madaniyatni inson oldiga tabiat qo‘ygan maqsad, uni ro‘yobga
chiqarish esa sivilizatsiya, ya’ni fuqaroviy jamiyat yordamida bo‘ladi,
deb hisoblagan. Bunday qarashlar ancha vaqtga sivilizatsiya va
madaniyat aloqadorligini belgilagan bo‘lsa-da, lekin ular nisbatini
to‘la aniqlab bermagan edi.
Sivilizatsiya va madaniyatning o‘ziga
xos jihatlarini farqlash masalasini
nemis mutafakkiri Osvald Shpengler
1918-yilda bosilib chiqqan «Yevropa quyoshining botishi» asarida
ko‘rsatgan edi. Uning fikricha sivilizatsiya u yoki bu xalq yoxud
mintaqa madaniyati rivojlanishining so‘nggi bosqichidir. Bunda
sivilizatsiya texnik-texnologik omillarning yuksak darajasini ifodalasa,
madaniyat ijodiy hayotiylikni bildiradi. Ya’ni, madaniyat hayot
mazmunining oliy qadriyati darajasida hayotiy ma’nolarni gavdalantirsa,
uni amalga oshirish texnologiyasi sivilizatsiya hissasiga tushadi.
Bu yerda ta’kidlash joizki, Shpengler G‘arb tafakkuri tarixida
birinchi bo‘lib g‘arb sivilizatsiyasi va madaniyatidan qolishmaydigan
madaniyatlar va sivilizatsiyalar borligini e’tirof etibgina qolmay,
balki ularni xiyla asosli tavsifini ham berdi.
Har bir madaniyat o‘z-o‘zicha, ajralgan holda mavjud bo‘lib,
tarixiy jarayonning ma’lum bosqichida yuzaga keladi. Tarixda
uchragan hind, xitoy, vavilon, misr, antik, arab, g‘arbiy yevropa
va slavyan madaniyatlari shulardandir. Ularning har biri inson
singari go‘zallik, yoshlik, yetuklik va qarilik bosqichlarini bosib
o‘tadi.
Shpengler sivilizatsiya va madaniyatni o‘zaro muqobil qo‘yib,
madaniyat halokatini sivilizatsiyaning kuchayishi bilan bog‘laydi.
Yirik shaharlarda madaniyatning to‘planishi natijasida sivilizatsiya
boshlanib va bu yerdagi aholi ilgarigi an’analardan mahrum bo‘la
borib, shaklsiz ommaga aylanadi. Kishilar hayotida texnika, siyosat,
sport va hokazolar hukmron bo‘lib qoladi. Demak, katta shaharlar
sivilizatsiyali, ammo madaniyatli emas degan g‘oya ilgari suriladi.
Bunda nemis mutafakkiri yirik shaharlar aholisi o‘rtasidagi bego-
Shpengler ta’limoti
I боб. Sivilizatsiya
84
nalashuvni, o‘zlarini yolg‘izlikda hisoblashini to‘g‘ri payqaydi. Lekin
bu jihatlarni madaniyat va sivilizatsiya qarama-qarshiligida ifodalab,
anchagina bo‘rttirishga ham yo‘l qo‘ygan. Negaki, voqelik,
turmushning mantig‘i madaniyat halok bo‘lmasligini, aksincha yangi
sifatga o‘tishini va bunda sivilizatsiya muhim ijobiy o‘rin tutishini
ko‘rsatmoqda. Darhaqiqat, sivilizatsiya va madaniyat kishilar hayoti
va tarixining turli tomonlarini ifodalaganligi tufayli bir-birini
to‘ldiradi.
Arnold Toynbi sivilizatsiya va madaniyatni
o‘zaro muqobil qo‘ymaydi.
Madaniy o‘sish hamma xalqlarga
tegishli. Lekin, uning amalga oshishi
turlichadir. Madaniyat tarixi hech
qanday sxemaga mos kelmaydi. Unda istalgan vaqtda hamma narsa
yuz berishi mumkin.
