Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары



Yüklə 455,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix24.03.2023
ölçüsü455,29 Kb.
#103113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
narimbetova z askarova n 1 1 san 2021

«Ikkini 
qo‘shish 
va 
ayirish» didaktik o‘yini: 
«Jimjitlik»
Didaktik topshiriq: o‘nga cha 
og‘zaki sanash.
O‘yin topshirig‘i: o‘qituvchi 
ko‘rsatgan narsalarning «hayolda» sanash, doskaning oldiga borib, son natijasini topib, uni 
o‘chirib tashlash.
Bu o‘yin turli usullarda o‘tkaziladi. O‘qituvchi doskaga oldinroq doira chizib, uning 
atrofiga 1 dan 10 gacha bo‘Igan raqamlarni yozib, doiraning o‘rtasiga 2 raqamini amal 
belgisi (qo‘shish yoki ayirish) bilan yozib qo‘ygan bo‘ladi. O‘yin uyga berilgan topshiriq 
tekshi- rilgandan keyin o‘tkaziladi. O‘qituvchi bolalarga o‘yin qoidalarini tushuntiradi:
— O‘yin mutlaqo jimjitlik vaziyatida o‘tkaziladi, — deydi o‘qituvchi*. - Avval men 
doira ichidagi raqamni, keyin qo‘shish yoki ayirish ishorasini va doira atrofidagi raqamlardan 
birini ko‘rsataman.
«Qurilishga sayohat» o‘yini.
Didaktik topshlriq: O‘quvchilarning 
matemetika darslarida hayot bilan bog‘lab 
o‘qitilishdagi faolligini oshirish.
O‘yin topshirig‘i: Oquvchilarni 
matemetika darslarida turmush bilan 
bog‘lab o‘qitish va kasb-hunarga qiziqishini orttirish.
O‘yin bayoni: Bu o‘yin 2 sinfda 1000 ichida to‘rt amalni o‘rganilgandan so‘ng 
mustahkamlash bosqichida o‘tkazilishi mumkin.
O‘yin jihozi uchun magnitli dars doskasi, qalin qog‘ozdan yasalgan uyning poydevoridan 
to to‘liq tayyor bo‘lganiga qadar bo‘lgan jarayonni aks ettiruvchi tasvir va 5 ta bosqichga 
5 ta kartochkaga yozilgan topshiriq tayyorlab qo‘yiladi. O‘qituvchi o‘yinning sharti bilan 
tanishtiradi. Uy yonidan o‘tuvchi yo‘lga yengil mashina o‘yinchog‘i yoki rasmi qo‘yiladi.
Uyning poydevori qurilishdan tomi yopilguncha bo‘lgan 5 ta bosqichning har birida 
bittadan jami 5 ta kartochka yozilgan topshiriqlar beriladi. O‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadi 
(3 qator parta 3 guruh deb o‘rgatiladi). Har bir guruhdan o‘quvchi chiqib 1-rasm orqasiga 
yopishtirib qo‘yilgan topshiriqni o‘qiydi (Наr bir guruh uchun bittadan misol yozilgan 
bo‘ladi).
Masalaning o‘zi bilan va uning tarkibiy elementlari bilan bolalarni tanishtirish o‘qitish 
jarayonidagi navbatdagi eng muhim va juda ma’suliyatli bosqichidir.Keyingi darslarda 
masalani dastlabki analiz qilishda o‘quvchilar bilan savol-javob asosida amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir [4].
Didaktik o‘yinlardan ko‘zda tutilgan natijalar. Ta’limda didaktik o‘yinlar asosida o‘quv 
jarayonini tashkil qilish metodikasi an’anaviy o‘quv uslubidan tubdan farqlanib, u bo‘lajak 
o‘qituvchilar va o‘quvchi, talabalar uchun: 



Yüklə 455,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə