Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


I BOB. SOLIQQA TORTISH NAZARIYASI



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

I BOB. SOLIQQA TORTISH NAZARIYASI
 
 
1.1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi 
 
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya 
sifatida davlatning paydo bo‘lishi va 
faoliyatining davomiyligi bilan bevosita 
bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi 
davlatning iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga 
chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat 
ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul 
tushumlarini ifodalaydi. 
Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan 
bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish 
uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning 
amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha 
subyektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat 
ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati 
iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni 
obyektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni 
norentabel (mudofaa, tibbiyot, fan, maorif, madaniyat va boshqalar) va 
rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning 
tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, 
vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat 
tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida 
yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli 
bo‘ladi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida 
ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator 
vazifalarini mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor 
iqtisodiyoti qonun-qoidalari. 
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor 
iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor 
munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi 
vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam 
ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti 
infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-
siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko‘p 
bolali onalar va boshqalarni mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab, 
Soliqlarning 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə