227
2023 MAY
SO’Z TURKUMLARINI O’QITISHDA KLASTER VA BBB USULIDAN
FOYDALANISH
Tursunova Diloromxon Erkinjon qizi
Namangan Davlat Universiteti magistratura lingvistika o’zbek tili yo’nalishi 2-
kurs magistranti.
Annotatsiya: ushbu maqolada tilshunoslik bo‘limining eng muhim bo‘limlaridan
biri sanalgan Morfologiya va uning o‘rganish ob’yekti sanalgan so‘z turkumlari hamda
ularni ona tili darslarida o‘rganish usullari haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Kalit so‘zlar: zamonaviy ta’lim, metod, klaster, interfaol, so‘z turkumlari, texnik
vositalar.
Ma’lumki, muvaffaqiyat muvaffaqiyatlarga olib keladi. Ta’limni hech qachon e’tibordan
chetda qoldirib bo‘lmaydi, chunki ta’lim har qanday jamiyatning yuragini tashkil qiladi. Har
qanday jamiyatning muvaffaqiyati uchun
yangi kashfiyotlarni yaratish, bu kashfiyotlarni
bilish orqali ta’limga erishish mumkin. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan davlatlarning
o‘sishi odamlarga berilayotgan ta’lim sifatiga bog‘liqdir. Sifatli ma’lumotga ega bo‘lgan
odamlar jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘sishi va rivojlanishiga olib keladigan
islohotlarni amalga oshirish orqali jamiyatni yaxshilashga qodir.
Bugungi kunda faqatgina ma’ruzaga asoslangan an’anaviy darslar vaqti o‘tdi.
Axborot oqimi sur’ati tezlashgan ijodkor bir paytda o‘tilayotgan har bir dars rang-barang
bo‘lmasa, o‘quvchi e’tiborini bilimga jalb etish mushkul. Buning uchun o‘qituvchi tinmay
izlanishi, har qanday savollarga tayyot bo‘lmog‘i darkor.
Bunday holda, ayniqsa darsni o‘yinlar asosida ko‘rish tizimiga asoslanib o‘tish
sezilarli samara beradi. O‘yinlar esa o‘quvchi
psixologiyasidan kelib chiqib, tanlangani
ma’qul. Birinchi bo‘lishga undash uslubi doimo o‘zini oqlaydi.
Chunki bolalar hamisha
o‘zini ko‘rsatgisi, tengdoshlaridan bir qadam oldinda yurgisi keladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi”da shaxs va jamiyat munosabatlarida uyg‘unlikni vujudga keltirish
228
2023 MAY
ehtiyoji mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Shunga ko‘ra, pedagogika fanida shaxsning
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradigan o‘quv jarayonini tashkil etishning turli yo‘llarini
izlash alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida zamonaviy interfaol
usullarini tizimli qo‘llashni talab etadi. Interfaol usullarni
har bir darsning didaktik
vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab
qolgan holda, uni turli-tuman zamonaviy usullar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning
o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishini ta’minlaydi. Buning
uchun dars jarayoni oqilona
tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning
qiziqishini orttirib,
ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv
materialini
kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda interfaol usullarni qo‘llash
va ta’lim oluvchilarni ommaviy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu
usullar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.