Toynbi qarashlari ham G‘arb tafakkurida yevropachadan farq
qilinadigan sivilizatsiyalar borligini tan olishga asoslangan. Bu XX
asr ikkinchi yarmida, shuningdek, uning oxirgi o‘n yilligida ham
davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan millatlarning o‘z o‘tmishi
madaniyatlarini saqlab qolish, ularni rivojlantirishga haqqi borligini
ko‘rsatadi. Darhaqiqat, dunyo miqyosida bir-birini takrorlamaydigan,
o‘z yo‘li maqomiga ega sivilizatsiyalar borligi, xalqlar
va millatlar o‘zaro munosabatlarida bularni hisobga olishni ham
bildiradi. Madaniyat insoniyat hayotining belgilovchi tomonlaridan
hisoblanar ekan, unda barcha madaniyat tashuvchilarining zarur
haq-huquqlari to‘la ko‘lamda ta’minlanmog‘i o‘z-o‘zidan zarur
bo‘lib qoladi.
Alfred Veber (Germaniya) sivilizatsiya va madaniyatga ular
o‘zaro ta’sirda bo‘lsa-da, turli qonunlarga ko‘ra mustaqil jarayonlar
tarzida qaraydi. Har qanday yirik madaniyatning haqiqiy zamini
muayyan ijtimoiy tuzilma hisoblanadi. Bundan tashqari Veber
davlatni ham sivilizatsiya va madaniyat yoniga uchinchi unsur
sifatida qo‘yadi. Natijada sivilizatsiyaning kelib chiqishi iqtisodiy va
siyosiy omillarga bog‘liq holda muayyan ijtimoiy-tarixiy va madaniy
sharoitlarda yuz beradi. Agar sivilizatsiya sotsium rivojlanishining
muayyan bosqichini anglatsa, madaniyat tushunchasi esa
sivilizatsiyaning sifat darajasini ifodalaydi.
U yoki bu mamlakat yoxud millat muayyan bir davrda yo
o‘zining sivilizatsiyasiga (madaniyatiga), yo uning mavjud
xillaridan biriga mansubligi, yo bo‘lmasa yaqinligi bilan
xarakterlanadi. Hozirgi zamonning taniqli mutafakkiri, amerikalik
S.Xaitington «Sivilizatsiyalarning to‘qnashuvimi?» degan asarida
shunday yozadi: «Biz sivilizatsiyani kishilar umumiyligining eng
Sivilizatsiya va
madaniyatning nomuqobil
farqlari
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
85
keng darajasi, madaniy birlikning eng yuqori maqomi tarzida
ta’riflaymiz. Sivilizatsiya obyektiv tartibda til, tarix, din, urfodatlar,
institutlar hamda kishilar o‘z-o‘zini anglashining
umumiy belgilari mavjudligi bilan xarakterlanadi. O‘z-o‘zini
anglashning turli darajalari bor: masalan, Rim aholisi o‘zini
italiyalik, katolik, xristianlik, yevropalik, g‘arb dunyosi kishisi
sifatida ko‘rsatishi mumkin. Sivilizatsiya — bu inson munosabatda
bo‘ladigan birlikning eng keng darajasidir. Kishilarning madaniy
o‘z-o‘zini anglashi o‘zgarishi mumkin, buning natijasida
madaniyatning chegarasi va tarkibi ham o‘zgarishi mumkin».
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, birinchidan,
hozirga qadar ham sivilizatsiya
va madaniyatni ifodalaydigan
ko‘pchilikni qoniqtiradigan tushunchalar yo‘q. Ikkinchidan,
madaniyat tushunchasining o‘zini ta’riflashda ham turli-tuman
nuqtayi nazarlar mavjud. Asl variantda «madaniyat» so‘zi arabcha
bo‘lib, shaharga oidlikni bildiradi. Bu so‘zning lotinchasi kultura
o‘zbekchaga ag‘darilganda tuproqqa ishlov berish, o‘simliklarni
parvarishlash, dehqonchilik bilan shug‘ullanish, tarbiyalash, ta’lim,
rivojlanish, hurmat ma’nolarini anglatadi. Lotinchada kultura tabiatni
hamda insonning unga mansub tanasi va antropologik tasvirini
bildiradigan natura atamasiga qarama-qarshi ma’noda ishlatilib,
insoniyatni tabiatdan ajratib turgan barcha jihatlarni, umuman,
odamzod tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy
boyliklarni bildirgan dunyo tarzida keng ma’noda qo‘llangan.
Shuningdek, ushbu so‘z bu ma’nolardan tashqari yana kishilar
o‘rtasidagi turli-tuman munosabatlarni ham qamragan. Ko‘rinadiki,
shahar ham kishilar tomonidan yaratilishidan kelib chiqilsa,
arabcha va lotincha atamalar mazmunan juda o‘xshashdir.
Yevropa yangi zamon ma’rifatparvar mutafakkirlari ba’zi xalqlar
ma’naviyatining fan, din, san’at, huquq, axloq ko‘rinishlarida
tarixiy jarayonning ilgarilama yo‘naltirilganining ifodasi
tarzida
«madaniyat» atamasini qo‘lladilar. Lekin bundan madaniyatni
o‘rganish, farqlash shu davrdan boshlangan ekan-da, degan ma’no
kelib chiqmasligi lozim. Negaki, qadimgi Yunonistonda sofistlar
ikki asos sifatida tabiiylik bilan axloqiylikni qarama-qarshi qo‘yib,
mulohaza yuritganlar. Ellinlar o‘zlarining tarbiyalanganligi va
varvarlarning yovvoyiligini farqlaganlarida xalqlarning madaniyat
darajasini qayd qilganlar.
Keyinroq «madaniyat» tushunchasi doirasiga kiyinish madaniyatlari,
nikoh odatlari, oilaviy hayot, mehnat faoliyatlari, diniy
marosimlar, bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish, kishilar tomonidan
yaratilgan va ular uchun qadriyatlar bo‘lgan predmetlar (masalan,
«Madaniyat» tushunchasi
I боб. Sivilizatsiya
86
qadimgi o‘q-yoydan tortib barcha ish qurollari va hokazolar)
kiritiladi.
Hozirgi vaqtda «madaniyat» tushunchasi umumlashgan holda
qadriyatlar (ularning tashuvchilari va konkret kishilar), me’yorlar—
kishilar rioya qiladigan qoidalar va moddiy ne’matlarni qamraydi
deb, hisoblaydiganlar anchagina.
«Madaniyat» tushunchasining salmog‘ini aniqlash uchun
madaniyat fenomenining kelib chiqishi sharoitlari haqida ham
mulohaza yuritish lozim bo‘ladi. Eng avvalo shuni aytish kerakki,
madaniyat inson tabiati ehtiyoji, intilishlari mahsuli sifatida dunyoga
keladi, shakllanadi. Bu antropologiyaviy hodisa bilan bog‘langan
takomiliy jarayon. Etnograflar, ruhshunoslar va boshqalar madaniyat
kelib chiqishining bu jihatlarini odatda payqamaydilar. Chunki
ular madaniyat mohiyati tahlili bilan shug‘ullanmaydilar. Balki
bu soha hodisalarini o‘rganadilar.
Sotsium ehtiyojini birinchi o‘ringa qo‘yuvchilar nazarida
madaniyatni kishilarning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ehtiyoji maydonga
keltiradi. Bunda madaniyat moddiy va ma’naviy mehnat
mahsulotlarida, ijtimoiy me’yorlarda hamda muassasalar tizimlarida
namoyon bo‘ladi. Bu ikki nuqtayi nazarning bir-birini to‘ldirilishi
hodisasidan kelib chiqish madaniyat tabiatini to‘g‘ri tushunishga
yordam beradi. Demak, ularni qarama-qarshi qo‘ymay, balki o‘zaro
yaqinlashtirish zarur bo‘ladi.
Bu yerda madaniyatning sotsium bilan nisbatini yaqqol
tasavvur etish ham muhim. Madaniyat sotsium mohiyatining
hamma jihatlarini qamramaydi, shuningdek, sotsium ham
to‘laligicha madaniyatdan iborat emas. Ular bir-birini doimiy
tarzda uzluksiz to‘ldirib boradi. Madaniyat jamiyatning o‘ziga xos
tavsifi bo‘lib, unda insoniyat tarixiy rivojlanishida erishilgan
darajalar ifodalanadi.
Madaniyat hodisasiga tizimiy yondoshish lozim. Tizimning har
bir unsuri boshqasi bilan shunday tarkibiy bog‘liq-ki, ularning
o‘zi alohida-alohida holda kichik tizimni tashkil etadi. Masalan,
ma’naviy madaniyat tizimida siyosiy madaniyatni olaylik. Uning
tarkibiga siyosiy tanlov, siyosiy harakatlar, siyosiy qadriyatlar va
aqidalarning madaniy mohiyati kiradi. Bular ham o‘z navbatida
xiyla murakkab tarkibdan iborat. Ayni shunday fikrni madaniyatning
axloqiy, estetik, diniy va hokazo sohalariga tadbiqan ham aytish
mumkin.
Ko‘rinadiki, inson yaratuvchilik mohiyatining ifodasi bo‘lgan
madaniyat murakkab tuzilma. Shunga ko‘ra insoniyat hayotida uning
bajaradigan vazifalari ham ko‘p qirralidir. Ularni eng umumiy
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
87
ma’noda bilish, axborot yig‘ish, saqlash va uzatish, muomala,
kommunikativ, me’yoriy vazifalar va hokazolar tarzida ifodalash
mumkin.
Har bir hodisaga tarixiy yondashish
lozim bo‘lganidek, madaniyatga,
uning kelib chiqishi, amalda bo‘lishi
va rivojlanishi nuqtayi nazaridan munosabat bildirish lozim bo‘ladi.
Bir madaniyatdan ikkinchisiga o‘tish jarayonida inqiroz — yemirilish
— tozarish — qadriyatlarni qayta baholash — tiklanish bosqichlari
ketma-ket keladi. Bunda dastavval ko‘zga tashlanadigan jihat
uning determinantlilik maqomidir. Agar bu maqomni kishilik dunyosi
tipik tashkiliy darajalaridan jamiyatga tatbiq etsak, bu tuzilmani
ijtimoiy madaniyat hodisasi deb qarash o‘rinli bo‘lur edi.
Madaniyatga tarixiy yondoshishda uning rivojlanishi shartsharoitlarini,
qonuniyatlarini bilib olish muhim. Vorislik madaniyat
hodisalaridagi o‘tmish jihatlarining saqlanib qolishini tushuntiradigan
muhim qonuniyat. Unga ko‘ra ilgari to‘plangan tajriba va
qadriyatlar yangi avlodlarga o‘ziga xos tarzda yetkaziladi. Natijada
o‘tmish, hozirgi davr va kelajak yaxlitligini ta’minlash imkoniyati
yaratiladi.
Mazmunan madaniyatda jamlangan umumiylikni uning turlituman
ifodalashi ham qonuniyatli bog‘lanish hisoblanadi. Buni
madaniyatdagi umuminsoniy mazmunli milliy-mintaqaviy shakllar
orqali namoyon bo‘lishida ko‘rish qiyin emas.
Madaniyat sohasi qonuniyatlari jumlasiga uning ziddiyatli
rivojlanishi ham kiradi. Bu holatni ko‘proq madaniyat tarkibiy
unsurlarining o‘zaro nomutanosib aloqadorligi va rivojlanganligida
ko‘rish mumkin. Bu esa madaniyatning yaxlit tarzda ham, unsurlari
rivojlanishiga tadbiqan ham, ayniqsa turg‘unlik va gullab-yashnash
holatlarining o‘zaro almashilib turishida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Sivilizatsiyaning o‘zi yalpi olinganida
ham, yoki uning alohida tarkibiy
qismlari ham insoniyat muayyan
ehtiyojiga javob berishi bilan ahamiyatlidir. Ehtiyoj kishilarni maqsad
sari yetaklaydi. Maqsadga erishish esa, muayyan idealga, me’yorga
va bular orqali oxir-oqibatda qadriyatga tayanadi.
Ideal — bu maqsadning ruhiyatda, aniqrog‘i uning ong,
anglangan qismida ifodalanishidir.
Me’yorlar ma’lum ijtimoiy muhitda tan olingan qoidalardir.
Ularning yordamida kishilar xatti-harakatlari va faoliyatining boshqa
jihatlari boshqariladi. Ideal va me’yorlar har doim muayyan
qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslanadi.
