|
Vol. 39 (2023): Miasto Przyszłośc I +62 811 29280082023-3Vol. 39 (2023):
Miasto
Przyszłośc
i +62 811 2928008 .
117
Miasto Przyszłości
Kielce 2023
5-rasm. “Darg’om Parranda Fayz” hamda “Navobod Naslli Parranda” parrandachilik
fermalaridan olib kelingan namunalarni laboratoriya sharoitida bakteriologik tekshirish
jarayonlari.
Respublikamizning Samarqand viloyati parrandachilik xo‘jaliklarida parrandalar orasida keng
tarqalgan aralash infeksion (kolibakterioz va pulloroz) kasalliklarining epizootologiyasi, kechishi va
klinik belgilari, patologoanatomik o‘zgarishlar, tashxis qo‘yish va qarshi kurash chora-tadbirlarini
o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Kasallikka tashxis qo‘yishda kompleks usuldan, ya'ni epizootologik ma'lumotlar, klinik belgilar,
patologoanatomik o‘zgarishlar va laboratoriyaviy tekshirishlardan foydalanildi.
Kasallikning kechishi va klinik belgilarini o‘rganishda, galada 10,000 bosh parrandalardan necha
bosh parranda kasal bo‘lishi va ulardan necha foizi o‘lishi, kasallikning namoyon bo‘lishi, ya'ni tana
haroratini ko‘tarilishi, nafas olish tezligini, ishtahasi, holati, tashqi ta'sirlarga javobi, harakati,
harakatdagi nuqsonlari, ko‘rinadigan shilliq pardalar holati, pat qoplami holati, ovqat hazm qilish a'zolari
holati kabilar e'tiborga olinadi. 22 bosh o‘lgan parrandalarning 10 donasi patologoanatomik
tekshiruvdan o‘tkaziladi va bunda tananing tashqi ko‘rinishi, tabiiy teshiklardan ajralgan suyuqliklarning
bor-yo‘qligi, ularning tarkibi va konsistensiyasi, pati, terisi, teri osti to‘qimalarining holati, qorin va
ko‘krak bo‘shliqlaridagi a'zolarning holati va o‘zgarishlari qayd qilinadi.
Laboratoriyada tekshirish uchun majburiy so‘yilgan, o‘lgan parrandalar yoki ulardan olingan
patologik namunalar (jigar, yurak, buyrak, o‘pka, ichak) aseptika qoidalariga rioya qilingan holda olindi.
Keltirilgan namunalardan buyum oynachalariga bosma surtmalar tayyorlanib, Gramm usulida bo‘yaldi,
mikroskopik va bakteriologik tekshirildi. Buning uchun patologik materialning yuzasi qizdirilgan
skalpel bilan kuydiriladi. Kuydirilgan joyga Paster pipetkasi sanchilib steril holda suyuqlik olinadi va
yonib turgan spirtovka ustida go‘sht peptonli qaynatma (GPQ), go‘sht peptonli agar (GPA) oziq
muhitlariga ekildi. Ozuqa muhitlari +37,5-38,50Cli termostatga o‘stirishga qo‘yildi. Ozuqa muhitida
kasallik qo‘zg‘atuvchisining bor-yo‘qligi, ozuqa muhitlari rangining xiralashishiga ko‘ra hamda ozuqa
muhitlaridan surtmalar tayyorlanib Gramm usulida bo‘yalgandagi va mikroskopiya usulida aniqlandi.
|
|
|