Texnika va taktikani o’zaro bog’liqligini o’rgatish.
Musobaqalarga qatnashish uchun zarur bo’lmish o’yin texnikasi va taktikasini, maxsus bilim va malakalarni egallash texnik-taktik tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi. Texnik-taktik tayyorgarlik - bu maxsus harakat malakalarini egallash, taktik fikirlash (tafakkur), ijodiy qobiliyatlarni jarayonidir.
harakatni har qanday ongli bajaralishi ma’lum bilimlardan foydalanish muhimligi nazarda tutiladi: sharoitga qarab harakat usulini tiklash, harakatni amalga oshirishda asosiy elementlarni to’g’rilay bilishni bajarish, bajarilishi muhimligini tushunish va erishilgan narsani baholay bilish (baholash).
har bir o’yin priyomi (usuli) malum taktik vaziyatda qo’llash uchun mo’ljallangan. Shunga muvofiq harakat vazifasini hal qilishni tez va tejamkorlik bilan amalga oshirish uchun "vaziyatni oqlovchi" texnika tanlanadi.
Shuning uchun malaka texnik-taktik va o’yin faoliyatini boshqa hamma tomonlarini uzviy ravishda birligini ko’rsatadi.
Bir tomondan, taktika texnikani tanlashni talab qilsa yani qanday harakat usulini qo’llashni, boshqa tomondan esa texnikani imkoniyatiga qarab taktika tanlanadi. Shunday qilib, texnika va taktika galma-gal (navbatma-navbat) limitlovchi belgilovchi omilday bo’lishi mumkin.
o’yin malakasini texnik va taktik egalash yo’llari har xildir. Agar texnika mustahkamlanib va avtomatizmgacha o’tkazilsa, taktika esa bunga deyarli muhtoj emas. Muhimi echim bir xil bo’lib qolmaslikda.
Taktik harakatlarni qaysi biri u yoki bu sharoitga to’g’ri kelishligini oldindan seza va bila olishlik juda ahamiyatlidir. o’yin faoliyatini o’rganish bir necha bosqichlardan tashkil topadi:
- boshlang’ich o’rgatish bosqichi, bunda o’yin bilan umuman tanishish, o’yin faoliyatini asosiy tuzilishi o’zlashtiriladi va kelajakdagi o’rganishlar uchun zamin yaratiladi;
- o’yin mohiyatini chuqur o’zlashtirish bosqichi, bunda o’yin texnikasi va taktikasining butun (hamma) elementlari o’rganiladi va ularni musobaqa sharoitida ishlata olishlikka o’rganiladi (ega bo’linadi).
- takomillashtirish bosqichi, o’yindagi hamma elementlarni yuqori darajada egallab olinganlik bilan xarakterlanadi, o’rganilgan malaka va bilimlarni har xil darajadagi musobaqalarda qo’llay bilishlikni shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: |