– tovarni bitta yoki bir nechta potensial
mijozga taqdim etish
bo’lib, bevosita muloqot jarayonida amalga
oshiriladi hamda tovarni sotish va ushbu
mijozlar bilan uzoq muddatli o’zaro
munosabatlar o’rnatish maqsadini ko’zlaydi.
Shaxsiy sotishning asosida mijoznnig
ehtiyojlaridan kelib chiqib, sotuvchining
mijozni qo’shma faoliyatga jalb qilish
imkoniyati yotadi, u harakatlar
kelishilganligi,
har bir qatnashchining ushbu faoliyat
maqsadlari, vazifalari va o’ziga xosliklarini
yaxshi tushunishi va qabul qilishini taqozo
etadi
Kommunikatorning atrofdagilarga
manfaatdor hamkorlarni o’ziga jalb qilish,
ularni ma’lum bir harakatlarga undash,
ularning fikr va dunyoqarashlarini o’ziga
mos ravishda o’zgartirish maqsadida ta’sir
ko’rsatishi – ishbilarmonlik muloqoti
strategiyasining asosi hisoblanadi.
OLDI-SOTDI JARAYONINING MA’LUM BIR BOSQICHLARIDA, AYNIQSA, XARIDNI AFZAL KO’RISH,
ISHONTIRISH VA AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARIDA SHAXSIY SOTISH ENG SAMARALI VOSITA
Dostları ilə paylaş: |