Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko‘rsatma
Referat Glossariy Test
savollari
Mavzu bo’yicha savollar
1 10-15
betdan
iborat
Mavzuga oid muhim
atamalar izohi (kamida
10 ta atama)
10 ta test
savollari
3 tadan savol tuzib, savollarga
javob yozish
Izoh!
Har bir talaba ro’yxatdagi raqamidan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim
mavzusini tanlaydi va javob taqdim etadi.
Hurmatli talabalar! Barcha topshiriqlar daftarga yoziladi hamda pdf holatida Ism
familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz so’raladi. Noto’g’ri
javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, ism familiyasi qayd
qilinmagan, ro’yxat bo’yicha javob taqdim etmagan
talabalarning javoblari
baholanmaydi.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim
olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan
dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha
talabaning bilim doirasini
kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z
ichiga oladi.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o’zbek tilini Davlat tili sifatida
o’qitish masalalari bo’yicha ma‟lumot to’plash..
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O’zbek tilining
davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora –
tadbirlari
to’g’risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo’yicha
tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan
maqolalari bilan tanishish.
3. O’zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. “XXI asr
pedagogikasi” mavzusida ijodiy matn yaratish.
4. O’zbek tili leksikasining boyish manbalari. Pedagogikaga xos o’z va o’zlashgan
so’zlar tasnifi.
5. O’zbek leksikografiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug’atlar bilan tanishish. O’zbek
tilining izohli lug’atida berilgan sohaga oid so’zlar izohi bilan tanishish.
6. Pedagogikaga oid terminlar bo’yicha nostandart testlar tuzish..
7. Pedagogikaning dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash.
Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so’zlar tahlili.
8. Soha olimlarining
ilmiy asarlari bilan tanishish, shu asar asosida reproduktiv
testlar tuzish.
9. Badiiy nutq uslubi. O’zbek she‟riyati. “Bir she’r tarixi” mavzusida esse yozish.
10. Badiiy asar tahlili (ixtiyoriy). O’qilgan badiiy asarni “Idrok xaritasi” innovatsion
texnologiyasi asosida tahlil qilish.
11. So’zlashuv nutq uslubi. Nuqiy kompetentlikka rioya qilish. Sohaga oid ilmiy
mavzuning og’zaki taqdimoti.
12. Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish.
“Men tanlagan soha va OAV” mavzusida esse yozish.
13Sohaga oid ilmiy maqolalardan biriga taqriz yozish.
14Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy mavzuda tezis tayyorlash.
15. Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy maqolaga rezyume tayyorlash.
16Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy asarga annotatsiya tayyorlash.
17“O’zbekistonning pedagog olimlari dunyo nigohida”
mavzusida rasmli
ko`rgazmali vosita tayyorlash va taqdim qilish.