|
Muhandislik -geologik tadqiqotlar YER HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR-qullanma 1. YER HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1.Geologiya fani haqida umumiy tushunchalar
Geologiya
- Yer haqidagi fan bo’lib, yunoncha geo - Yer, logos - fan
ma’nosini anglatadi. Geologiya tabiiy fanlar tizimiga kiradi va u Yerning tuzilishi,
paydo bo’lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganadi.
1
«Geologiya» atamasini
birinchi bo’lib norvegiyalik olim M.P.Esholt 1657 yilda fanga kiritgan.
Yer shar shaklidagi tabiiy jism bo’lib, Quyosh tizimidagi osmon
jismlaridan biri hisoblanadi. Yer shari turli tabiiy fanlarning o’rganish ob’ektidir.
Astronomiya
yerning
fazoda
tutgan
o’rnini,
geografiya,
geodeziya,
geomorfologiya Yer sirtining tabiati, tabiiy muhitlari, rel’yef shakllari hamda
elementlarini o’rganadi. Biologiya esa yerda tirik hayot - o’simlik va hayvonot
olami evolyusiyasini, tuproqshunoslik Yerning eng ustki hosildor yupqa
qatlamini o’rganadi. Qurilish muxandislari Yerni qurilish materiallari manbai deb
qarashadilar. Yuqorida qayd etilgan fan sohalari Yerning faqat ustki
qatlamlarida sodir bo’layotgan jarayonlar va hodisalarning rivojlanishi hamda
o’zgarishinigina o’rganadi.
Geologiya fani esa Yerning ustki qismini o’rganish bilan bir qatorda,
uning ichki tuzilishini, tarkibini va undagi kechayotgan hodisalar va jarayonlarning
rivojlanish qonuniyatlarini ham o’rganadi. Geologlar Yerni turli mineral va tog’
jinslaridan tarkib topgan, ichki va tashqi kuchlar ta’sirida doim o’zgarib turadigan
sharsimon tabiiy jism deb tushunadilar.
Geologiya fani o’rganadigan masalalar keng ko’lamli bo’lganligi sababli
turli yo’nalishlar va sohalardan tarkib topgan, ularning har biri muayyan
vazifalarni echadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|