Reja: Yangi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#138175
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1403329402 44505

Benedikt (Barux) Spinoza (gollandiyalik faylasuf 1632-1677) R.Dekartning substansiya haqidagi dualistik ta`limotiga zid o`laroq, dunyo haqidagi monistik ta`limotni yaratdi. Uning monizmi panteizm ko`rinishida namoyon bo`ladi: o`z ontologiyasida Spinoza Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. Ayni vaqtda B.Spinoza birgina moddiy substansiya mavjud bo`lib, uning asosiy atributlari ko`lamlilik va fikrlashdir, degan fikrni ilgari suradi. Shunday qilib, butun tabiat u Xudo bo`lgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos bo`lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo`ladi.
U moddiy substansiya atributlari ham materiya kabi abadiydir: ular hech qachon vujudga kelmaydi va yo`q bo`lmaydi deb hisoblagan. Faylasuf substansiyaning konkret holatlari – moduslarga ko`p e`tibor beradi. U moduslarni ikki guruhga ajratadi: abadiy, cheksiz moduslar va muvaqqat, chekli moduslar. Cheksiz moduslar substansiya atributlari – fikrlash va ko`lamlilik bilan, chekli moduslar esa - qolgan barcha narsalar va hodisalar bilan belgilanadi.
Spinoza harakat hech qanday ilohiy turtki mahsuli emasligini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, tabiat «o`z-o`zining sababi» bo`lib, harakat uning mohiyati va manbai hisoblanadi. Ammo harakat Spinozada atribut emas, balki modusdir. Bunda harakat muayyan narsalarda kuzatiladi, substansiya esa harakatlanish va o`zgarish qobiliyatidan mahrum va vaqtga mutlaqo bog`liq emas.
Ayni zamonda Spinoza – izchil determinist. U hodisalarning yuz berishi, mavjudligi va yo`q bo`lishi zamirida obyektiv sabablar yotadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, sababiyat ikki xil: ichki (immanent) va tashqi (mexanik) bo`ladi. Ichki sababiyat substansiyaga, tashqi sababiyat – moduslarga xos. Spinoza sababiy bog`lanishlarnigina emas, balki tasodif, zaruriyat va erkinlik munosabatlarini ham determinizm nuqtai nazaridan o`rganadi. O`zining «Etika» asarida u tasodifni zaruriyat bilan bir qatorda mavjud bo`lgan obyektiv hodisa sifatida e`tirof etadi.
B.Spinoza bilishning uch turini farqlaydi: faqat mujmal va haqiqiy bo`lmagan tasavvurlar beruvchi hissiy bilish; moduslar haqida bilim olish uchun imkoniyat yaratuvchi aql yordamida bilish; bilishning eng oliy shakli – haqiqatga yo`l ochuvchi intuitsiya. Intuitiv yo`l bilan aniqlangan haqiqatlar (aksiomalar)dan deduktiv yo`l bilan – matematika metodlari yordamida qolgan barcha xulosalar chiqariladi.
Spinoza ilgari surgan g`oyalar o`sha davrda fanda hukm surgan teleologizm (tabiatda Xudo ato etgan maqsadga muvofiqlik)ga qarshi qaratilgan.

Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə