Qattiq jismning aylanma xarakat dinamikasi. Kuch momenti. Inertsiya momenti.
Jismni aylanma harakati. Aylanama harakat deb
shunday harakatga aytiladiki, bunda jism barcha
nuqtalarining traektoriyalari, markazi aylanish o`qi deyiluvchi bitta chiziqda bo`lgan konsentrik aylanalardan iborat bo`ladi. Qattiq jismni aylanma harakatga keltirish uchun unga biror kuch ta’sir etishi kerak. Lekin qattiq jism har qanaday yo`nalishidagi kuch ta’sirida ham aylanavermaydi:
Qattiq jismning aylanma harakatini dinamika nuqtai nazardan tekshirilganda kuch tushunchasi bilan bir qatorda
kuch momenti tushunchasi, massa tushunchasi bilan bir qatorda inersiya momenti tushunchasi ham kiritiladi.
Kuch momenti. Aylanish o`qiga ega bo`lgan biror jismga kuch ta’sir etganda uning qanday harakat qilishi faqat bu kuchning son qiymatiga bog`liq bo`lmay, uning yo`nalishi va qo`yilishiga ham bog`liq. Bularning hammasini birgalikda hisobga olish uchun kuch momenti kattaligi qabul qilingan.
Kuchning ixtiyoriy qo`zg`almas 0 nuqtaga nisbatan momenti (M) deganda 0 nuqtadan kuchning qo`yilish nuqtasiga o`tkazilgan radius vektor (r) va F kuchning vektor ko`paytmasi
tushuniladi, ya’ni
M=rF
M vektorining moduli M=Frsin=F𝑙
F
Bunda 𝑙=rsin bo`lib u kuchning ta’sir chizig`iga
0 nuqtadan o`tkazilgan perpendikulyardir, buni F kuchning 0 nuqtaga nisbatan yelkasi deyiladi.
Inersiya momenti. Biror m massali nuqtaviy jismning aylanish o`qiga nisbatan inersiya
momenti deb uning massasini
aylanish radiusining kvadratiga ko`paytmasi bilan ifodalanuvchi kattalikka aytiladi. I=mR2 qattiq jismning inersiya momenti uning qismlari inersiya momentlarining yig`indisiga teng.
n
I I m R2
i i i
i1
|
R
|
Jismning massalar markazidan o`tmaydigan ixtiyoriy o`qa nisbatan inersiya momenti I shu o`qa paralel bo`lgan
va jismning
massa markazi orqali o`tuvchi o`qa
nisbatan inersiya momenti I0 bilan jismning m massasining o`qlar orasidagi ℓ masofa kvadratiga ko`paytmasining yig`indisiga teng
I=I
0+mℓ
2