Tarixiy yondashish
Qadriyatlar
I боб. Sivilizatsiya
88
Zero, har qanday ijtimoiy hodisa qadriyatlar asosida talqin
etiladi. Bunda samaradorlik mezon ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi.
Aksincha bo‘lgan holda bu ijtimoiy hodisa qimmatga ega bo‘lmagan
bo‘lur edi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, tabiiy hodisa tushunchalar
yordamida tasvirlanadi, tahlil etiladi. Bularning to‘g‘riligi tegishli
usulda kuzatiladi, tekshiriladi.
Shunga ko‘ra, insoniyat tarixida qadriyatlar to‘g‘risidagi masala
hech qachon e’tibordan chetda bo‘lmagan. «Qadriyat» so‘zi barcha
xalqlar tillarida asosan insonning voqelikka bo‘lgan alohida
munosabatlarini, narsa va hodisalarning insonga nisbatan olingan
ahamiyatliligini bildirgan. Lekin sivilizatsiya (va, shuningdek, uning
madaniyatlari) dinamikasidagi inqirozlar, turg‘unlik paytlarida
doimo dolzarblik kasb etadi. Aytish mumkinki, bu davrda mavjud
qadriyatlar tubdan qayta baholanadi. Masalan, Qadimgi
Yunonistonda demokratiya inqirozi bilan Suqrot ne’mat nima?
Aflotun esa demokratiya nima? deb savol qo‘ygan edilar.
Bu davrda insonning olamda tutgan o‘ziga xos o‘rni yetarli
darajada bo‘lmagani uchun ularga berilgan javoblarda ham qadriyat
mazmuni juda aniq berilmagan.
Yevropa tafakkuri tarixida nemis faylasufi Immaniul Kant Antik
davr va o‘rta asrlarda qadriyatlarga nisbatan bo‘lgan yondashuvlarga
o‘zgarish kiritdi. U tabiat sohasi bilan axloq, aql-idrok sohasi
bilan amaliy hayot o‘zaro mutanosib emasligiga e’tiborni qaratdi
hamda qadriyat sifatida haqiqat, go‘zallik va ne’matni bir-biridan
ajratdi.
Falsafiy tamoyil talablariga javob beradigan ma’noda «qadriyat»
tushunchasini German Lotse XIX asrning 60-yillarida muomalaga
kiritdi va u buni quyidagicha amalga oshirdi: Olamni uch sohaga:
a) yalpi qonunlar — zaruriy ahamiyatli haqiqatlar sohasiga; b)
dalillar, narsalar va voqelik obrazlari sohasiga; d) qadriyatlar —
Ezgulik, Go‘zallik va Muqaddaslik g‘oyalari sohasiga bo‘ldi.
Inson uchun barcha narsa, hodisa,
voqea va jarayonlar ijobiy baholangan
bo‘lsa, alohida shaxsning ham,
insoniyatning ham manfaatlariga
javob bersa, qadriyat bo‘la oladi. Inson yo‘q joyda yoki inson
atrofida mavjud narsa va hodisalarga uning befarqligi natijasida,
shuningdek, haqiqat va yanglish o‘rtasidagi farqni ko‘rish ishtiyoqi
yo‘qligi tufayli qadriyatlar masalasi ko‘tarilmaydi. Boshqa barcha
hollarda qadriyatlar to‘g‘risida gap boradi. Albatta, bunda subyektning
sifat tavsifiga ko‘p narsalar bog‘liq. Jumladan, qadriyatlar qay
yo‘sinda talqin etilishi muhim hisoblanadi.
Qadriyatlar talqinini
baholash
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
89
Talqinning qanday bo‘lishi subyektning ko‘p jihatlariga bog‘liq
bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, talqinning qadriyatni qay darajada
ifodalashini asbob-uskunalar yordamida qayd etib bo‘lmaydi.
Binobarin, bunda aql kuchiga, mavjud tamoyillarga, qabul qilingan
me’yorlarga tayaniladi. Sport musobaqalari, san’at festivallari
qatnashchilarini baholash topshirilgan hay’at a’zolari bunga
misoldir.
