|
Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7Oriental Renaissance: Innovativehaydar-xorazmiy-hayoti-va-ijodiOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
135
w
www.oriens.uz
June
2022
Zahiriddin Muhammad Boburning “Muxtasar” (ayrim manbalarda “Mufassal” yoki
“Risolayi aruz” deb ham nomlanadi )kabi asarlarida ma’lumot uchraydi.
Xususan, Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul-lug‘atayn” ida bu shoir haqida
quyidagilarni o‘qiymiz: “Shohruh sulton zamonining oxirigacha turk tili bilan shuaro
paydo bo‘ldilar. Va ul hazratning avlod va ahfodidin ham xushtab’ salotine zuhurg‘a
keldi; shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoyi va Muqimiy va Yaqiniv va
Amiriy va Gadoiydeklar...
1
.[Navoiy. MAT. 16-jild, 32-bet]
Bilamizki, temuriy shahzodalar o‘z davrida ilm-fan, adabiyot va san’atga
alohida e’tibor bilan qaragan.Hatto o‘zlari ham ijod bilan shug‘ullanib devon sohibi
ham bo‘lishgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hazrat Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasining yettinchi majlisida Amir
Temurning she’riyatga aloqador avlodlari haqida ma’lumot berib o‘tar ekan, Sulton
Iskandar Sheroziy Amir Temurga nabira ekanini, yetti yo sakkiz yil hukronlik
qilganini bayon qilib, Haydar Xorazmiyni ham tilga olib o‘tadi:
“Mavlon Haydar
turkigo‘y
aning
(Iskandar
Mirzoning)
modihi
ekandur.
Bu
aning
masnaviysidindurkim:
Himmat ilidur yadi bayzo degan,
Er nafasidur dami Iso degan”.
2
.[Navoiy.MAT. 13-jild, 157-bet]
Shoir Iskandar Sultonni porlagan qo‘l, himmat egasi, mard kishi hatto Iso
(Masih)nafaslik deya ta’riflagan. Shundan keyin Navoiy Sulton Iskandar haqida
ma’lumotni davom ettiradi: “Sulton Iskandar derlarkim, tab’i nazm erdi. Va bu
tuyuqni andin naql qilurlarkim:
To‘lun oyg‘a nisbat ettim yorumi,
Ul xijolatdin kam o‘ldi yorumi.
Tori mo‘yungning zakotin men beray
Yo Miski ,yo Halabni yo Rumi”.
2
[Navoiy.MAT. 13-jild, 157-bet]
Alisher Navoiyning Iskandar Mirzoga bergan ta’rifidan shu narsa ma’lum
bo‘ladiki, Haydar Xoramiy Iskandar Mirzo panohidan joy olgani uchungina emas,
balki uning iste’dodli shoir bo‘lgani uchun ham “himmatli”, “porloq”,“Iso nafasli”
deb madh etadi.
Haydar Xorazmiy “Gulshan ul-asror” asarinimg “Kitob yozilishining
bayoni” qismida ham Iskandar Mirzo haqida shunday bayt uchraydi:
“Andaki bu azm ila yo‘ndim qalam,
Shoh duosi birla urdum raqam.
Ochtim aning madhina bu yaxshi fol,
|
|
|