O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining
huquqiy asoslari va infratuzilmasining
yaratilishi.
Reja:
I.
Kirish.
II.
Asosiyqism.
1.
O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish
yo’llari.
2.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari
va xususiyatlari.
3.
Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning
asosiy yo’nalishlari.
III.
Xulosa.
IV.
Foydalanilganadabiyotlarro’yxati.
Kirish.
O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohotlar o’tkazilib, butun iqtisodiy
munosabatlar tizimi qayta quriladi va o’zgartiriladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish
davri
- ma‘muriy buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish
hamda bozor tizimining asoslarini shakillantirish jarayonlari amalaga
oshiruvchi tarixiy davrdir. Jahondagi ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning
tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li - ilmiy asosda
(ravishda) boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan
olindi. Bir qator davlatlar shu yo’lni tanladilar. Ya‘ni:
1.
Rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2.
Rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;
3.
Sobiq sotsiolistik mamlakatlar yo’li;
4.
Sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish
mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li (Xitoy, V‘etnam)
Bozor iqtisodiyotiga o’tish har bir mamlakat uchun xos bo’lgan model
(nusxa yoki andozaga) ga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning
umumiyligi va farqi bo’ladi.
Umumiyligi
– ularning hammasi bozor
iqtisodiyotiga o’tishning qonun-qoidalariga amal qiladi. Shuning bilan birga
ko’rsatib o’tilgan har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Masalan,
bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar
xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga
va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.