Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
kunduz, agar shishib go‘shtlari titilib ketgan bo‘lsa, uch kecha kunduz avvaldan etiboran quduq suvi
iflos bo‘lgan hisoblanadi. Bu muddat ichida o‘sha suvdan tahorat olib o‘qilgan namozlar qayta o‘qiladi
va g‘usl qilingan bo‘lsa, yangidan g‘usl qilinadi.
Istinjo
Erkaklar tahorat ushatganlaridan so‘ng yurib, yo yo‘talib, yo egilib yoki shunga o‘xshash
turli
harakatlar bilan o‘zlarini najas yo‘lida qolgan siydik tomchilaridan, qalban ishonch hosil qilingunicha,
tozalanishlari istibro deyiladi.
Payg‘ambirimiz, solladlohu alayhi va sallam:
"Qabr azobining aksariyati bavl (siydikdan
saqlanmaslik) tufaylidir"
, deganlar. Hadisi sharifdagi bavldan maqsad, kichik tahorat ushatilgach,
orqasidan kelgan siydik tomchilaridir. Bu tomchilardan poklanmay tahorat
qilgan kishining tahorati
hisobga o‘tmaydi, Chunki bu tomchilar yaxshilab ketkazilmasa, turganidan so‘ng tomib, badan va
kiyimni iflos qiladi va tahoratsiz namoz o‘qilgan hisoblanadi. Shu bois siydik tomchilarining aniq
to‘xtaganiga qalban ishonch hosil qilmaguncha, tahorat qilish joiz emas.
Dostları ilə paylaş: