14
Kengaytirish
deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning
xarakatdagi bino va inshoatlariga qo‘shimcha ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish,
asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi sexlarning
maydonchalarini ishlab
chiqarish quvvatini oshirish maqsadida kengaytirish bilan bog‘liq ishlar tushuniladi.
Kengaytirish ishlariga shuningdek buyurtmachilar uzoq muddatli aktivlari tarkibiga
kiritiladigan va alohida balansga ajratilmaydigan filiallari va ishlab chiqarish
bo‘linmalarini qurish ham kiritiladi. Kengaytirish ishlari xuddi yangi qurilish singari
loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan
ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura»
asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng
kengaytirishga doir ishlar pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb
hisoblanadi.
Rekonstruksiya
deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning
xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarini
dastlabki xolatini
kengaytirmasdan qayta o‘zgartirib chiqish tushuniladi. Rekonstruksiyadan asosiy
maqsad bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy darajasini
ilmiy-texnika progressi yutuqlari asosida ko‘tarish;
harakatdagi ishlab chiqarish ob’ektlari quvvatini oshirish;
ishchi xodimlarning mehnat
sharoitlarini yaxshilash, ularning mehnat
unumdorligini oshirish;
texnik bo‘g‘inlardagi disproporsiyalarni yo‘qotish.
Rekonstruksiya ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach,
pudratchi
tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida
ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va
tasdiqlangandan so‘ng rekonstruksiya ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan
(sotilgan) ish deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: