|
Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi fanidan 1-kurs boshlang’ich ta’lim sirtqi bo‘lim talabalari uchun 2-mustaqil ish. Mustaqil ish mavzusi
|
tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 17,2 Kb. | | #143416 |
| 2-mustaqil topshiriq. Rivojlanish va ta'lim psixologiyasi. BTS-1-22, BTS-2-22. (1)
Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi fanidan 1-kurs boshlang’ich ta’lim sirtqi bo‘lim talabalari uchun 2-mustaqil ish.
Mustaqil ish mavzusi: Rivojlanish turlari.
Reja:
Quyida berilgan keysni o‘qib chiqing.
Keys savolidan kelib chiqib, o‘z musosabatingizni yozma bayon eting.
Biz ko’pincha onalarning o’z bolalari bilan muloqotda ularning imkoniyatlarini turlicha baholashlarining guvohi bo’lamiz. Ba’zi onalar: “Sen men qilolmagan ishlarni bajara olasan! Sen to’g’ri aytayapsan, barakalla!” kabi jumlalardan foydalanadilar.
Boshqa onalar esa: “Sen hali yoshsan, kattalar aytganlariga quloq sol! Sen nimani ham bilar eding, o’rganib olgandan keyin tushunasan!” kabi jumlalardan foydalanadilar.
Keysga savol- vazifa:
Turli onalarning o’z bolalari bilan muloqotidagi tubdan farq nimada?
DIQQAT! Mustaqil ishni Times New Roman shriftida, 14 kattalikda, Microsoft Wordda yozing.
1. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal 15 ball.
Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, jumladan, bolaning rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi ijobiy hamda salbiy omillarni amaliy-ijodiy yondashib to‘liq yoritilsa, 14-15 ball bilan baholanadi.
Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 11-13- ball qo‘yiladi.
Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo‘lsa, 7-10 ball qo‘yiladi.
Agar talaba mustaqil ishda 6-8 ta xato qilgan bo‘lsa, 3-6 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqil ishda jiddiy qo‘pol xatolar mavjud bo‘lsa, 1, 2 ball qo‘yiladi.
Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi.
Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘rayman.
Topshirish muddati: 29.04.2023 yil, soat: 23:55.
Men sizga ishonaman va omad tilayman!!!
Adabiyotlar ro`yxati:
M. Teresa, Mc. Devitt, Jeanne Ellis Ormord. Child development and education. Pearson; 7 edition February 7, 2019, 800 pages.
Nishanova Z.T., Kamilova N.G`., Abdullayeva D.U., Xolnazarova M.X. “Rivojlanish psixologiyasi”. Darslik. – Т.: “Print 25” nashriyoti, 2019-yil
G`oziyev E.G`. “Umumiy psixologiya”. O‘quv qo‘llanma. 1-2-tom. 2009.
Fan o‘qituvchisi: N. Valiyeva.
Dostları ilə paylaş: |
|
|