Muloqot psixologiyasi


Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo`ladi



Yüklə 25,69 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü25,69 Kb.
#182350
1   2   3
Abdivayitova Sarvinoz Baxtiyor qizi - Muloqot psixologiyasi - Esse

Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo`ladi.
R asmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, rahbarning o`z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti.
N orasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: do`stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. Shuning uchun hamma ham rahbar bo`la olmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardor bo`lish talab etiladi.
Muloqot mavzui va yo`nalishiga ko`ra:


Ijtimoiy yo`naltirilgan ( keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan).
Guruhdagi predmetga yo`naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot).
Shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o`z muammolarini yechish maqsadida o`rnatgan munosabatlari).
Pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o`rtasida amalga oshiriladigan murakkab o`zaro ta’sir jarayoni).
Har bir muloqot turining o`z qonun-qoidalari , ta’sir usullari va yo`l-yo`riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bo`ladiganlarning burchidir.
Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha:



M uloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.
M ulo`qotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta’siri.
M uloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`liq bo`lgan murakkab psixologik jarayon.
Muloqotning har bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chikamiz.

  1. Mulokotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g`oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til.

Yozma-ogzaki, monologik-dialogik nutq.
Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qizikishlariga, bir-birlariga bulgan munosabatlariga,maqsadlariga bevosita bogliq bo`ladi. O`qituvchi-o`quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi.
M onologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati― fikrlarning mantiqan tugal bo`lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so`zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko`z qarashlar, to`xtashlar ifodalari va hokazo. Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi, 85 xil ko`z qarashlar turi borligini kuzatgan. Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 2000 ga yaqin ko`rinishlari bor.
Bu noverbal muloqot vositalarining milliy va hududiy xususiyatlari bor. Masalan o`zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o`zaro munosabatlarning bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko`proq ishlatilishi bilan bogliq. Bolgarlar biror fikrni tasdiklamoqli bo`lishsa, boshlarini chayqashadi, inkor etmokchi bo`lishsa, bosh siltashar ekan.
Noverbal muloqatda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham ahamiyatga ega: Masalan, ayollar hissiyotga berilganligi uchun bir – birlari bilan yaqin turib gaplashar ekanlar, erkaklar o`rtasida masofa bo`lar ekan.
O`quvchilarni partada orqama – ketin o`tkazgandan ko`ra doira shaklida o`tkazilsa, ularda javobgarlik hissi yuqoriroq bo`lar ekan, emotsiyalar almashgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`lib, bolalarning predmetga va bir – birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo`lar ekan.
Demak ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik choglaridanoq nutq madaniyatiga o`rgatish, nutqlarini o`stirish choralarini ko`rish zarur. Pedagog ham nutq madaniyatiga ega bo`lishi kerak.

  1. Muloqotning interaktiv tomoni – kishilarning birgalikdagi f aoliyatda bir – birlariga amaliy jihatdan ta’sir etishlari. Hamkorlikda ishlash, bir – birlariga yordam berish, bir – birlaridan o`rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarni namoyon qilish mumkin.

Odamlarning turli sharoitlarda o`zlarini tutishlari xulq – atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog`liqligini ko`rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun qoidalardir. Chunki o`zaro muloqot va o`zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti – harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o`zini boshqa birov bilan solishtirish, masalan: 1 – martda uchrashuvga ketayotgan yigitning holatini uning o`rtogi yoki akasi tushunishi mumkin.
Refleksiya – muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasida turib, o`zini tasavvur qilishdir, o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir. Masalan: guruhdoshingizdan biriga ko`ylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga aytsam kuyyapti deb o`ylaydi deysiz.
Stereotipizatsiya – odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o`rnashib qolgan, ko`nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish, bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to`gri yunalishini ta’minlasa, ba’zan xatoliklarga sabab bo`ladi. Masalan: qizlarning shim kiyib yurishi yoki velosiped minishi. Ko`pchilik bunday qizlarni odobsiz deb o`ylaydi, bu notugri, albatta.
Ba’zan kishini tashqi qiyofasidan uning xarakterini aniqlaydi. M: shunday tajriba o`tkazilgan: talabalarga turli qiyofadagi kishilarning rasmi ko`rsatilgan, ular iyagi katta kishilar kuchli irodaga ega, peshonasi keng odamlar-aqlli, sochi qattiq odam- qaysar , bo`yi past odam- hokimiyatga intiluvchi, chiroyli odam- o`ziga bino qo`ygan yoki nodon bo`lishini aytganlar. Bular albatta, to`g’ri emas. Lekin kishilarning ongida avloddan avlodga o`tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Natijada odam haqida tushunchaning shakllanishida u qaqida bo`lgan ma’lumot katta rol o`ynaydi.M: Bodalyova talabalarning 2 guruhiga bir odam portretini ko`rsatib, uni 1-guruxga –jinoyatchi, 1-guruh talabalariga esa olim deb tanishtirgan.
1- guruhdagilar uning ko`zlarini- yovuz, beshavqat desa;
2- gurugdagilar uning ko`zlarini- dono, muloyim deyishgan.
Odamlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o`zini tutishi, hissiy holati, ovozi, qiliqlari, yurishi va x.k. ishlarining ichida odamning so`z muloqot manba’i suhbatdoshiga eng ko`p ma’lumot beradi.
Odamning bir -birlarini to`g’ri anglashlari idrok( asosiy bilish) soshasiga aloqador, bir-birlarini tushunishlari esa ularning tafakkur sohasiga aloqador, murakkab jarayondir. Boshqa odamni to`g’ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga ko`ra olgan hissoblanadi. Ya’ni unda empatiya- birovlarning his- kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan biladi.Yuksak ongli, madaniyatli, « ko`pni ko`rgan» shaxsgina boshqalarni to`g’ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.



Yüklə 25,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə