13
to‘g‘risida gapirish mumkin. Ichki membranaga zich plastinka - oqsil qavvati
birikadi. Bu oqsil qavvatiga interfazada xromatin birikadi. Natijada irsiy
materialning tartibli joylashishi ta`minlanadi. Zich oqsil qavvati hatto membranalar
jarohatlanganda ham yadro shaklining o‘zgarmasdan saqlanishiga imkon yaratadi.
Yadro shirasi (nukleoplazma) – yadro matriksi, uning ichki muhiti, har xil
oqsillarni saqlaydi. Fermentativ oqsillar metabolizm jarayonida qatnashadi,
fibrillyar oqsillar esa tayanch funksiyalarini bajaradi.
Yadrocha (nukleola) asosan RNK dan tashkil topadi.
Ribonukleoproteid iplar yadrochaning fibrillyar qismini tashkil etadi,
yadrochaning donador qismi esa preribosomalardan iborat.
Xromatin – faol, funksiyani amalga oshiradigan yadroning irsiy moddasi. Hujayra
bo‘linishi davrida xromatin xromosomalarga aylanadi. Despiralizatsiyalashgan
xromatinda nukleogistonning har xil kondensatsiyalashadigan qismlari tafovut
etiladi. Ipsimon, sust bo‘yaluvchi qismlar euxromatin deyiladi, ular odatda,
strukturaviy genlardan tashkil topadi, xromosoma yelkalarining tarkibida uchraydi.
Geteroxromatin yuqorida darajada spirallashgan bo‘ladi. Geteroxromatinning ikki
turi bor:
1. Strukturaviy geteroxromatin - genlarni saqlamaydi, sentromera va yo‘ldosh
qismlarida bo‘ladi (yo‘ldosh ikkilamchi belbog‘ bilan ajratilgan xromosoma
yelkasining qismi);
2- rasm. Hujayra yadrosi ko’ndalang
kesimining sxematik tasviri.
1-
yadro teshigi;
2-tashqi yadro
membranasi;
3-ichki yadro membranasi;
4- yadro atrofi bo‘shlig‘i;
5-
yadrocha;
6- ribosomalar;
7- endoplazmatik to‘r;
8-
xromatin;
9-
yadro shirasi.
14
2.Fakultativ geteroxromatin ikkita gomologik xromosomalarning birining
kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan X- xromosomalardan biri
kondensatsiyalashib jinsiy xromatinni (Barr tanachasini) hosil qiladi (3-rasm).
Xromatin hamda xromosoma morfologik va funksional jihatdan farq qiladi:
xromatin – irsiy moddaning dekondensatsiyalashgan funksional faol holati,
xromosoma esa nukleogistonning maksimal spirallashgan holati bo‘lib, unda irsiy
axborot nusxa ko‘chirilishi kuzatilmaydi. Xromatinning spirallashishi va
kondensatsiyalanishi (zichlashishi) natijasida xromosomalar hosil bo‘ladi. Bunda
ingichka iplar zichlashib, xarakterli tuzilishga ega bo‘lib qoladi: har bir xromosoma
ikkita yelka va birlamchi belbog‘ – sentromeradan tashkil topadi. Sentromeraning
joylashishiga qarab xromosomalar bir qancha turlarga bo‘linadi. Ba`zi
xromosomalarda ikkilamchi belbog‘ bo‘ladi. Masalan, odamlarning 13, 14, 15, 21,
22 juft xromosomalarida ikkilamchi belbog‘ bor, o‘sha joylarda yadrocha hosil
qiluvchilar joylashadi. Hujayraning bo‘linish davrida ikkilamchi belbog‘larda
yadrocha moddalari taqsimlanadi. Xromosomalarning strukturasi mitozning
metafazasida aniq ko‘rinadi, shu tufayli sitogenetik tahlillarda, xromosomalarni
tasniflanishida metafaza xromosomalari tekshiriladi.
3-rasm. Jinsiy xromatin.
A-ayol terisi epidermisi hujayrasining
yadrosi:
1-kariolemma,
2-xromatin,
3-jinsiy xromatin.
B- ayol neytrofil leykotsiti:
1- yadro,
2- jinsiy xromatin.