Qadriyatlar talqinining qanchalik keng qamrovli va obyektivligi
ularga berilgan bahoning ham shu darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
Narsa va hodisalar mohiyat-e’tibori to‘laqonli mavjudligi bilangina
baholanishi mumkin. Insonning ko‘plab ehtiyojlari va hissiyot
usullariga egaligi tufayli turli-tuman baholashlar mavjud. Baholash
qadriyat yaratmaydi. Bundan esa baholashning kishilar qadriyatiy
mo‘ljallarining yo‘naltirishiga qodirligi bilan sotsium, jamiyat
hayotidan katta o‘rin tutishi kelib chiqadi.
Qadriyatlarni baholash o‘ziga xos jarayon. Qayerda va qachon
baholanganiga bog‘liq holda avval baholangan qadriyatlarni ham
nazardan chiqarmaslik kerak. Bu, garchi, barcha qadriyatlarga tegishli
bo‘lsa-da, lekin eng ko‘p darajada siyosiy qadriyatlarni baholash
tez-tez uchrab turadi.
Qadriyatlar tarixiy xarakterda bo‘lganligi tufayli kishilar hayot
sharoitlari talablariga muvofiq o‘zgarib boradi. Bular qadriyatlarning
nisbiy tabiatga egaligini ko‘rsatib turadi. Kishilarning yetuklik
darajasiga muvofiq ravishda ularning qadriyat mo‘ljallari ham
to‘laqonli va gumanistik mazmunga boy bo‘lib boradi. Buni hozirgi
G‘arb dunyosida umuminsoniy qadriyatlarni ishlab chiqish
zaruriyatini tobora ko‘pchilik anglab yetayotganidan ham bilish
mumkin.
Asosiy tushunchalar
oe Ma’naviy madaniyat — madaniyat umumiy tizimining bir
qismi bo‘lib ma’naviy faoliyat va uning natijalarini o‘z ichiga
oladi.
oe Vorislik — madaniyat rivojlanishi turli bosqichlari o‘rtasidagi
bog‘lanishni ifodalab, yangi holatga o‘tishda tizimdagi u yoki
bu jihatlarni saqlab qolishni bildiradi.
oe Aksiologiya (yunoncha axios va logor: qadriyatlar haqidagi
ta’limot) — madaniyat hodisalariga qadriyat sifatida qarash
tamoyilidan kelib chiqib yondoshish.
oe Determinatlilik (lotincha: determinara) — cheklamoq.
I боб. Sivilizatsiya
90
oe Qadriyat — voqelik dalillari va hodisalarining shaxsiy, ijtimoiy
va madaniy ahamiyatdorligi.
oe Talqin — narsa va hodisani tushuntirishda beriladigan
ma’nolarning yig‘indisi.
oe Baholash — mavjud guruh, tashkilot va jamiyatning konkret
narsa, hodisa, voqea va jarayonlarga bo‘lgan ma’qullanishi
yoki aksincha munosabatining ifodasi.
Takrorlash uchun savollar
1. «Madaniyat» tushunchasining ko‘p ma’noliligi nima bilan
izohlanadi?
2. «Madaniyat» va «jamiyat» tushunchalari qanday nisbatda?
3. Madaniyat hodisalariga tarixiy yondashish nimani anglatadi?
4. Mutafakkirlarning madaniyat haqidagi qarashlari.
5. Ideal, me’yor va qadriyat nisbatida qaysisi belgilovchi
hisoblanadi?
6. Qadriyatni tushunishda obyektiv mezon bormi?
7. E’tiqodning qadriyatligi nimada?
Ma’ruza va referatlar uchun mavzular
1 Sivilizatsiyaning kelib chiqishi.
2. Sivilizatsiyalarning turli-tumanligi.
3. Sivilizatsiyalarning o‘zaro aloqasi to‘g‘risida.
4. Mehnat taqsimotining asosiy hollari.
5. Politogenez.
6. Markaziy Osiyo — qadimgi sivilizatsiya o‘choqlaridan biri.
7. «Sivilizatsiya» kategoriyasining tarixiy jarayonni tushuntirishidagi
ahamiyati.
8. Madaniyatning kelib chiqishi.
9. Madaniyatlar aloqasi to‘g‘risida.
10. Madaniyatlar rivojlanishining qonunlari.
11. Madaniyatdagi milliylik va umuminsoniylik.
12. Qadriyatlarning zamonaviy talqini.
13. Milliy qadriyatlar va ulardagi umuminsoniylik.
14. O‘tmish qadriyatlarining zamonaviyligi to‘g‘risida.
15. Milliy g‘oya — qadriyat.
32-§. Yangi davlatchilik tizimining vujudga keltirilishi
O‘zbekistonning butun 3 ming yillik
tarixi mobaynida biror bir millat
nomiga qo‘yilgan davlat yoxud imperiya
amal qilmagan. Movarounnahr
va uning atrofini qamrab olgan katta geopolitik makonda faqat
sulolaviy yoxud jo‘g‘rofiy nomlanishlarda saltanatlar, davlatlar
xalqlarni siyosiy jihatdan uyushtirib kelgan.
Ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlari o‘zining ming yilliklar mobaynida
shakllangan boshqaruv siyosati, serqirra hamda teran ildizli
davlatchilik an’analari bilan jahon davlatchiligi taraqqiyotiga kuchli
ta’sir ko‘rsatib keldi. Sharq davlatchiligi tarixida chuqur iz qoldirgan
Afrosiyob, Somoniylar, Qoraxoniylar, Muhammad Xorazmshoh
tomonidan adolat va insonparvarlikka tayangan davlat tizimlarining
shakllantirilishi, sohibqiron Amir Temurning markazlashgan davlat
tuzishi va millat iftixori uchun kurashishi, salkam 500 yil amal
qilgan buyuk temuriylar saltanatiga asos solishi, Mirzo Ulug‘bekning
fan va madaniyat ravnaqiga, Husayn Boyqaroning adabiyot va
san’at, ilm ravnaqiga yo‘l berishi, hunar ahliga rahnamoligi,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Humoyun, Akbar shoh, Shoh
Jahonlarning turli din va mazhabdagi xalqlarni birlashtirib, odil va
insonparvar davlat tarkib toptirish yo‘lidagi tajribalari kishilikning
ijtimoiy, ma’muriy birlashuv jarayonlari tarixidagi muhim bosqich
sifatida tan olingan.
Jahon siyosatdonlari mamlakatimizda erkinlik tamoyillari ijtimoiy
muhitning barcha jabhalarida amal qila boshlaganligini, qonunga
hurmat bilan qarash, qat’iy intizom turmush tarziga singib
borayotganligi, umum tomonidan qabul qilingan odatiy holatlarga
aylanib borayotganligini e’tirof etmoqdalar. I.A.Karimov milliy
davlatchilik poydevorlarini tiklash asnolarida yuzaga kelgan
O‘zbek davlatchiligining
tarixiy an’analari
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
154
muammoviy vaziyatlarni hal etish hamda ijtimoiy voqelik
jarayonlariga yondoshishda ana shu tarixiy tajribalar va fuqarolar
ma’naviy-ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
O‘zbek milliy davlatchiligi, uning
shakllanish jarayoni xususida gap
borar ekan, Prezident I.A.Karimov
ishlab chiqqan davlat qurilishi va
amaliyotiga doir konsepsiyaning yangi davr shart-sharoitlarini puxta
hisobga oluvchi mantiqiy tizim sifatida muhimligi va ijtimoiy
qimmatiga ko‘ra mukammal nazariya ekanligiga amin bo‘lish mumkin.
Bir muhim jihat — mahalliy shart-sharoitlar, milliy ruh,
mintaqadagi ijtimoiy-tarixiy tajribalarning o‘rni va roli I.A.Karimov
asarlarida chuqur ilmiy-nazariy asoslab beriladi va amaliyot
orqali sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkaziladi. Darhaqiqat, milliy
mentalitet o‘ziga xosligiga, dunyoqarash, an’analar va ehtiyojlar
mantig‘iga asoslanmagan har qanday davlat tizimi uzoq yashay
olmaganligi tarixiy tajribalardan ma’lumdir.
Mamlakatda qonun ustuvorligiga erishish, butun boshqaruv
tizimida ijro intizomi mavqeyini oshirish, qonunga bo‘ysunib
yashashni aholining turmush tarziga aylantirish demokratik
davlatning sifat ko‘rinishi, fuqarolik jamiyatining xususiyatlaridir.
Dostları ilə paylaş: |