|
Termiz davlat universitetining pedagogika institutiTanadagi miotomlardan tashqari, embrionning kallaMuskullar.ppt. Soxiba Tanadagi miotomlardan tashqari, embrionning kalla
sohasida uchta ensa hamda quloq oldi miotomi va
beshta visseral ravoq miotomlari bo'ladi. Umurtqa
pog'onasi atrojidagi miotomlardan bo'yin, ko'krak,
orqa, qorin, qo'l va oyoq mushaklari taraqqiy qiladi.
Uchta ensa miotomidan til va til osti sohasidagi
mushaklar rivojlanadi.
Birinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasini harakatga kelliruvchi ko'pchilik mushaklar rivojlanadi.
Ikkinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining yuqorigi qiyshiq mushagi -m. trochlearis rivojlanadi.
Uchinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining lateral to'g'ri mushagi - m. rectus oculi lateralis
rivojlanadi.
Birinchi visseral ravoq mandibular ravoq deyilib, quyidagi mushaklar rivojlanadi: chaynov mushaklari va
m. mylohyoideus, ikki qorinchali mushak - m. digastricus ning oldingi qorinchasi, nog'ora bo'shlig'idagi
nog'ora pardani taranglovchi mushak - m. tensoris thympani, yumshoq tanglayni taranglovchi mushak -
m. tensor veli palatini. Ikkinchi visseral ravoq gioid ravog'i deb atalib, bu ravoqdan mimika mushaklari,
ikki qorinchali mushak - m. digastricus ning orqa qorinchasi, bo'yindagi teri osti mushagi - m. platisma
rivojlanadi. Uchinchi visseral ravoq birinchi jabra ravog'i deb atalib, bu ravoqdan halqumning m.
stylopharyngeus mushagi rivojlanadi. To'rtinchi visseral ravoq ikkinchi jabra ravog'i deb atalib, bu
ravoqdan halqumning qisuvchi mushaklari rivojlanadi. Beshinchi visseral ravoq uchinchi jabra ravog'i
deb atalib, ikkinchi jabra ravog'ining ishtirokida bo'yindagi m. sternocleidomastoideus mushagi va
Dostları ilə paylaş: |
|
|