211
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA RIVOJLANGAN
DAVLATLAR TAJRIBASI
Ilmiy rahbar: Saidova Marhabo Xabibullo qizi
“Iqtisodiy xavfsizlik”kafedrasi v.v. b. dotsenti, PHD, TDIU
Nematov Nozimjon Nodirjon o’g’li
Moliyaviy xavfsizlik yo’nalishi
2- kurs MIM 10- guruh magistranti, TDIU
Tayanch
so’zlar:
korrupsiya,
korrupsiyaviy
jinoyatlar,
korrupsiyaga
qarshi
kurashish, hokimiyatni suiiste’mol qilish, poraxo’rlik, mansabdorlik jinoyatlari.
Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida korrupsiya davlatlar rivojlanishiga, iqtisodiy,
siyosiy,
ma’naviy
yuksalishiga
to’sqinlik
qilayotgan
salbiy
illat
sifatida
paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek,
“Korrupsiyaning
oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini
yaratib bo’lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog’i rivojlanmaydi”[1].
Haqiqatdan ham, korrupsiyaviy jinoyatlar davlatning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi,
shuningdek xalqning
davlat
organlariga
nisbatan
ishonchini susaytiradi
[2].
O’zbekiston
Respublikasi
mustaqillikka
erishgan
ilk
kunlardan
boshlab
korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatiga yetarli
darajada etibor berilmasdan, asosan,
davlatning bir qator asosiy shartnomalarga qo’shilishi
bilan harakterlanib,
korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratish, rivojlangan
davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo’lidagi tajribasini o’rganish, ularni
amaliyotga tadqiq qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini qonuniy tartibga solish
masalalariga oid zarur chora-tadbirlar ko’rilmadi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab
korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatiga yetarli darajada etibor berilmasdan, asosan,
davlatning
bir
qator
asosiy
shartnomalarga qo’shilishi bilan harakterlanib,
korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratish, rivojlangan
212
davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo’lidagi tajribasini o’rganish, ularni
amaliyotga tadqiq qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini qonuniy tartibga solish
masalalariga oid zarur chora-tadbirlar ko’rilmadi.
MATERIAL
VA METODLAR
Mazkur maqola tahliliy tadqiqot sifatida qonun hujjatlari va ilmiy-nazariy
manbalar tahlilini o’z ichiga oladi. Ushbu maqolada sohaga oid ilmiy tushunchalar,
nazariyotchi olimlarning qarashlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda rivojlangan
davlatlarning tajribalari tahlil qilingan. Maqola
mavzuga oid tushunchalarni
o’rganishdan boshlangan hamda korrupsiyaga qarshi
kurashda
rivojlangan
davlatlarning tajribalari tahlil qilinib, ularning tajribasini bizning qonunchiligimizga
joriy qilishga oid xulosalar bilan yakunlangan. Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda tizimli
hamda qiyosiy-huquqiy tahlil qilish,
shuningdek, induksiya, deduksiya, analiz, sintez,
tarixiy-huquqiy va statistic ma’lumotlar tahlili kabi usullardan foydalanilgan. O’zbekiston
Respublikasida olib borilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash, sud-huquq islohotlari,
jinoyat qonunchiligini takomillashtirishga oid tahlillar tadqiqot
ishining metodologik
asosini tashkil etadi.
TADQIQOT NATIJALARI
Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro institutlar ichida Birlashgan Millatlar
tashkiloti muhim rol o’ynaydi. BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi
kurashga yo’naltirilgan hujjatlar ichida 2003-yil dekabr oyida qabul qilingan
Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi katta ahamiyat kasb etadi [7]. O’zbekiston
Respublikasi 2008-yil 7-iyuldagi qonun bilan mazkur Konvensiyaga qo’shilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha nafaqat BMT,
balki Yevropa Ittifoqi, Jahon
banki, Transperensy International xalqaro nohukumat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkiloti, Butunjahon bojxona tashkiloti ham
korrupsiyaga qarshi kurash
bo’yicha o’zlarining faoliyatida alohida e’tibor berib kelmoqda. Ushbu tashkilotlar
tomonidan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashda hamkorlik qilish va boshqa
davlatlarni, xalqaro biznes tashkilotlarini korrupsiyaga qarshi kurashga jalb qilishga
qaratilgan
qator
xalqaro
hujjatlar
qabul
qilingan.