7
Beriladigan ta`rifning har xilligidan qat`iy nazar, pedagogik texnologiya
tamoyillari quyidagilardan iborat:
a) pedagogik texnologiya oldindan loyihalanadi;
b) tayyor loyihani amaliyotga tadbiq etishda o`qituvchidan katta mehnat
talab qilinmaydi;
v) yakuniy natijalarni kafolatlaydi
.
Zamonaviy ta`limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy
va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib
berish, ularda ma`lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish,
shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan
bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan
yuksak
pedagogik mahorat hamda ta`lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab
etadi.
Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra sub`yektiv xususiyatga ega,
ya`ni, har bir pedagog ta`lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy
mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod
va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat`iy nazar pedagogik texnologiyalar:
- Pedagogik faoliyat (ta`lim-tarbiya jarayonining)
samaradorligini oshirishi;
- o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror to’tirishi;
-
o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning
egallanishini ta`minlashi;
-
o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini
shakllantirishi;
-
o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratishi;
-
pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining
ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Dostları ilə paylaş: