Ma’ruza №1
Kirish. Chizma geometriya fani va chizma tuzishning nazariy asoslarining
tibbiyotdagi o‘rni. Monj usuli. Nuqtaning koordinatalari buyicha epyuri.
Biotibbiyotda oktant asbobining qo‘llanilishi.
REJA:
1.
Chizma geometriya faninig qisqacha tarixi.
2.
Chizma tuzishning nazariy asoslarining tibbiyotdagi o‘rni.
3.
Gaspar Monj usuli.
4.
Nuqtaning koordinatalari buyicha epyuri.
5.
Biotibbiyotda oktant asbobining qo‘llanilishi.
Chizma geometriya faninig qisqacha tarixi
Chizma geometriyadan birinchi o‘qish kitobi 1798
yilda Frandiyada paydo
bo‘ldi. Uling muallifi davlat arbobi, matematik, injener, olim Gaspar Monj (1748—
1818) edi. Monjning bu kitobida faqat ortogonal proeksiyalar jami 49 ta shaklda
bayon qilingan bo‘lib, koordinatalar va uchinchi profil proeksiyalar tekisligi haqida
fikr yuritilmagan edi. Kitobning ikkinchi qismidagi
soyalar nazariyasi va
perspektiva G. Monj za M. Brisson hamkorligida yozilgan edi.
XIX asrning boshlaridan bu fan dunyodagi barcha texnika va rassomlik
maktablarida o‘qitila boshlandi.
O‘zbekistonda chizma geometriya fani taxminan 1930
yillardan boshlab
o‘qitila boshlandi.
1953 yilgacha respublikamizda chizma geometriya sohasidan birorta ham
mutaxassis bo‘lmagan. 1953 yilda ushbu kitob muallifi
shu soxada dissertatsiya
yoqlab, fan nomzodi unvoniga sazovor bo‘ldi.
Hozirgi zamon chizma geometriya kursi Monj chizma geometriyasidai juda
katta farq qiladi. To‘liq kurs to‘rtta asosiy bo‘lim: ortogonal proeksiyalar,
aksonometriya, perspektiva, sonlar bilan belgilangan proeksiyalar va qo‘shimcha
soyalar nazariyasidan iborat.
O‘zbek tilida birinchi chizma geometriya kitobi O‘zbekistan davlat nashriyoti
tomonidan 1959 y. chiqarilgan bo‘lib, muallifi Yu.Kirgizboev. Kitob qo‘llanma
sifatida faqat mashinasozlik oliy o‘quv yurtlari uchungina tavsiya etilgan edi. Bu
kitob 24. bosma taboqli bo‘lib, unda asosan ortogonal
proeksiyalar yoritilgan,
aksonometriyaga esa bir bosma taboq ajratilgan xolos.
1961 yilda barcha oliy texnika o‘quv yurtlari uchun Raxim Horunovning
chizma geometriya kursi darsligi 16 bosma taboq hajmda chop etildi. Keyinchalik
to‘ldirilgan ikkinchi va uchinchi nashrlari bosmadan chiqdi.
Nuqta deb, Hech qanday oʻlchamga ega boʻlmagan
eng soda geometrik
jismga aytiladi. Nuqta A,B,C,D kabi belgilanadi.