Eratosfen
(miloddan avvalgi taxminan 276, Kirena, hozirgi Liviya
— 194,
Aleksandriya, Misr)
— qadimiy yunon olimi. Aleksandriya (Iskandariya) va
Afina shahrilarida tahsil koʻrgan. Iskandariya kutubxonasining boshligʻi
boʻlgan. Mat. fanida tub sonlarni topish usulini taklif etgan. Matematik
geografiyaga
asos solgan, jumladan, yer yuzining obod qismi (eykumena)
ning xaritasini tuzgan.
Birinchi boʻlib yer meridiani yoyi uzunligini
hisoblagan. Fanga "geografiya", "kenglik", "uzunlik" tushunchalarini
kiritgan. E. xronologiya, astronomiya, tilshunoslik, falsafa va musiqa bilan
ham shugʻullangan. E. asarlarining ayrim qismlarigina bizgacha yetib
kelgan.
Eratosfen elagi
(Eratosfen gʻalviri) — butun son
gacha boʻlgan
barcha
tub sonlarni
topish
algoritmi
boʻlib, qadimiy grek
matematigi
Eratosfen Kireniyga
bagʻishlab
nomlangan
. Eratosfen elagi algoritmi
kichik (odatda, 10 milliondan kichik boʻlgan)
tub sonlar
topishning eng tez uslub hisoblanadi.