Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 4/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
633
w
www.oriens.uz
April
2022
Ushbu fan dasturiga asosan talabaga quyidagi malakaviy talablar qo‘yiladi.
Talaba:
- “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” fani dasturiga kiritilgan barcha ma’ruza
mavzulari bo‘yicha
beriladigan nazariy bilimlar, seminar va amaliy mashg‘ulotlar,
malakaviy amaliyotlar davomida shakllantiriladigan kasbiy-pedagogik ko‘nikma va
malakalarni o‘zlashtirishi;
- mazkur jarayonda mahalliy va xorijiy mutaxassislarning ilg‘or tajribalari,
innovatsion-pedagogik
va
axborot-kommunikatsion
texnologiyalardan
faol
foydalanishi;
- fanga doir tarixiy-evolyutsion materiallar, jismoniy, texnik-taktik va psixologik
tayyorgarlik jarayonlarining mohiyati, mazmuni hamda ushbu jarayonlarni amalga
oshirish texnologiyasi, uslublari, vositalari va
prinsiplarini bilishi;
- o‘yin texnikasi va taktikasi, ularga o‘rgatish, tanlov va seleksion ishlar, turli
yosh va malakaga mansub voleybolchilar hamda jamoalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish
texnologiyasini chuqur egallashi;
-
musobaqa qoidalari, hakamlar va hakamlik qilish, musobaqalar tashkil qilish
va o‘tkazish, musobaqa samaradorligini ilmiy asosda aniqlash, olingan natijalar
yordamida jamoani boshqarish bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi;
- tayyorgarlik turlari
mohiyati va mazmunini bilish, ularni rivojlantirish, ularni
shakllanish dinamikasini ilmiy-pedagogik uslublar, test mashqlari yordamida
baholash ko‘nikmalari va mezonlarini bilish hamda qo‘llash malakalariga ega bo‘lishi;
- o‘qituvchi-trenerning ko‘p komponentli kasbiy-pedagogik funksiyalari –
boshqaruvchilik,
tashkilotchilik,
tarbiyachilik,
ijodkorlik,
loyihachilik,
kommunikativlik,
diagnostik,
seleksion-prognostik
ishlarni
tashkil
qilish
ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi;
- qayd
etilgan kasbiy-pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarni nazariy
(ma’ruza), amaliy hamda seminar mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlar, turli ilmiy-
amaliy anjumanlarda kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarni bajarish davomida
mukammallashtirishi;
- harakatlar zahirasini boyitish, texnik-taktik mahorat doirasini kengaytirish va
sog‘liqni mukammallashtirishda muhim rol o‘ynovchi “o‘naqay va chapa-qay”
harakat funksiyalarini simmetrik tartibda
shakllantirish texnologiyasi, vositalari
hamda prinsiplarini o‘rganish, o‘zlashtirish va amalda qo‘llash ko‘nik-masiga ega
bo‘lishi;