Tadqiqot metodlari
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning
oʻziga xos jihatlari, normativ huquqiy hujjatlar talablari va byudjet hisobi
standartlari qoidalari hisobga olingan holda tizimli tahlil, analiz, sintez, taqqoslash,
qiyosiy tahlil va boshqa shu kabi bir qancha tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar
Bugungi kunda barcha sohalarda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar
barobarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat
soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PQ-3802-sonli Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
6 oktyabrdagi “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 807-son
hamda 2019 yil 25 iyundagi “Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi
hisobvaraq-fakturalardan
foydalanishni
takomillashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi 522-son Qarorlari qabul qilindi. Ushbu normativ huquqiy hujjatlar
asosida respublika hududida 2019 yil 1 iyuldan boshlab ixtiyoriy ravishda, 2020 yil
1 yanvardan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun hisobvaraq-
|