Sezgi reja



Yüklə 98,16 Kb.
səhifə2/2
tarix05.06.2022
ölçüsü98,16 Kb.
#88870
1   2
12,1 - мавзу тақдимот

Xromatik ranglar psixofiziologik qonunga ko‘ra yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib singanda hosil bo‘ladigan rangga aytiladi va ularga kamalak ranglar, ya’ni qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha tuslarini qamrab oladi.
Axromatik ranglar odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‘rinishlariga aytiladi.
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‘lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi.
Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kavagining yuqori tomoni hisoblanib, bu yerda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi.

  • Ta’m bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho‘r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ta’m bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish so‘rg‘ichlari mavjud bo‘lib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish “kurtaklari”ga ega. Ta’m bilish so‘rg‘ichlari til yuzasida bir tekis taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi achchiqni, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani sezadi.
  •  


Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo‘lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega:
Birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari;
Ikkinchisi esa silliq yoki g‘adir – budurni tuyish bilan tavsiflanadi.
Organik sezgilarga quyidagilar kiradi:
  • og‘riq sezgilari;
  • noxush tuyg‘ular;
  • ochlikni sezish.

Yüklə 98,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə